Khorezm branch of uzbekistan writers union



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana02.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#876852
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
1654848187 (1)

MAHALLANING «SHAYXI» 
 
Qachondir uning ismi bo‗lsa bo‗lgandir. Biroq mahallada hech kim uning 
otini bilmaydi. Hamma Shayx deb chaqiradi. 
Aytishlaricha, urush paytida bir beva xotin besh-olti yoshlardagi bolasi 
bilan shu yerga kelib qolgan. Insofli odamlar bevaga choyxona yonboshidagi 
pastak hujrani ajratib berishgan. Bola baribir bola-da. Bahorda hujraning 
tomiga chiqib varrak uchirayotgan ekan, varrak havolagan sayin qiziqib ketib 
ipni torta-torta tisarilib borib- di-yu, tomdan chalqanchasiga yiqilib tushibdi. 
Sho‗rlik onaning dod-faryodiga choyxo‗rlar yopirilib chiqishsa, bolaning boshi 
yorilib, qonga belanib yotganmish. Hoji buvi uning boshiga kigiz kuydirib 
bosibdi, qorakuya suribdi, haytovur, bola tuzalib ketibdi. Faqat esi aynibroq 
qolibdi. O‗shandan buyon hech kim uning biron marta yig‘laganini ko‗rmagan. 
Qachon qarasangiz, iljayib turadi. Iljayganda ham tilining uchi og‗ziga sig‗may 
doim chiqib turadi. Shundan bo‗lsa kerak, onda-sonda ustara tegadigan do‗rdoq 
labining ikki cheti oqarib yotadi. Urushdan keyin onasi vafot etadi-yu, Shayx 
yolg‘iz qoladi. Eski choyxona buzilganida ularning hujrasidan ham nom-nishon 
qolmadi. Biroq Shayx ko‗chada qolgani yo‗q. Mahalladagi hamma uy 
Shayxniki. Uning uchun hamma eshik ochiq. U biznikiga ham tez-tez kelib 
turadi. Onam bilan uzoq-uzoq gaplashganini ko‗rardim-u, onam bu devona 
bilan nimani gaplashishiga aqlim yetmasdi. 
Jamiki to‗y, jamiki mа‘rаkа Shayxsiz o‗tmaydi. Uning o‗z vazifasi bor: 
samovar qo‗yadi. Xotinoshida mahalla otini, nikoh-u bazmlarda to‗yboshi 
erkaklar Shayxning xizmatiga muhtoj. 

Shayx, to‗rt choynak choy! Uch choynak famil, bir choynak ko‗kidan 
bo‗lsin. 

Hozir... 
Shayx g‗alati gapiradi, «z»ni aytolmaydi, «dz» deydi, «s» deyolmaydi, 
allaqanday «ts» qilib aytadi. 

Shayx tezroq! Nozik mehmonlar kelib qoldi. Shayx shoshilmaydi. Ishini 
bilib qiladi. 

Tsekin. Nodzik bo‗tsa, o‗dziga, - deydi iljayib. Odamlar ranjimaydi. 
Shayxning puxtaligini bilishadi. Shuncha yildan beri bironta to`yda choynak 
darz ketmagan, biron mehmon choysiz qolmagan. 
U faqat pivo ichadi. Ko‗p emas, ikki shishagina. To‗y egalari Shayxning 
ulushini alohida ajratib qo‗yishadi. To‗y tarqashi oldida, xizmatini qilib 
bo`lgandan keyin Shayx shishani og‗ziga quyib pivo ichib oladi-da, birdan 
o‗yinga tushadi. Yoqavayron bo‗lib, og‗zidan ko‗pik sachratib xo‗p o‗ynaydi. 
Odamlar qarsak chalgan sayin balandroq sakraydi: 

Bo‗sh kelma, Shayx! 


29 

Barakalla, Shayx! Orangutan bo‗p ket-e! 
Bunday «maqtovlar» Shayxni battar jazavaga soladi. Har tepinganda yer zirillab 
ketadi. 
Ba'zan hangomatalab yigitlar Shayxni o‗rtaga olib qolishadi. 

Bu... to`yni qachon boshlaymiz, Shayx? Shayx tilini chiqarib iljayib 
qo`yadi. 

Senga ham xotin olib beraylik, bundoq. -Xotinmas, qidz... 

A?.. Voy ko‗nglingning ko‗chasidan o‗rgildim! Seni ko‗rgan qiz infarkt 
bo‗lib «Grudnoy xirurgiya»ga tushadi-ku! 
Shayx xafa bo‗lmaydi. Umuman, xafa bo‗lishni bilmaydi. Iljayadi. 
Onamning yigirmasi bo‗layotgan edi. G‗ira - shira tong otayotganda 
eshikdan ko`ylakchan Shayx lapanglab kirib keldi. 

Iya, ana, Shayx kelib qoldi! - dedi allakim tantana bilan. - Qani, 
samovarga o‗zing qaray qol. 
Ammo Shayx hovli burchagida turgan samovarlar tomonga yurmadi. 
Hech kimga qaramay bir hatlab ayvon zinasidan chiqdi-yu, oyimning xonasiga 
yo`naldi. 

Ноу, Shayx o`lgur, qayoqqa? - ayollardan biri uning yo‗lini to‗sdi. - U 
yerda qariyalar o‗tiradi. 

Qoch! - dedi Shayx ko‗zini olaytirib. Keyin onamning xonasiga kirdi-yu, 
to‗satdan o‗zini yerga otdi. 

Oyi! - dedi xirillab. - Oyi-i-i! 
Yoqasiga chang solib bir tortgan edi, kir ko‗ylagi shir etib yirtildi-da, qop-qora, 
baquvvat yelkalari titragancha og‗zidan ko‗pik sachratib hayqirdi: 

Oyi! Oyi! 
U har «oyi» deganda boshini yerga urar, yerni mushtlar edi. 
Birpasda peshonasi momataloq bolib ketdi. 

Oyi! Qayoqqa ketdidz, oyi! 
Umrida yig‘lamagan Shayxning nolasi hammani karaxt qilib qo‗ygan edi. 
Kimdir ko‗tarmoqchi bo‗lgan edi, Shayx siltab yubordi. 

Tegmanglar! - dedi allakim pichirlab. - Mayli, yig`lab olsin. 
Anchadan keyin u gandiraklab o‗rnidan turdi. Hech kimga qaramay hovliga 
tushdi-yu, indamay chiqib ketdi. 


30 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish