Khorezm branch of uzbekistan writers union


party particularly separates Sheikh‘s portion. Before the end of the wedding



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana02.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#876852
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
1654848187 (1)


party particularly separates Sheikh‘s portion. Before the end of the wedding 


31 
party, when he finishes his duty, suddenly he puts on his dancing shoes by 
drinking the beer from the bottle. He burns the dance floor with weird dance, 
foaming at the mouth.
The more people applause, the higher he jumps in dance. 
Come on, Sheikh! 
Excellent, Sheikh! You jump as orangutan! 
Such much praise encourages Sheikh. The ground tramples everytime he 
stamps on it. Sometimes joker guys rounded him. 
Well… when will we celebrate your wedding, Sheikh? 
Sheiks smiles putting out his tongue. 
Let‘s bring a wife for you, too. 
Not wife, dthe girl… 
What? The heart wants what it wants.
If that girl sees you, she goes directly to ―chest surgical section‖ with heart 
attack.
Sheikh can‘t be sad. He doesn‘t know how to be sad at all, he only smiles. 
It was my Mum‘s the 20
th
day of funeral. He waddled from the door 
without shirt when it was just dawn. 
Oh, Sheikh has come! – Anyone said with joy, - come on, look at samovar 
yourself.
However he didn‘t go to the corner of the yard where samovar was placed. He 
went up rightly to Mum‘s room not looking at anyone. 
Hey, where are you going, Sheikh? - One of the women stood on his way, - the 
old men will sit there. 
Get away! – Sheikh said with stare glance. Then he went into Mum‘s room and 
threw himself to the ground. 
Mum! – groaned he, – Moooodther! 
When he angrily pulled his collar, his dirty shirt was torn and his strong 
dark black shoulder was shivering, then he started to cry with foaming mouth: 
Mum! Where have you gone, modther? 
Sheikh‘s moan that he had never cried, took everybody aback. When 
someone was going to take him, Sheikh pushed him away. 
Leave him alone-, somebody whispered. –Let him cry. 
Later he stood up staggering in the yard. He left without saying a word not 
looking at anyone. 


32 
«TOY» 
Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug‗orayotgan edim, yap-yangi 
«Moskvich» kelib to‗xtadi. Mashina eshigi ochilib, zabardast gavdali yigit tushib 
keldi. Taniy olmadim. 

Hormang, dehqonchilik katta-ku! - dedi notanish yigit do‗rillagan ovoz bilan. 
Shunda hayratdan baqirib yubordim: 

Iya, Toymisan? 
На, xuddi o‗sha Toyning o‗zi. Faqat shuncha boy, bunaqa uzun qo‗l-oyoqlarni 
qayoqdan oldi ekan! Yaqindagina buloqdek oqib turadigan burnini eplolmay 
mashaqqat chekadigan bola edi. 

Poshsha oyimlarni ko‗rgani keldim! - dedi bahaybat qomatiga uncha mos 
kelmaydigan alpozda muloyim jilmayib. Uzun oyoqlarini katta- katta bosib hovliga 
kirdi-yu, onamga duch keldi. 
Qiziq, onam uni darrov tanidi. 

Voy, o‗zimning toychoq o‗glimdan aylanay! Voy, o‗zimning o‗g‗lim kelib 
qolibdi-ku! 
Onam peshonasidan o‗payotganda Toy ikki bukilib turdi. 

Mashina teguvdi, - dedi yana iljayib. - Sizdan fotiha olgani keldim. Yuring, bir 
aylantirib kelay. 
Toy onamni oldingi o‗rindiqqa o‗tqizdi. Yarim soatcha aylantirib keldi. 
Onamning yosh boladek birovning mashinasiga tushib «kataysa» qilishi menga erish 
tuyildi. Ammo onam xursand edi. 
- Nordek yigit bo‗pti, - dedi quvonib. - Istalovoyda sheppovar ekan. Xudoyo umridan 
baraka topsin. 
Toy keyin ham o‗tgan-ketganda biznikiga tez- tez kirib turadigan bo‗ldi. 
Uni har ko‗rganimda bolaligimni eslayman. Kichkinaligimizda oramizda eng bo‗sh-
bayov bola shu edi. Uyimizning orqasida kattagina maydoncha bo‗lardi. Uzoq-
yaqindan mol boqishga kelgan bolalar shu yerda yig‗ilib shovqin-suron solib 
o‗ynardik. Toy hammadan uzoqdan - Beshqo‗rg‗ondan o‗ziga o‗xshash yuvosh, 
shoxsiz sigirini oldiga solib kelardi. 
Har faslning o‗z o‗yini bor: erta bahorda chillak, varrak, yozda futbol, kech 
kuzda lanka tepish... Faqat ikkita bola o‗yinga ko‗p qo‗shilmasdi. Bittasi - ko‗zlari 
doim javdirab turadigan Xoja, yana biri - Toy. Xojaning o‗zi o‗yinga uncha qiziqmas, 
Toyning esa o‗z yumushi bor edi. Nega deganda zimmasida mol boqish vazifasi bor. 
Birovning daydi sigiri, birovning shaytonga dars beradigan echkisi zum o‗tmay ekin 
oralab ketadi. Shunda mo‗ylovi qorayib, do‗rillab qolgan jo‗raboshimiz buyuradi: 

Toy! Galing keldi, echkini qaytar! 

Sigirga qara, Toy, sigirga! 

Toy! Qoy kartishkaga oralab ketdi-ku! 


33 
Negadir Toyning navbati hammanikidan tez kelaverardi. Sigiri xuddi o‗rgatib 
qo‗ygandek egasidan nari ketmaydi. Ammo boshqalarning moliga ham kimdir 
qarashi kerak-ku. Toy burnini tortib qo‗yadi-da, indamay polizga qarab yuguradi. 
Dikonglab sakrayotgan takani qaytarib kelguncha biron buqacha dumini xoda qilib 
jiydazorga yugurgilab qoladi... O‗ynab-o‗ynab charchaganimizdan keyin hammamiz 
tol soyasida dam olamiz. Jo‗raboshimiz dadasi urushdan olib kelgan shinelni o‗tga 
yoyib, ustiga yonboshlaydi-da, maza qilib esnaydi: 

Toy, biz charchadik. Bir mizg‗ib olmasak bo`lmaydi. Sen navbatchisan
mollarga qarab turasan. 
Toy burnini jahl bilan tortadi-yu, indamaydi. 
Bir kuni u astoydil yalindi: 

Meni Toy demanglar. O‗zimning otim bor - Toyir. 
Jo‗raboshimiz quvlik bilan hammaga bir-bir qarab qo`ydi. 

Bo‗pti! - dedi do‗rillab. - Senga uch kun muhlat. Uch kungacha hammaning 
molini yaxshilab boqsang, Toy otingni o‗zgartiramiz. Ammo kechqurun sigirimning 
yelini tirsillab tursin, bildingmi? 
Chindan ham Toy uch kungacha sidqidildan xizmat qildi. Biz maza qilib futbol 
tepdik. To‗rtinchi kuni jo‗raboshimiz «majlis» to‗pladi. 
- Bolalar, - dedi tantana bilan. - Endi Toyni hech kim Toy demasin. Bugundan 
boshlab uning oti - Xo‗tik. Yana bir yil harakat qilsang, o‗sib Eshak bo‗lasan. 
Hammamiz xaxolab kulib yubordik. Toy bolalarga birma-bir qarab chiqdi-da, burnini 
tortdi. Indamay yer chizib o`tiraverdi. 
Chillak o‗yinining shafqatsizroq bir qoidasi bor: yutqazgan bola zuvlab nafasi 
yetmay qolsa, bir oyoqda hakkalaydi. Qoqilib ketsami, ikkinchi oyog‗i yerga tegsami, 
tamom! Tag‗in tayoq bilan chillakni urib sanaladi-da, yana chillak otiladi. Chillak 
borib tushgan joydan qaytadan zuvlash shart. 
Bir gal Toyni salkam yarim chaqirim joydan zuvlashga majbur qildim. Turgan gapki, 
nafasi yetmadi. 

Zuvilla! - dedim baqirib. 
U chap oyog'ini ko`targancha hakkalab sakray boshladi. Ammo o‗n qadam ham 
yurolmadi. Har sakraganda burni buloqdek qaynaydi. Qayta - qayta artgani bilan 
foydasi yo‗q. Bolalar xaxolaydi. Ayniqsa, men huzur qilib kulaman. Oxiri bo‗lmadi - 
Toy yiqilib tushdi. 

Bo‗ldi! Qaytadan zuvlaysan. 

Zuvlamayman! 

Zuvlaysan! 

Zuvlamayman! Zuvlamayman! - Toy to‗satdan jazavasi tutib yerni 
mushtlagancha yig`lab yubordi. - Hammangni yomon ko‗raman! Ayniqsa, sen 
yomonsan! 


34 
Shovqin-suron bilan bo‗lib onamning chaqirganini eshitmay qolibman. Bir 
mahal qarasam, tepamda onam turibdi... 

Tur, bolam, - onam Toyning boshini siladi. Etagini ko‗tarib, uning burnini artdi. 
- Voy, onang o‗rgilsin, qo`y, yig‘lama, bolam. - Keyin meni chetga imladi. - Bu 
yoqqa yur-chi! 
Nariroqqa bordim. 

Nega ukangni yig‗latasan? - dedi qahr bilan. 

Qaysi ukamni? 

O‗sha ukangni! 

Toy-ku! Qanaqasiga ukam bo‗lsin? - dedim iljayib. 

Shunaqasiga! Nega qiynaysan bola bechorani? Yog‗ochning bo‗shini qurt 
yemay o‗lsin. 

G‘irromlik qilmasin-da, bo‗lmasa! - dedim chiyillab. - Nega zuvlamaydi? 

O‗lib qoldingmi shu bilan?.. 
O‗shandan keyin ko‗p o‗tmay Toylar ko‗chib ketishdi. Qayoqqaligini bolalar 
surishtirishmadi ham. 
Toy... o‗sha o‗zimizning Toy shunday yigit bo‗lganiga hamon hayron edim. 
Onam vafot etganda Toy onasi Niso xolani boshlab keldi. Keyin ham ko‗p yelib-
yugurdi. Kunora keladi. 
«Bizga xizmat bormi?» deb mashinasini to‗g‗rilab turadi. 
Qaysi kuni ishdan kelsam, eshik oldida yana Toyning mashinasi turibdi. 
Qarasam, ayvonda Toy bilan Niso xola o‗tirishibdi. Sochlari oqarib ketgan Niso xola 
men bilan aylanib-o‗rgilib ko‗rishdi. 
-
Poshsha opamni tush kо‗ribman, - dedi ko‗ziga yosh olib. - Tohirjonni yetaklab 
yurgan emishlar. Shunga bir xabar olay, deb keldim. - U bir zum indamay qoldi-da, 
ovozi tovlanib davom etdi: - Poshsha opam qandoq edilar-a! Tohirjonni qandoq 
yaxshi ko‗rardilar-a!.. 
Niso xola ko‗zimga tikilib ohista so‗radi: 

Bilasiz-a? 

Bilaman, juda yaxshi ko‗rardilar, - dedim bolalikdagi o‗sha voqealarni eslab. 
Niso xola ko‗zimga yana diqqat bilan tikildi. 

Aytgan bo`lsalar kerak? 

Nimani? 

Aytmaganmilar? 

Nimani aytadilar! - dedim hayron bo`lib. 

Iya, Tohirjon sizning ukangiz-ku! - Niso xola astoydil ajablandi. Keyin ma'yus 
tortib jimib qoldi-da, xo‗rsindi. - O‗shanda siz talpinchoq bo`lib qolgan edingiz. 
Tohirjonning chillasi chiqmagan... Xudoning ham bandalariga atagan azobi ko‗p 
ekan. Bir kechada kasalga chalinib qoldim. Ko`kragimga yomon yara chiqib, qirq 


35 
kun «ol ket, ol qo‗y» bo`lib yotibman deng... Ayni qahatchilik, urush, birov birovga 
holing nima kechdi, deyishi mahol... O‗zim-ku, mayli, bolam o`lib qoladi, deyman. 
Dokaga angishvonadek yog‗ni, nonni o‗rab chaqoloqning og‗ziga solib qoyishadi. 
Shunda deng, bir kuni Poshsha opam kelib qoldilar. Aylanib-o‗rgilib, Tohirjonni 
bag‗rilariga bosib emizdilar. Shu yerdan Beshqo‗rg‗onga saratonda kuyib har kuni 
uch marta qatnaydilar. Qirq kun shunday qildilar. Bir ko‗kragini siz emasiz, bittasini - 
Tohirjon. - Niso xola hiqillab qoldi. Yosh g‗iltillagan ko‗zini ro‗molining uchi bilan 
artdi. - Qandoq xotin edilar-a! Nima bilan rozi qilishimni bilmayman. So‗rasam, 
urishib berdilar. «Voy, gapingiz qurmasin, ovsin, ona sutiyam sotiladimi», deydilar. 
«Birovga yaxshilik qilib, ketidan tama qilgan odamning savobi gunohga aylanadi», 
deydilar... Qandoq edilar-a! 
Niso xola ro‗molining uchini g‗ijimlagancha o`yga toldi. Men ham, shu paytgacha 
o‗zim bilmagan ko`kaldosh ukam Tohirjon ham bir nuqtaga tikilib qolgan edik. Har 
qaysimiz o‗z
 
o`yimiz bilan band edik, biroq hammamiz bir odamni - onamni 
o`ylardik. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish