Akustik-mnestik afaziya – bu nutqiy ma'lumotni ushlab qolish hajmining buzilishi, eshitish va nutqqa oid xotiraning tormozlanishidir. U chap chakkaning o‘rta qismlarining shikastlanishida yuzaga kelishi mumkin. Bu uzun, besh-ettidan ortiq so‘zlardan tashkil topgan ko‘p bo‘g‘inli gaplarni tushunishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Bunda eshitib saqlab qolish qobiliyati to‘xtab qolishi yoki hajmi torayishi mumkin.
Optik-mnestik afaziya – bu ko‘rib eslab qolish xotirasining buzilishi, so‘zlar obrazini ko‘rishning susayishidir. Predmetlar va ularni nomlanishini, harakatlarni nomlanishini osonligini saqlangan holda, qiyinchiliklarni yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. U miya chap yarim shari chakka qismining orqa ostki qismining shikastlanishida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |