Oʻshandan beri Snouden „Sheremetevo“ning tranzit zonasida istiqomat qilib, Amerika pasporti bekor qilingani uchun aeroportni tark eta olmagan. Iyul oyi oʻrtalarida esa sobiq agent Rossiyada siyosiy boshpana olish istagida ekanligini maʼlum qilgan. Avgust oyida Rossiyada bir yil muddatga vaqtinchalik boshpana olgan Edward Snowden aygʻoqchilikda, hukumat mulkini oʻzlashtirish, mamlakat mudofaasiga taalluqli axborotni noqonuniy tarqatish hamda mudofaa xarakteriga ega axborotni, maxfiy razvedka maʼlumotlarini ongli ravishda boshqalarga uzatishda ayblangan
Kibrxavfsizlik xalqaro maydonda
WikiLeaks (Vikiliks) WikiLeaks –bu Sunshine Press tashkiloti tomonidan 2006 yilda ishga tushirilgan sayt . Vikiliks ishi Wikileaks vebsahifasiga mahfiy ma‘lumotlarni oshirgani aytilgan harbiy tahlilchi Bredli Mann haqida. Wikileaks vebsahifasi tomonidan chop etilgan hujjatlar AQSh tarixida mahfiy hujjatlar oshkor bo‘lishining eng yirik hodisasi sifatida baholangan. Vebsahifa ommaga oshkor qilgan materiallar orasida 2007 yili amerika harbiy tikucharidan qilingan hujum oqibatida jurnalist va fuqarolarning o‘ldirilishi, shuningdek, 250 ming mahfiy diplomatik hujjatlar ham bor. Iroqdagi urush bilan bog‘liq 400 mingga yaqin harbiy hujjat ham vebsahifaga oshirilgani aytiladi. Bu hujjatlarda aytilishicha, Iroqda qiynoqlar qo‘llanishi va fuqarolar o‘limi bilan bog‘liq holatlar nazarga olinmagan. Wikileaks tomonidan chop etilgan hujjatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlaridagi diplomatik xodimlarning mahalliy siyosat va rahbar doiralari haqidagi hisobotlari ham bor.
Kibrxavfsizlik xalqaro maydonda
Wikileaks asoschisi
Julian Assanj
GAFA – AQShning «katta to‘rtligi»
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Google, Amazon, Facebook va Apple texnologik kompaniyalarning «Katta to‘rtligi» hisoblanadi va birgalikda GAFA deb ataladi. Bundan tashqari, ko‘pincha ushbu ro‘yxatga Microsoft ham kiritib o‘tiladi, shu sababli «Katta beshlik» yoki GAFAM nomlariga ham duch kelish mumkin.
GAFA qo‘shma shtatlar uchun potensial tahdid sifatida ko‘rilmoqda, chunki ular iqtisodiyot, demokratiya va jamiyat ustidan haddan tashqari katta kuchga egalik qilmoqda.
Google o'zining katta foydalanuvchi bazasi tufayli milliardlab daromad keltira oladi. Barcha internet qidiruvlarining qariyb 86% Google qidiruvida amalga oshiriladi
iPhone sotuvi Apple uchun katta daromad omili bo'lib qolmoqda. 2021-yilning 4-choragida iPhone smartfonlari butun dunyo bo‘ylab sotilgan smartfonlarning 22 foizini tashkil qildi.
Facebook hali ham dunyodagi eng yirik ijtimoiy media platformasi bo'lib, oyiga taxminan 2,9 milliard faol foydalanuvchiga ega.
Amazon Amerikadagi yetakchi elektron tijorat platformasi boʻlib, AQShdagi jami elektron tijorat savdosining 40,4 foizini tashkil qiladi.
Microsoft-ning Azure deb nomlangan bulutli xizmati dunyo bo'ylab ikkinchi eng mashhur bulut xizmati bo'lib, global bulut bozorining 22 foizini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |