Ilk yoshda muloqotga kirishish xususiyatlari



Download 40,79 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2022
Hajmi40,79 Kb.
#419711
  1   2
Bog'liq
paixalogiya mustaqil


Ilk yoshda muloqotga kirishish xususiyatlari.

Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan o‘sish davri alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda insonga xos eng muhim sifatlar, xarakter xislati, atrof-muhitga, o‘zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko‘rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi , uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.


R.Y.Abramovich-Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishicha, bir yoshli va bir yosh-u ikki oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddiy turi jadal rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amalga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi. Shunday harakatlar tobora ortadi va murakkablashadi, ularning mohiyati borgan sari chuqurlashadi.
D.B.Elkonin fikricha, bolalarda keng ko‘lamli va ko‘p miqdordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyatlarini o‘zlashtirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish mayli, tuyg‘usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo‘lsada, bu muammo bola shaxsiy o‘yin faoliyatini tashkil qilishda hali kattalarning yordami va rag‘batiga muhtojligini ko‘rsatadi.
Bir yoshli bolaning turli harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, ko‘zlagan ishini bajarishidagi noxush kechinmalar uning psixikasida dastlabki affektiv holatni vujudga keltiradi. Shuningdek, o‘z faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish, aks ettirishning yangi
shakli ta’sirlanishni tarkib toptiradi. G‘azablanish, jahl, qahr-u
g‘azab tuyg‘ularining xususiyatini tadqiq qilgan T.E. Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko‘pincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi «portlash», qahri qattiqlik yuzaga keladi. Uning fikricha, bola psixikasida paydo bo‘layotgan xulq natijasi tirishqoqlikning o‘ziga xos ko‘rinishidan iborat bo‘lib,
u o‘zi yoqtirgan narsani tezroq qo‘liga olish xohishi bilan uzviy
bog‘liqdir.
Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sirlanishni
bola kattalar bilan muloqotda psixik jihatdan qoniqmaslikni hosil
qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, 1 yoshli inqiroz vaqtida
«portlash», «lov etish» xususiyatiga ega bo‘lgan affekt quyidagi
sabablar bilan vujudga keladi:
1)kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imoishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo‘shilishi) e’tiborsizligi;
2)bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik ko‘rsatish, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi;
3)bolaning o‘zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu
o‘zgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar.
Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash sharoiti hamda unga kattalarning munosabatida o‘z ifodasini topadi va mahalliy mezonlar yordami bilan aniqlanadi.
N.A.Menchinskaya o‘z kundaliklarida bir yarim yoshli o‘g‘lining
o‘jarligini shunday ta’riflaydi: «Mumkin emas!» degan taqiqlashga javoban Sasha o‘jarlik qilar, sho‘xligini yana zo‘r berib davom
ettirishga urinar edi; uning o‘jarona xohishini boshqa obyektga
tortish bilangina bartaraf qilsa bo‘lar edi: ko‘pincha taqiqlashga
qarshi yig‘lab injiqlik qilar, hatto, o‘zini polga otar, qo‘l va oyoqlarini tapillatar, ammo bunday «jazava» uning xulqida juda kam sodir bo‘lib, uni bunday sho‘xliklaridan tez va oson chalg‘itish
mumkin edi...».
Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy va ularning shogirdlari olib borgan ishlardan ko‘rinadiki, bolada paydo bo‘lgan
dastlabki so‘z va ibora go‘daklik davridan ilk bolalik davriga
o‘tishning eng muhim sharti hisoblanadi. Harakat bilan so‘zning
bog‘lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyatni amalga
oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi. Nutq orqali muloqot ehti
yojining paydo bo‘lishi bolaning psixik jihatdan o‘sishida muhim
turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik sari yetaklaydi.
D.B.Elkoninning fikricha, so‘zlarning hosil bo‘lishi va bolaning nutqiga aylanishi, eng avvalo, so‘zning ma’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita bog‘liqdir. Buning natijasida bolaning lug‘at boyligi keskin ko‘payadi, ikkinchidan, nutqida ikkita
so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati vujudga keladi va uchinchidan, predmetlarning nomiga qaratilgan savollar tug‘iladi. Bu jarayon 1,5 yoshdan oshgandan so‘ng boshlanadi va bolada kattalar bilan muloqotning yangi bosqichi paydo bo‘lganini bildiradi. Nutq orqali bolalarga vaziyat va holat nomlari emas, balki
predmetlarni anglatuvchi so‘zlar o‘rgatiladi. Go‘daklik davridan ilk bolalik davriga o‘tish uning faoliyatida va kattalar bilan muloqotida jiddiy olg‘a siljish bilan ajralib turadi. Ana shu
siljish bolada atrofdagi odamlar va narsalarga tabaqali munosabatni shakllantiradi. Biroq bu munosabatlar faqat kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat orqali amalga oshadi. Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki mustaqil predmetli harakatlarni egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik, omadsizlik hollari bolada turli his tuyg‘u va kechinmalarni (quvonch, tashvish, achinish, qayg‘urish,
samimiylik, loqaydlik va hokazolarni) vujudga keltiradi. Shaxsning faolligi, harakatchanligi, tashabbuskorligi, intiluvchanligi,
bilishga ishtiyoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi omillarga
uzviy bog‘liqdir va bunga befarq qaramaslik kerak.
Shuni aloxida korsatish joizki 1,6-3 Yosh bu nutq rivojlanishi uchun senzetiv davr xisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur xarakatlarining yangi korinishlari tashkil etadi. 1 yoshli bola xali predmetlarni ketma-ket, sistemali ravishda korib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir kozga tashlanib turadigan belgisiga oz etiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga kora taniydi. Keyinchalik yangi idrok xarakatlarini egallanishi bolaning predmetli xarakatlarini bajarishdan koz bilan chamalab xarakat qilishiga otishda namoyon boladi endi u predmetning bolaklarini
ushlab kormasdan chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 eshli bola kattalarning bergan namunasi rangin shakli va kattaligiga kora aynan shunday predmetlarni chamalab idrok etgan xolda togri topa oladi. Bolalar avval shakliga, songra kattaligiga va shundan songina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jaraenda bola bir xil xususiyatga ega bolgan juda kop predmetlar borligini tushuna boshlaydi.
Bola 3 yoshigacha ozlashtirgan sozlar asosan predmet va xarakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funksiyasini anglatib bu predmet yoki xarakatning tashqi korinishi ozgarsa ham uning nomi ozgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funksiyalariga boglagan
xolda tez ozlashtiradi.
Ilk bolalik davrda bolada oz yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muxabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muxabbat boshqa shaklga otadi. Endi bola
oz yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga xarakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-xarakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional
baxolari ularda oziga nisbatan oz layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi. U o„z ota-onasiga nihoyatda qattiq boglangan bolib, intizomli va itoatkor boladi. Ana shu bogliqlik sababli bolaning asosiy extiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bolgan bolalar koproq xarakat qiladilar va atrof muxitni organishga intiladilar. Bu davrda bola oz ismini juda yaxshi ozlashtiradi. Bola doimo oz ismini ximoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala munosabati uni ozini aloxida shaxs sifatida anglashining boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi.
Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o„z «Men»ini anglay boshlashi vaqtliroq yoki bir muncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola ozini o„z xoxish va extiyojlarini qondirishi mumkin bolgan manba deb
biladi va bu uning «Menga bering», «Kotaring», «Men ham boraman» kabi talablarida korinadi. Uch yoshli bolalar ozlarini ozgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda oz-ozini baxolash vujudga keladi.
SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bolish extiyoji yuzaga keladi va bu ularning «ozim qilaman» qabilidagi sozlarida nomoyon boladi.
Olimlarning ta’kidlashlaricha bola psixologik jihatdan
me’yorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida kamida 30-35 marotaba qoʻlga olishi kerak ekan. Shuni aytish joizki, aynan onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga
boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar vaqti – vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan boʻladigan ishonchli muloqotni ta’minlab turuvchi
vosita ekanligini ehtirof etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan ma’lum boʻlgan, keksa avlod vakillari boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda
albatta bu qoidaga amal qilishgan . Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola
bilan kam muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin.
Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet faoliyati boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi.Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri muloqot chaqaloqda muloqotga boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti
reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda boʻladi [11]. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki
oylikda bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi.
Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal boʻlib xizmat qiladi.
Bola 3 yoshgacha atrofidagi narsalarni ushlab koʻrib, ogʻziga solib, ochib oʻrgansa, unda nutq paydo boʻlgandan keyin bilimlarni egallash jarayoni yanada tezroq, samaraliroq kecha boshlaydi. Dunyoda qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, koʻz bilan
koʻrib boʻlmaydigan soʻz va iboralar borki uni faqat “ikkinchi signallar tizimi” hisoblangan nutq orqaligina tushunish mumkin. (Rus psixolog olimi A. Pavlovning “ikkinchi signallar tizimi” boʻyicha tadqiqotlarining asosiy mohiyati shundaki,
predmetdan kelayotgan signal “birinchi signal” boʻlsa, soʻz orqali oʻsha predmetning obrazini tasavvur qilish orqali “ikkinchi signal” yaratiladi. Masalan, olmani koʻrganda u haqidagi tasavvur ongimizda namoyon boʻlgani kabi, “qipqizil olma” degan soʻzlar ham ongimizda xuddi shu tasavvurni paydo qiladi).Olimlar bu davrni “savollar davri” deb atashadi. Har tomonlama sogʻlom rivojlanayotgan bola albatta savol berishi lozim.
Xoʻsh, savol tugʻiladi: moboda bola savol bermasa-chi? Mutaxassislar fikricha, agar bola savol bermasa, tarbiyachilarning oʻzi savol bera boshlashi zarur ekan. Bola qachon
savol beradi? Agar u muammoga, jumboqqa duch kelsa. Faylasuflardan biri: “bolaning aqliy rivojlanishi savol berish va hayratlanishdan boshlanadi”, – degan ekan [12-
15].Lekin aynan shu joyda tarbiyadagi ikkinchi muammo boshlanadi, ya’ni savolga javob beruvchi tarbiyachilarning bilim darajasi, saviyasi. Bola savolga qanchalik aniq,
mukammal javob olsa, uning dunyoqarashi shunchalik keng rivojlanadi. Shuning uchun, ota-ona hamda tarbiyachilar barcha fanlar yuzasidan toʻlaqonli bilimlarga ega
boʻlishlari lozim. 3 yoshga toʻlganda bola kattalar bilan munosabatlarga bemalol nutq orqali kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini oʻzi kiyishga harakat qiladi.
Oʻz ehtiyojlarini soʻzlar orqali bayon qila oladi. Chunki nutqni toʻla egallaydi. Bola kattalarning koʻrsatmasiga binoan hatti - harakatlarini toʻgʻri yoʻnaltirishga oʻrganadi.
U kattalarning oʻzaro muloqotini jon qulogʻi bilan eshitadi, tushunishga harakat qiladi.
Bu davrda bolalar ertak, hikoya, shehrlarni eshitishni juda yaxshi koʻradi [16]. Bu bolaning tashqi olamni bilishiga katta tahsir koʻrsatadi. Bola ijtimoiylashuv jarayonida turli tahsirlarni (shu jumladan tarbiyaviy tahsirni) passiv holda holda qabul qilmaydi,
balki, sekin-asta ijtimoiy tahsirning obhektidan uning faol subhektiga aylanib boradi.
Bolalik davrida insonning oʻzligi shakllanadi, oʻzi haqidagi tasavvuriga poydevor qoʻyiladi. Bola oʻzida ehtiyojlar mavjudligi tufayli faollik koʻrsatadi, tarbiyaviy jarayonda ushbu ehtiyojlarni hisobga olinishi bolada faollikni rivojlanishiga yordam
beradi.Bordi-yu tarbiyachilar oʻz «tarbiyaviy faoliyatlarini» amalga oshirishlari uchun bola faolligini cheklashga harakat qilib, uni doimo «tinch oʻtirish»ga majbur qilsalar, bu bilan ular har tomonlama yetuk, uygʻun tarzda rivojlangan shaxsni emas, balki ijtimoiy moslashuvga qobiliyatsiz, nochor va passiv shaxsni shakllantirishga muvoffaq boʻladilar. Bola faolligining doimiy boʻgʻilishi natijasida u ijtimoiy munosabatlarga
moslasha olmaydigan, asabiy boʻlib shakllanadi yoki (mahlum individual xususiyatlarga, masalan, kuchli asab tizimi tipiga ega boʻlganda) faollik turli muqobil yoʻllar orqali yuzaga chiqadi(masalan, nima man etilgan boʻlsa, shuni yashirin amalga
oshirishga harakat qiladi). Bola ulgʻayar ekan, maktabda unga singdirilayotgan baho mehzonlari (jamiyatda qabul qilingan normalar, qoidalar) koʻchada oʻrtoqlari bilan
muomalada qabul qilingan baho me’zonlaridan keskin farq qilsa, bu uning shaxsiyatida ichki ziddiyatlar paydo boʻlishiga olib keladi [17]. Ota-ona va bolalar munosabati oʻzaro muloqot asosida quriladi.Kichik yoshdagi bolalar bilan boʻlgan muloqotda
uchraydigan kamchiliklardan yana biri, bolaning kattalar tiliga emas, balki kattalarning bola tiliga taqlid qilishidir. Ayrim ota – onalar ataylab tillarini chuchitib, bola nutqiga
moslashadi. Bu narsa bolalar nutqida turli defektlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. 3 yoshli bolalarda birinchi “inqiroz” davri boshlanadi. Bunda bola oʻz “men”ligini oilada tasdiqlashi zarur. Bu davrda bolalarda «hamma ishni oʻzim
qilaman», “men oʻzim”, - degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq boʻlib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda undagi bu xususiyatlarni
hisobga olishlari lozim [18]. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda oʻyin boʻlib hisoblanadi. Kattalar oʻyinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda boʻlishlari muhim
ahamiyatga ega. 9 oylik bolalarga endi oʻyinchoqdan tashqari qalam ham berish kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin boʻladi. Oʻyin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi
ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim ro’l
oʻynaydilar. Bu davrdagi bolalar oʻyini ham oʻziga xos boʻladi. Bolalar oʻyinda turli rollarni oʻynaydilar. Oʻyin qoidalariga rioya qila boshlaydilar [19]. Muloqot shakllari bola hali guruh boʻlib oʻynamasidan avval, ya’ni oʻz- oʻzi bilan oʻynaganidayoq
shakllanadi. Bu davrda bola oʻyin oʻynaganida koʻproq oʻzining hatti-harakatlariga ehtibor beradi. Oʻzaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha boshlaydi.
Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi. 1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so’zni o’zlashtiradi. Tilning grammatik tuzilishini o’zlashtirish bir necha bosqichga bo’linadi.
1. Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorif so’z o’zaklardan iborat.
2. 3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o’zlashtira boshlaydi.
Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.
Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim
yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi.
Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o’zim” konsepsiyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma’lum darajada mustaqillikka ehtiyojning paydo bo’lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.
Juda ko‘p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar
ortiqcharoq savol bersalar, ulami “ko‘p mahmadana bo‘lma”, “sen bunday gaplami qayerdan o‘rganding”, deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand egandan so‘ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab narsalarni o‘z bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushunadigan bo‘lib qoladi. Masalan, 7 yoshli katta guruh bolasi “yomg‘ir qayerdan yog‘adi?” degan savol beradi.
Bu bolaga yomg‘iming yuzaga kelishi juda sodda va tushunarli qilib gapirib beriladi (hatto sovuq oynaga issiq par qilib ta’sir qilganda,suv zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko‘rsatiladi). Bola biroz qarab turib, yo‘q unaqa emas deb javob beradi. Bo‘lmasa, qani
sen tushuntirib ber, deb so‘raladi. Shunda bola quyidagicha tushuntirib beradi: “Yomg‘ir osmonda yashaydi, uning uyi bulutlardan ham balandda. Bulutlar ochilib ketgan paytda yomg‘ir yog‘ilib ketadi” deb tushuntiradi. Bolaning ana shunday afsonaviy tushunchasidan voz kechib, to‘g‘ri, Umiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi. Ana shuning uchun bog‘cha yoshidagi, hali turmush tajribasi oz bo‘lgan bolalarga tabiat hodisalarini bunday yolg‘on afsonaviy tarzda tushuntirish yaramaydi.
Bolalar beradigan savollaming juda qiziq bo‘lishiga bir necha
sabablar bor. Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalami qanday bo‘lsa, shundayligicha, ya’ni ayxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, ikkinchidan, ularda katta odamlardagidek idrok qUayotgan narsa va hodisalami chuqur analiz va sintez qilish xususiyati hali o‘smagan bo‘ladi, uchinchidan, ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar hali tarkib topmagan va nihoyat, to‘rtinchidan, ulaming turmush tajribalari juda oz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalaming beradigan savoUaridan ular tafakkurining konkret obrazU xarakterga ega ekanUgi ham ko‘rinib
turadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar quyidagi savollami
berishlari mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, yer
kattami? Yulduzlar nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun
kunduzi ko‘rinmaydi? Daraxtlar nima yeb o ‘sadi? Qoibobo odammi?
Hozir qorbobo qayerda? Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi?
Elektr toki qayerdan keladi? Nega simda olov ko‘rinmaydi? Bog‘cha yoshidagi bolalarni tabiat va jamiyatdagi narsalaming sababiy bog‘liqligi hamda ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu narsalaming o‘zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani bilishga intiladilar.
Ayrim bolalar haddan tashqari ko‘p savollar beradilar, boshqa
bir bolalar esa deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalaming
juda ko‘plab savollar berishlari ijobiy xarakteiga ega bo‘lib, bu ulaming qiziquvchanligini, faolligi va mustaqilligidan darak beradi. Odatda juda passiv va tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalaiga turli mashg‘ulotlar ekskursiyalar vaqtida tarbiyachining o‘zi savol berishi, shu bilan ulami faollashtirib borishi lozim.
Bog‘cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta boigaidgai o‘zaro bog‘liqlik hamda ayrim tabiiy sabablami tushuna boshlaydilar. Masalan, katta guruh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida mulohaza yuritishayotganlarining guvohi bo‘lamiz. “Temir og’ir narsa bo‘lgani uchun suvda cho‘kadi, yog‘och yengil, shuning uchun u oqadimi”, “ichi bo‘sh banka yengil, shuning uchun u cho‘kmaydi”, “urug‘ni
yerga eksa, ko‘karib chiqadi” va shu kabilar.
Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani
qo‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi.
Bola 2,5 yoshga yetganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi to‘g‘risida bo‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu
nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan zamon va umuman vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘ladi. Bola predmetlar bilan
ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bo‘lishi va ularning xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy
tasavvur va tushunchalar hosil bo‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga
«tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni o‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu
ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu yo‘l bilan ularni xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umumlashgan tafakkur paydo bo‘layotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida,
tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi.
Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish
qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab
tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.
Bola ikki yoshga to‘lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga yetgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta
so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qo‘llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so‘rabgina qolmay, balki bu so‘zlarni
o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi,
Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar.
1,5 - 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim
Ilk bolalik davrida bola shaxsining rivojlanishi
Bu davrdagi bolaning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan
maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi.
U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi
o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomalamunosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men”ini anglay
boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb
biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko‘taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.
Ilk bolalik davritlagi bolaning limnush tajribasi deyarli yo’q
bo’lgani uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o’zining kimdalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi haralcatlami o’zlashtira boshlaydi.
Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bola o’zining kundalik harakatlari davomida hech bir erirunay, ko’z o’ngidagi hamma narsalami tekshirib ko’radi. Natijada juda ko’p yangiliklanii bilib oladi, o ’zining sezgi va idrokini, tasawur va xotirasini, tafkkkur va nutqini, hissiyot va hayolini - umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilaming rivojlanishi smalizatorlaming
tobora takomillashuvi bilan bog’liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko’rish, eshitish, hid va ta’m bilish, ten va harakat kabi) unitig har kurigi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to’qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilaming normal rivojlanishi bola idroki o’sishi uchim zamin yaratadi.Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo’lsa ham hali katta odamlar idrolddan keskin farq qiladi. Birincliidan, bolalarda turmush tajribasi yo’qlijp tufayU ulamicg idroklari ham anglashilmagan xarakterga ega bo’ladi. Ular ko’p nars£darga birinchi marta duch keladilai-. Shuning uchim bolalar idrok qiladigan ko’p narsalar ularga
yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo’ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko’pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo’ladi, ya’ni ularning idrokida mua;yyan bir maqsadni ko’zlash hali sezilmaydi.
Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ко’chib keta beradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bo’lgani uchun ular o’zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg’otadigan narsalarni
idrok qiladilar.


Download 40,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish