Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham, butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini reja asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og‘zaki yoki test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Baholarning haqqoniy bo‘lishiga, oshkoraligiga alohida e'tibor qaratiladi.
III. O‘quv materiallari mazmuni
Ma'ruza mashg‘ulotlari mazmuni
Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)
1-modul. Kirish. Tilshunoslikning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Tilshunoslik va biologiya
1-mavzu. “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Fan va uning paydo bo'lishi. Fan tushunchasi. Fanlar sistemasi. Bilish va uning turlari. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‘rni. «Tilshunoslik va tabiiy fanlar» fanining o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari.
2-mavzu. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya. Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi. Nutq organlari anatomiyasi. Nutq organlarining ijro kechimi: artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli, artikulyatsiya bazasi va hk.
Do'stlaringiz bilan baham: |