,
nimani ko‗raman! Mana bu yerga hammasini yozib qo‗yibman-ku!
Mana!
Mana!
U qog‘ozni ―mana‖ deb shaxt bilan ko‗targan edi, jiyron hurkib ketdi. Qattiq
pishqirdi-yu suvlig‘ini shiqirlatgancha bir siltagan edi, jilov Dalavoyning qo‗lidan
chiqib ketdi. Qoltig'iga qistirilgan qamchisi tuproqqa tushdi. Ot dumini gajak
qilgancha darvoza tomon yo‗rtdi. Dalavoy jon holatda otning ketidan yugurdi. Bir
sakrab jilovdan tutib oldi-da, sudragudek bo‗lib boyagi joyga olib keldi. Engashib
yerdan qamchisini oldi-yu, kuchi boricha jiyronning boshiga soldi. Ot jon achchig‘ida
boshini silkitib oldingi oyoqlari bilan yer tepina boshladi. Ammo Dalavoyning
baquvvat qo‗li jilovni burab olgan, har gal qamchi vizillaganida ot pishqirib
suvlig'idan ko‗pik sachratar, ko‗zlari olayib qulog‘ini ding qilgancha yer tepinar,
biroq jilovini bo‗shatolmas edi.
Dahshatdan chinqirib yubordim. Akam hamon angrayib turardi. Oyim yugurib kelib
Dalavoyning qamchisiga osildi:
•
Urmang, jonivorda nima gunoh!
•
E, nari turing! - Dalavoyning ko‗zlarida rasmana vahshiy o‗t yonar, o‗zining
labi ham xuddi otiniki singari ko‗pirib ketgan edi. U a‘zoyi badani titrab turgan otni
jilovidan siltab tortgancha hovli burchagiga qarab yurdi. Bir qo‗lida jilov tutgan ko‗yi
88
ikkinchi qo‗li bilan echkining arqonini qoziqdan yecha boshladi. Oyim chumchuqdek
chirqillab, echkining arqoniga yopishdi.
•
Bermayman! - dedi nafasi qaytib. – O‗ldirsang ham bermayman.
Dalavoy arqonni yechib torta boshladi. Boyadan beri yonimda indamay turgan
akam supadan sakrab tushdi-da, chopib borib arqonga yopishdi. Dalavoy u yoqqa
tortdi, oyim bilan akam bu yoqqa. Oyimning ro‗moli yechilib, yelkasiga tushdi.
Sochlari yoyilib ketdi. Echki ham xuddi hammasini tushungandek to‗rtta oyog‘ini
уerga tirab orqaga tisariladi. Endi ovozi o‗cha boshlagan kuchugimiz tag‗in ―ishga
kirishdi‖. Qandaydir ingichkalashib ketgan tovushda alam bilan akillagancha,
koptokdek pildirab chir aylana boshladi. Faqat men dahshat ichida qotib turar, nima
qilishimni bilmas edim. Dalavoy arqonni sal bo‗shatgan edi, bo‗yni cho‗zilib ketgan
echki boshini silkitib, bo‗g‗ilib yo‗tala boshladi.
Ichkarida uxlab yotgan ukam shovqin- surondan uyg‗onib ketdi shekilli, ayvonga
ishtonchan chiqib burni oqqancha yig‘lay boshladi. Oyim Dalavoyning arqonni
bo‗shatganidan umidvor bo‗lib yana yalindi.
•
Hech bo‗lmasa mana shu qora ko‗zlarni o‗ylang. Iloyo siz ham shunaqa
qo‗sha-qo‗sha o‗g‗illar ko‗ring, ukam, - dedi harsillab.
Dalavoy arqonni qo‗yib yubormadi. Ijirg‗anib yuzini o‗girdi:
•
E, shunaqa qing‗ir-qiyshiq bolalar ko‗radigan bo‗lsam, ko‗rmadim-e!
Oyim tarsaki yegandek birdan seskanib ketdi. Bir zum Dalavoyga tikilib turdi-yu
arqonni qo‗yib yubordi. Qalin lablari titray boshladi.
•
Ol! - dedi ovozi qaltirab. O‗sha zahoti ko‗zlari jiqqa yoshga to‗ldi. - O‗zimni
so‗ksang so‗k,
bolalarimni nimaga haqorat qilasan, imonsiz! - Keyingi so‗zlar
bo‗g‗zidan yig‗i aralash nido bo‗lib chiqdi. – Iloyo u dunyo bu dunyo tirnoqqa zor
bo‗lgin, bildingmi! Iloyo xonadoning chaqaloq yig‗isiga zor bo‗lsin!
Dalavoy birpas bezrayib turdi-da, g‘udranib so‗kindi. Arqonni qo‗yib yuborib
orqasiga burildi.
•
Opket! - dedi oyim qat‘iyat bilan. - Erkak
bo‗lsang, so‗zingdan qaytma!
Dalavoy uch qadamcha yurgan joyida shartta burildi. Arqonni yulqib oldi-da, echkini
eshik tomon sudrab ketdi. Echki hamon tixirlik qilib orqaga tisarilar edi. Boya
onasini to‗yib emib olgan, endi hovlining allaqaysi burchagida yurgan uloqchalar
dikonglab echkiga ergashdi. Akam jon holatda yugurib uloqchalardan birining orqa
oyog‗idan ushlab qoldi. Uloqcha ayanchli ma‘rab tipirchilar, akam qo‗yib yubormas
edi. Dalavoy darvozaga yetganda ikkinchi uloqchani etigi bilan turtib ichkarida
qoldirdi-da, bir qo‗lida ot jilovi, boshqa qo‗lida echki arqonini tutgancha eshikni
qarsillatib yopib chiqib ketdi. Ro‗y bergan voqeaning butun dahshatini endi
tushungandek bo‗ldim. Echkim bo‗lmasa, maydonchaga nima deb boraman? Vali
bilan qanday o‗ynayman? Toy bilan-chi?
89
Oyim bir zum hovli o‗rtasida sochlari parishon turib qoldi. Keyin hamon
yig‘layotgan ukamning tepasiga keldi. Burnini etagiga artdi-da, ko‗tarib uyga opkirib
ketdi.
Qosh qorayganda darvozadan yugurgudek bo‗lib dadam kirib keldi. Hamma
gapni ko‗chadan eshitgan shekilli, to‗ppa-to‗g‗ri uyga kirdi-yu qo‗shog‗iz miltig‘ini
ko‗tarib chiqdi.
Oyim dod solib miltiqqa yopishdi.
•
Qamab qo‗yadi! - dedi chirqillab. - Nima qilmoqchisiz, qamab qo‗yadi!
•
Qoch! — Dadam g‗azabdan qaltirab, tirsagi bilan oyimni nari surdi. — Bir
boshga bir о‘lim!
•
Kerakmas, Xudo xayringizni bersin, kerakmas.
Oyimning nolasi ta‘sir qildi chog‘i dadam holdan toygandek supaning chekkasiga
о‘tirib qoldi. Tizzasi ustiga miltiqni ko‗ndalang qo‗ygancha kaftlari bilan boshini
changalladi...
•
Davlatning odami bilan o‗ynashib bo‗ladimi, - dedi oyim murosaga chaqirgan
ohangda.
•
Davlat unaqa deganmas! - dadam jahl bilan tizzasiga mushtladi. - Davlat,
birovning oxirgi molini shilib kelasan, deganmas. Bu gap o‗sha piyonistaning o‗zidan
chiqqan.
•
Qo‗lida qog‗ozi bor-ku, - dedi oyim yoshli ko‗zlarini mo‗ltiratib.
•
Tag‗in gapiradi-ya! - Dadam hammasiga oyim aybdordek yana tizzasiga
mushtladi. - Hech kim unga unaqa qilasan, deb o‗rgatgan emas! Bu ablahning o‗zi
davlatni odamlarga yomon ko‗rsatib yuribdi. Shunga aqling yetadimi, yo‗qmi!
•
Mayli. - Oyim yengining uchi bilan ko‗zini artdi. - Ungayam boqqan balo
bordir... Mayli, - dedi xo‗rsinib. - Shukr, urush bitdi, bu kunlar ham o‗tib ketar.
Hademay bolalar katta bo‗lib qoladi. - Dalavoyning boyagi gapi yana yuragini o‗rtab
yubordi shekilli, oyimning ovozi titrab ketdi. - O‗zimni so‗ksa mayli edi, bolalarimni
nimaga gapiradi...
...Onam aytganidek, o‗sha kunlar unut bo‗ldi. Turmush iziga tushib ketdi. Kunlardan
birida oppoqqina, do‗mboqqina notanish xotin bir narsadan qo‗rqqandek hurkib
darvozadan kirib keldi. Oyim aylanib-о‘rgilib unga peshvoz chiqdi. Notanish xotin
oyim bilan ko‗risha turib hiqillab yig‘lab yubordi.
•
Kuyovingiz yana urdi, - dedi sekin. Uning chap yuzi momataloq bo‗lib
ketganini endi ko‗rdim.
•
Kunora uradi. ―Qisir
s
i
girsan‖, deydi. Bo‗yimda bo‗lmasa, nima qilay, opajon.
―Seni ming taloq qo‗yib onasi o‗pmagan qizni olaman‖, deydi. - Notanish xotin
ho‗ng-ho‗ng yig‘lar, o‗pkasini tutib ololmasdi. – ―Seni deb odamlarga yomon
ko‗rindim‖, deydi. Nimani qoyil qipti? Topganini ichadi. Kecha mast bo‗lib sizni
gapirdi. ―Shuyam qarg'agan edi‖, deydi. Mahallaga qo‗shilolmasam, birovga hasrat
90
qilolmasam. Burchak jinnisi bo‗lib o‗tiribman. Kimga dardimni aytsam kuladi.
Ta‘nadan boshim chiqmay qoldi, aylanay opajon.
Bu - Dalavoyning xotini ekanini endi tushundim. Hayron bo‗lib goh onamga, goh
Dalavoyning xotiniga qarab turardim.
•
Voy, gapingiz qurmasin! - oyim uning yelkasiga qoqdi. – Qo‗ying-e, nima,
men payg‗ambar bo‗pmanmi? Jahl ustida aytgan bo‗lsam, miing marta qaytib oldim,
o‗rgilay! - U choy quyib uzatdi. - Shuni о‘ylab yuribsizmi hali? Qo‗ying, o‗zingizni
bosing. Meni aytdi dersiz, opovsi, ichingiz to‗la bola. Hali shunaqa qo‗sha-qo‗sha
o‗g‗illar ko‗rasizki, og'ziga kuchi yetmaganlar uyalib qoladi, aylanay!
Dalavoyning xotini oyimga termilib turarkan, yoshli ko‗zlari bilan jilmaydi:
•
Aytganingiz kelsin, - dedi pichirlab.
Ammo Dalavoy aytganini qildi: xotinini qo‗yib yuborib, ―onasi o‗pmagan‖ qizni
oldi... Teshik munchoq yerda qolmaydi deganlari rost ekan. Dalavoyning avvalgi
xotini Abdi degan aravakashga tegdi. Ora-chora bir bolasini ko‗tarib, birini yetaklab
oyimning oldiga kelib qolar, ikkovlari uzoq-uzoq chaqchaqlashib o‗tirishar edi.
Dalavoyning ikkinchi xotini ham tug‘madi. Lekin bunisi ―zakunni‖ bilish bobida
о‘zidan qolishmas ekan. Dalavoy uni ham ―qisir sigirsan‖, deb bir marta urgan ekan,
―tegishli joy bilan gaplashib qo‗ydi‖ shekilli, nalugchilikdan bo‗shatishdi. Biroq
Dalavoy otdan tushsa ham egardan tushmasdi. Hamon jiyronini gijinglatib ―po‗rim‖
kiyinib yurar, faqat endi yelkasiga osib yuradigan charm sumkasi yo‗q edi.
Falokat qosh bilan qovoqning o‗tasida turadi, degan gap bor. Dalavoy bir kuni
mast bo‗lib kelayotganida ot hurkib sudrab ketibdi, degan gap tarqaldi. Beli bilan
oyog‗i sinib kasalxonada yotdi. Uzoq yotdi...
...Hozir uni deyarli har kuni ko‗raman. Guzardagi bozorchada o‗tirib pista sotadi:
•
Ja-a-reniy semichka!
Bilganlar u bilan savdolashib o‗tirmaydi. Bilmaganlar sal jig‗iga tegishsa,
tayoqdek qotib qolgan o‗ng oyog‘ining tovonini yerga urib-urib qo‗yadi. G‗azabdan
sariq mo‗ylovi uchib-uchib xirillaydi:
•
Menga qara, o‗v! Zakunni sendan yaxshi bilaman. Senlarni deb qon
to‗kkanman!
Har gal uni ko‗rganimda g‗alati tuygular qiynaydi. Bir jihatdan achinaman.
Ehtimol, u o‗z vazifasini bajargandir. Ehtimol, o‗sha paytda shunday qilish kerak
bo‗lgandir. Ammo insonning fe‘li g‗alati. Yaxshi narsa esidan chiqsa-chiqadiki,
yomonlikni unutishi qiyin. Ayniqsa, bu - bolalik xotirasi bo‗lsa... Uni har
ko‗rganimda ko‗z o‗ngimda onamni haqorat qilgani xayolimga kelaveradi. Onamning
jiqqa yosh to‗la ko‗zlari tasavvurimda jonlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |