Keysning asosiy maqsadi


YeOIIga a’zo boʻlishning foydalari



Download 26,62 Kb.
bet3/7
Sana29.12.2021
Hajmi26,62 Kb.
#85652
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XMM keys

YeOIIga a’zo boʻlishning foydalari;

  • YeOIIga kirishning salbiy tomonlari;

  • Tahlil;

  • O‘zbekiston uchun boshqa muqobil yoʻllar;

  • Xulosa.

    Yechim:

    1. YeOIIga a’zo boʻlishning foydalari;

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi MDHdagi eng ilg‘or integratsiya loyihasi hisoblanadi va dunyodagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.

    Ushbu Ittifoq doirasida tovar va xizmatlar, kapital va mehnat bozorlarining erkin harakati hamda iqtisodiyotning boshqa muhim sohalarida muvofiqlashtirilgan, kelishilgan yagona siyosat olib borish ta’minlanadi. YeOII rivojlanishining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib, a’zo mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy resurslarining birlashishi, Ittifoq ichidagi integratsion hamkorlikning kuchayishi, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida umumiy potensialdan ko‘proq foydalana olish hisoblanadi.

    OʻZBEKISTON UCHUN KATTA BOZOR ESHIKLARI OCHILADI
    Taʼkidlash oʻrinliki, YEOIIga aʼzolik biz uchun, eng avvalo, 185 milliondan ziyod aholi istiqomat qiluvchi, qiymati esa 1 trillion 587 milliard AQSH dollariga teng bozorga kirish imkonini beradi. Oʻzbekiston bu bozorga oʻzining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda koʻrishi mumkin.
    Oʻzbekiston tashkilotga kiradigan boʻlsa, oʻz qoidalarini ittifoq standartlari bilan muvofiqlashtirib boradi va tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Buning natijasida YEOII bozorini koʻzlagan xorijiy investitsiyalar oqimi yuzaga kelishi mumkin.
    Zero, shu paytgacha 33 millionlik bozor uchun ishlab kelingan boʻlsa, hamjamiyatga kirish natijasida salkam 200 million kishilik bozorga hech qanday bojlarsiz kirish imkoni paydo boʻladi. Bu esa Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.
    Hozirgacha ham YEOII biz uchun eng katta tashqi savdo hamkorlaridan biri boʻlib turibdi. YEOIIga kirish, bu koʻrsatkichni shak-shubhasiz yuqorilatadi. Bundan tashqari, YEOIIga aʼzo davlatlarning mahsulotlari bozorimizga kirib kelishi raqobatning kuchayishiga xizmat qiladi. Bunday raqobat esa isteʼmolchi manfaatlariga mosdir.
    Oʻzbekiston tashkilotga kirishi unga aʼzo 5 davlat bilan standartlarni birlashtirish orqali chegaralardagi ortiqcha tekshiruv va ulardan kelib chiqadigan vaqt isrofining oldini olishi mumkin. Eksport qiluvchilarimiz mahsulotlarini YEOII hududiga ancha erkin chiqarishi mumkin boʻladi.
    MEHNAT QILISH UCHUN TENG SHAROITLAR YARATILADI
    Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi mehnat migrantlari, yaʼni Rossiya va Qozogʻistonda ishlaydigan vatandoshlarimizga patent olmasdan ishlash imkonini beradi.
    Ular bu davlatlar mehnat qonunchiligi bilan himoyalanadi. Shuningdek, ularning ittifoqqa aʼzo davlatlar hududida toʻlagan soligʻi oʻz yurtida ham tan olinadi. Bu esa pensiya va soliqlar, ijtimoiy himoya borasida ularga katta yengillik tugʻdiradi.
    YEOIIga aʼzo mamlakatlar mehnat migrantlari uchun litsenziya va ruxsat olish talablarini oʻzaro jiddiy kamaytirgan.
    Agar migrant rasmiy ravishda ishga yollangan boʻlsa, unda uning farzandlari oʻsha mamlakatdagi bogʻcha va maktablarda oʻqishi mumkin boʻladi, shuningdek, uning barcha oila aʼzolari majburiy tibbiy sugʻurta bilan qamrab olinadi.
    Barcha (farmatsevtika, tibbiyot, huquq va pedagogika sohalaridan tashqari) diplomlar oʻzaro tan olinadi. Demak, Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlsa, deylik, muhandislik sohasida universitetni tamomlagan Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya yoki Qozogʻistonga borib, u yerdagi fuqarolar bilan teng sharoitlarda ishlash huquqiga ega boʻladi.
    Pensiya taʼminoti kabi hal etilmagan muammolar mavjud boʻlsa-da, umumiy mehnat bozorining YEOIIda birmuncha shakllanganini tan olish zarur.
    Shuningdek, Rossiya va Qozogʻiston kabi iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlar bilan ikki tomonlama emas, balki institutlashgan-huquqiy meʼyorlar orqali aloqalarimizni qaytadan tartibga solish imkoniga ega boʻlamiz.
    Yana bir muhim omil, bu — davlat institutlari ishlashining yaxshilanishi. Rossiya, Belarus va Qozogʻiston kabi davlatlar bilan yaqindan ishlash davlat xizmatchilarining darajasi yuksalishiga va davlat institutlari tomonidan ishlab chiqiladigan loyiha va xizmatlar sifati yaxshilanishiga olib keladi.
    Sayyohlik sohasida ham jiddiy, tub oʻzgarishlarga yoʻl ochiladi. Rossiya va YEOII mamlakatlari bilan vizasiz rejim sayyohlar oqimining koʻpayishiga xizmat qilishi tayin.


    1. YeOIIga kirishning salbiy tomonlari;


    BOSHQA DAVLATLAR BILAN TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI SAVDO BITIMI TUZOLMAYMIZ
    Qayd etish oʻrinliki, tashkilot amalda bir tomonlama erkin bozor hududi boʻlib, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlgan taqdirimizda ham Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston kabi bojlarni koʻtarishga majbur boʻlamiz. Bu esa yurtimizga keladigan texnika va texnologiyalar narxi qimmatlashuviga sabab boʻladi.
    Ilmiy tahlillar orasida, ayniqsa, Armaniston va Qozogʻistonning YEOIIga kirishi ularning iqtisodiga salbiy taʼsir koʻrsatgani borasida tahlillar mavjud.
    Hozirda savdo urushlari, hatto YEOII ichida tez-tez kuzatilmoqda. Misol uchun, Rossiyaning Yevropa Ittifoqi, Gruziya va Moldovaga nisbatan bir tomonlama kiritgan sanksiyalari natijasida YEIga aʼzo davlatlardan kirib keladigan mahsulot va xizmatlarning boshqa YEOII davlatlariga oʻtishi qiyinlashmoqda.
    Bundan tashqari, Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi goʻsht, mayonez, shokolad, qovun va sut yoki Qozogʻistonning Qirgʻizistondan keladigan kartoshka mahsulotlari boʻyicha qoʻyilgan cheklovlar ichki bozorning normal faoliyatiga toʻsiq boʻlyapti.
    Goʻsht va sut mahsulotlari boʻyicha Rossiya va Belarus oʻrtasidagi savdo urushi hammaga maʼlum. Natijada shu kungacha Armanistondan tashqari deyarli barcha ittifoq aʼzolari bir-birlari bilan savdo urushlarini boshlaridan oʻtkazishga ulgurishdi.
    YEOII oʻzining har bir aʼzosini tashqi boj siyosatini shakllantirishga oid suveren huquqini cheklaydi. Natijada ikki davlat toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama savdo bitimi tuza olmay qoladi.
    Oʻrniga YEOII komissiyasi muzokara oʻtkazadi. Har doim uchinchi davlat bilan bitim tuzishda tashkilotga aʼzo davlatlar roziligi kerak. Bu esa tashqi iqtisodiy siyosatda erkinlikning katta qismini qoʻldan chiqarish, deganidir. YEOIIning uchinchi davlatlar bilan tuzilishi moʻljallanayotgan erkin savdo bitimlari esa yurtimiz uchun kelajakda foydali boʻladimi, yoʻqmi, buni ham bilmaymiz.
    ITTIFOQ AYRIM HOLATLARDA TASHKILIY TUZILMA SIFATIDA ZAIF
    Integratsiyadan keyin shubhasiz, Rossiya tovarlarining respublikamizga oqimi oshadi.
    Olaylik, 4 milliard AQSH dollaridan ziyod savdo aylanmasining atigi 1 milliarddan koʻprogʻini Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport tashkil qiladi. Qolgan summa Rossiya mahsulotining importidir.
    Rossiya bilan oʻzaro savdoda ulkan disbalans bor. YEOIIning yana bir mamlakati Qozogʻiston bilan ham savdoda salbiy saldo saqlanib turibdi. Tashkilotga kirish dastlabki paytda bu jarayonlarni kuchaytirib yuboradi.
    Garchi boshida Yevropa ittifoqi tuzilmasi oʻrnak qilib olingan boʻlsa-da, YEOII davlatlari tashqi savdo siyosatini yetarlicha muvofiqlashtirish quvvatiga ega emasligi koʻrinib qolyapti. Misol uchun, aʼzo davlatlar Yevroosiyo komissiyasiga, xususan, ittifoq qoidalarini buzgan davlatni ittifoq sudiga berish kabi oʻta muhim vakolatni taqdim etishmagan. Natijada YEOII aʼzo mamlakatlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf eta olmaydi.
    Yevroosiyo komissiyasi YEOII bitimi qoidalarining qanday ijro etilayotgani haqida umumiy nazoratni amalga oshirgani holda qoida buzilishlari boʻyicha aʼzo davlatlarni xabardor qiladi, xolos.
    Modomiki, Oʻzbekiston YEOIIga kiradigan boʻlsa, tashqi savdo siyosatimizda katta oʻzgarish yuz berishini, ham ichki, ham tashqi ishlab chiqaruvchilarga taʼsir etishini hisobga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tadbirkorlarga va umuman, aholiga YEOIIga kirishning ijobiy va salbiy tomonlari haqida yetarlicha maʼlumot berishi, mavzu soha mutaxassislari oʻrtasida muhokama etilishini taʼminlashi zarur.
    Shu bilan birga, Oʻzbekiston tashqi savdo aloqalari qaysi trayektoriya boʻyicha rivojlanadi, degan savolga imkon qadar tez va aniq javob berish zarur.

    Proteksionistik tariflar. 

    Ittifoq amalda Rossiyaning tashqi boj siyosatini o‘zida aks etgan bir tomonlama erkin bozor hududi bo‘lib, Jahon savdo tashkilotiga kirganimiz taqdirda ham Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston kabi bojlarni ko‘tarishga majbur bo‘lamiz. Bu esa yurtimizga keladigan texnika va texnologiyalar narxi qimmatlashuviga sabab bo‘ladi.



    YeOIIni tuzgan Rossiya Federatsiyasi rivojlanib ketmayapti.

     Balki harakatlar iqtisodiy emas, ko‘proq siyosiy tus olgani kuzatilyapti. Umumiy ittifoq manfaatlari uchun harakat qiluvchi Germaniya, Fransiya kabi davlatlarning shijoati Rossiyada kam kuzatiladi.



    1. Tahlil;

    Endi yuqoridagilarni biroz tahlil qilib ko‘raylik. Avvalo, aytish kerakki, O‘zbekiston kelajakda ittifoqqa kirib, keyin undan chiqishi jiddiy siyosiy xavfga aylanishi mumkin. Negaki, YeOIIga kirgandan keyin undan chiqish eng kamida YeOII davlatlari bilan o‘zaro savdo urushiga, Rossiya tomonidan esa bizga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ham ushbu masalada chuqur o‘ylangan qadam tashlanishi lozim.

    Bunda yurtimizning YeOII davlatlariga nisbatan qanday holatda ekanligini inobatga olish lozim. Agar Armaniston o‘zining Ozarboyjon bilan siyosiy muammolari borligi tufayli YeOIIga qo‘shilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston Rossiya va Qozog‘istonga migrant ishchilar jo‘natish va eksport bozorini kengaytirish uchun ittifoqqa kirgan. Belarusning Rossiya bozori bilan qay darajada bog‘langanini esa aytishga hojat yo‘q. Rossiya bilan kelishilgan qoidalar asosida munosabat olib borish Qozog‘iston uchun pirovard maqsad bo‘lgan. Lekin bu mamlakatlarning birortasi O‘zbekiston bilan bir xil vaziyatda emas.




    1. Download 26,62 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish