Ikkinchi yo‘l: YeOII a'zo davlatlari bilan mavjud erkin savdo bitimlarini yanada chuqurlashtirish.
Aslida, O‘zbekistonning Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus va Armaniston bilan allaqachon erkin savdo bitimi mavjud (MDH davlatlari o‘rtasidagi erkin savdo hududiga oid bitim). Bu bitimga O‘zbekiston 2013 yil dekabr oyida qo‘shilgan. Shunday ekan, O‘zbekiston o‘zining manfaatlarini yuqoridagi bitim orqali ham ro‘yobga chiqarishi mumkin. Aytish kerakki, MDH erkin savdo bitimi YeOII yoki JSTga qaraganda ancha sayoz bo‘lsa-da, mahsulot savdosining katta qismini qamraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |