Keys-texnologiya



Download 185,5 Kb.
Sana13.04.2017
Hajmi185,5 Kb.
#6693
KEYS-TEXNOLOGIYA

O’quv mavzusi bo’yicha

“Tug’ruq vaqtida vaginal qon ketish:bachadon yorilishi.Klassifikatsiyasi,Etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,diagnostikasi,davolash prinsiplari,profilaktika.”

TTA 4-5 kurslar bo’yicha akusherlik va ginekalogiya kafedrasi.

KEYS

Muammo yechimi:Bachadon yorilishida shifokor taktikasi.

Pedagogik annotatsiya:

O’quv predmeti:”Akusherlik va ginekologiya”

Mavzu:” Tug’ruq vaqtida vaginal qon ketish:bachadon yorilishi.Klassifikatsiyasi,Etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,diagnostikasi,davolash prinsiplari,profilaktika.

O’rgatish darajasi:talaba

Kurs:4 kurs talabalari

Keys maqsadi:Bachadon yorilishining rivojlanish sabablari bilan tanishish,bilimni chuqurlashtirish va kengaytirish.Bachadon yorilishining rivojlanishida vaziyatni analiz qilish va baholash qobiliyatini shakllantirish.Bachadon yorilishida Bachadon yorilishida tekshirish mahorati,diagnostikasi,1- yordam ko’rsatish,ratsional transportirovkasi,davolashdan keyingi reabilitatsiyani o’zlashtirish.

O’quv natijasini rejalashtirish-keys bilan ishlashda talabalar amaliy ko’nikmalarni egallashi:

* Bachadon yorilishi bo’lgan ayolni umumiy ahvolini baholash.

* Diagnoz qo’yish uchun harakat faoliyatini algoritmini to’g’ri tanlash.

*Vrachgacha bo’lgan tezkor yordamni mustaqil ko’rsatish.





  • Kvalifikatsiyalangan poststatsionar reabilitatsiyani o’tkazishni bilish.

Muvaffaqiyatli yechim uchun talaba bilishi kerak:

  • Bachadon yorilishi rivojlanishini asosiy sabablari va differensial diagnostikasini bilish.

  • Markaziy tuman kasalxonasi darajasida tekshirish rejasini asoslash va tuzish,diagnostika usullarini ko’rsatish.

  • Bachadon yorilishida tezkor tibbiy yordamni ko’rsatish rejasini tuzish.

  • Medikamentoz va nomedikamentoz davolash darajasini aniqlash.

  • Olingan natijalarni korreksiyalash va baholashni bilish.


Axborot manbaalari

  1. Kasallik tarixi

  2. E.K Almazyan “Akusherlik” 2002 y.

  3. Y.K Jabborova,F.M.Ayupova-“Akusherlik”,Toshkent,2009 y.

  4. E.Y.Chernuxa “Tug’ruq bloke”-M,1991 y.

  5. V.N.Serov,A.N.Strijakov,S.A.Markin-“Akusherlik amaliyoti bo’yicha qo’llanma”,1997 y.

  6. K.Nisvander,A.Evans-“Akusherlik” Kaliforniya universiteti ma’lumotnomasi,1999.

  7. I.V.Кulakov ”Xavfsiz onalik” qo’llanma,1998.

  8. Perinatal parvarishning zamonaviy texnologiyalari,Toshkent,2009 y.

  9. Akusherlik va Ginekologiya bo’yicha amaliy ko’nikmalar,Toshkent , 2008 y.

  10. http://www.guideline.gov (США). US National Guideline Clearinghouse (NGC)

  11. http://www.rhlibrary.org/. (Butun Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti). The WHO Reproductive Health Library.

  12. http://www.nice.org.uk. (Buyuk Britaniya). National Institute for Clinical Excellence (NICE).

  13. http://mdm.ca/cpgsnew/cpgs/index.asp. (Каnada). Canadian Medical Association (CMA).

  14. Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

  15. Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan. Ushbu keysdan “Akusherlik va Ginekologiya” fanida hamda ochiq dars soatlarida foydalanish mumkin.



<>

Kirish

Akusherlikda eng og’ir asoratlardan biri bu bachadon yorilishi bo’lib,hamma vaqt qon ketish,og’ir shok holatining yuzaga kelishi (travmatik va gemorragik),ba’zan ona va homila o’limi bilan kuzatiladi.Bachadon yorilishi bilan kuzatiladigan onalar o’limi holati ginekologik kasalliklar orasida 7-8 o’rinda turadi,bu esa barcha tug’ruqlarning 0,1-0,5 % ni tashkil etadi. Bachadon yorilishining sabablari:

1.Bachadon yorilishining asosida miometriyning patologik o’zgarishlari yotadi. Bu o’zgarishlarga o’tkazilgan abortlar,o’z-o’zidan bola tashlash,bachadonning yallig’lanishli kasalliklari va chandiqli o’zgarishlari sabab bo’ladi.Amaliy jihatdan sog’lom bachadon to’qimasida tug’ruq paytida hech qanday yirtilish bo’lmaydi,lekin bachadon devorining morfologik o’zgarishlari hisobiga to’qima strukturasining buzilishi bachadon yorilishi sabab bo’ladi.

2.Reproduktiv yoshdagi ayollarda tug’ruq paytida 20-25 % hollarda keserva qilish amaliyotini o’tkazish,rekonstruktiv-plastik operatsiyalar,laparoskopik usul bilan chuqur joylashgan miomatoz tugunlarni olib tashlash bachadondagi chandiqli o’zgarishlarning ko’payishiga sabab bo’lmoqda.

3.Oxirgi yillarda tug’ruq davomiyligini qisqartirish usullari ishlab chiqildi.Bu maqsadda bachadon devoridagi muskullarning patologik o,zgarishlarini keltirib chiqarmaydigan tug’uq stimulyatorlaridan foydalaniladi. Tug’ruq faoliyatini sun’iy oshirish natijasida tug’ruq faoliyatining giperdinamik diskoordinatsiyasi kuzatiladi,bu esa bachadon yorilishining bilvosita sabablaridan biri hisoblanadi.

4.Tos suyagining anomalik shakllari,mutloq tor chanoq formalari bachadon yorilishiga sabab bo’ladi..

5.Afsuski hozirgi vaqtda homila holatini o’zgartirish uchun kata akusherlik qisqichlari bilan bachadon tubiga itarish natijasida uning zo’raki yirtilishiga sabab bo;lmoqda.

Bachadon yirtilishi asosan ko’p tug’uvchilarda,og’ir akusherlik anamnezi bo’lgan qayta tug’uvchilarda va kam hollarda birinchi marta tug’ayotgan ayollarda kuzatiladi.Ba’zan bachadonning rivojlanish anomaliyalari:bachadonning rudimentar muguz qavatining bo’lishi homila 20-26 haftaligida bachadoning yirtilishiga olib keladi.


Bachadon yirtilishining sababini birinchi bo’lib Bandlyu aytgan.Uning fikricha bachadon yirtilishining asosida tor chanoqda homilaning harakatlanishining qiyinligi yotadi.Bunda tug’ruq paytida homilaning boshi pastga qarab harakatlangan sari bachadonning pastki segmenti tortiladi va yirtiladi.Bu esa fanga Bandlyu bo’yicha “klassik mexanik”yirtilish deb kirib keldi,qaysiki uning asosida homila o’lchami va chanoq olchamining mos kelmasligi yotadi.Bandlyu o’z vaqtida bachadon yirtilishidagi klinik manzarani tasvirlab bergan ammo bachadon yirtilishining sababini tushuntirib berolmagan.

XX asrning boshlarida N.I.Ivanov(1901) va Ya.F.Verbov (1911) bachadon yirtilishining asosida bachadon devorining patologik o’zgarishlari yotishini asoslaganlar.Bunda bachadon devorining mo’rtligi sababli devor kuchaniq va to’lg’oqlar paytida bachadon ichidagi bosimning oshishi hisobiga mexanik ta’sirga chidash berolmaydi va yirtiladi.Ya.F.Verbov bunday yirtilishni “atipik,gistopatik”bachadon yirtilishi deb atagan.XX asrning 50-chi yillarida I.F.Jordani,L.S.Persianinov,N.S.Baksheevlar bachadon yirtilishining sabablarini Bandlning “mexanik teoriyasi” va Ya.F.Verbovning “gistopatik teoriyasi”ga asoslanib zamonaviy talqinda asoslab berdilar.



Xulosa qilib aytganda,bachadon yirtilishiga miometriyning patomorfologik o’zgarishlari,homila harakatining qiyinlashuvi,tug’ruqni stimullovchi vositalarni qo’llash natijasida bachaonning ti\ug’ruq faoliyatidagi diskoordinatsiyasi,shuningdek homila holatini majburiy o’zgartirish sabab bo’ladi.
Shuni aytish kerakki,bachadon yirtilishiga sabab,homiladorlikni kuzatuvning barcha bosqichlarida akusherlik yordamini tashkillashtirishning yetishmasligidir:

• kalta va yo’g’on tana tuzilishli,chanoq suyagi o’lchami tor bo’lgan ayollarda homila makrosomiyasi profilaktikasi yo’qligi;

• past joylashgan kata o’lchamdagi miomatoz tugunlarni o’z vaqtida diagnostika qilmasli;

• og’ir akusherlik anamnezi bo’lgan ayollarda tug’ruq jarayonini tezlashtirish;


• bachadondagi chandiqlarni to’g’ri baholay olmaslik;

•bachadon devoir strukturasining butunmasligi sababli to’lg’oq va kuchaniqlarning kuchsizligi,tug’ruq stimulyatorlarini qo’llash natijasida tug’ruq faoliyati diskoordinatsiyasi uning asosida miometriyning gipertonusi,bachadon ichi bosimining tezlikda oshishining kuzatilishi;

• kesar kesish amaliyotida homilani majburiy chiqarish va tug’ruq yo’llari va bachadonning pastki segmentlarini jarohatlash;

• ona chanog’I va homila boshini qay darajadaligini o’z vaqtida diagnostika qilmaslik;


Keys maqsadi:Bachadon yorilishining rivojlanish sabablari bilan tanishish,bilimni chuqurlashtirish va kengaytirish.Bachadon yorilishining rivojlanishida vaziyatni analiz qilish va baholash qobiliyatini shakllantirish.Bachadon yorilishida Bachadon yorilishida tekshirish mahorati,diagnostikasi,1- yordam ko’rsatish,ratsional transportirovkasi,davolashdan keyingi reabilitatsiyani o’zlashtirish.

Talabalar quyidagi o’quv natijalarini egallashi kerak:




  • Bachadon yorilishi rivojlanishini asosiy sabablari va differensial diagnostikasini bilish.

  • Markaziy tuman kasalxonasi darajasida tekshirish rejasini asoslash va tuzish,diagnostika usullarini ko’rsatish.

  • Bachadon yorilishida tezkor tibbiy yordamni ko’rsatish rejasini tuzish.

  • Medikamentoz va nomedikamentoz davolash darajasini aniqlash.

  • Olingan natijalarni korreksiyalash va baholashni bilish.



Masala:Homilador S.,41 yosh 9 oktyabr kuni soat 01 dan 45 daqaiqa o’tganda Tuman Markaziy Kasalxonasiga tushdi.Beshinchi homiladorlik,tug’ruq to’rtta.konsultatsiyaga kelmagan.Tug’ruq 8-oktyabr kuni soat 17 00 larda boshlangan.Soat 20 00larda suv ketgan va kuchli kuchaniqlar boshlangan.soat 22 00 larda to’lg’oq va kuchaniqlar to’satdan to’xtagan va qorinning pastki qismida keskin og’riq paydo bo’lgan,shundan keyin tez yordamga xabar berilgan va TMK ga olib kelingan

Kasalxonada:ahvoli og’ir,hushi tormozlangan,AQB-90/60;80/50 mm sim.ust.,puls 110 daqiqasiga,teri qoplamlari oqargan,sovuq yopishqoq ter,tana harorati 37˚С.

Tug’ruq harakatlari yo’q, homila harakati sezilmaydi.Chanoq o’lchamlari: 23-26-29-19 sm.Solovyev indeksi -16 sm.Qorin shish,keskin og’riqli.bachadon konturlari aniq emas.Qorinnig pastki devorida homilaning mayda qismlari va orqasi aniqlanadi.homila boshi kichik chanoqqa chiqish segmentida. Homilaning yurak urishi eshitilmaydi.O’rtacha qonli ajralmalar.

Qin tekshiruvi:qin chuqur.Bachadon bo’yni to’liq ochilgan.Homila pufagi yo’q. Homila boshi kichik chanoqqa kirish bo’shlig’idagi kichik segmentda.Homila boshida katta tug’ruq o’smasi.burun yetmaydi.Ajralma qonli.



Vazifa

  1. Qanday patologiya haqida gap ketmoqda,asoratli ehtimolliklari.

  2. Ayolning holatini baholang.

  3. Shifokorgacha bo’lgan yordam algoritmini tuzish.

  4. Bachadon yirtilishi profilaktikasini ayting.

  5. <> manipulyatsiyasini tuzish.


II. Talabalar uchun metodik ko’rsatma

Muammo:

TMK ga bachadon yirtilishi bilan kelgan ayolni qabul qilish taktikasi.



2.2. Masala

  1. Bachadon yirtilishi rivojlanishida etiologik omillar va anamnez analizi.

  2. Ko’rik analizi.

  3. Kerakli diagnostik metodlarni tanlash.

  4. Olingan natija bilan differensial diagnostikani o’tkazish.

  5. TMK sharoitida muammo yechimini hal qilish.

2.3. Yechim algoritmi

  1. Qo’shimcha tekshiruvlar:

- teri va ko’rinarli shilliq qavat ko’rigi

- yuz(ko’z,til)

2. Anamnez:

- boshdan o’tkazgan kasalliklari

- oilaviy-ijtimoiy anamnez

- akusher-ginekologik anamnez

- qon ketish davomiyligi va xarakteri

3. Ko’rik:

- teri qoplami,nafas soni,AQB,Ps

- tana haroratini o’lchash

-o’pka va yurakning auskultatsiyasi

- qorin palpatsiyasi

-qin tekshiruvi

-Leopold-Levidiskiy usuli bo’yicha bachadon palpatsiyasi

- homil yurak urishini eshitish

- tug’ruq va homiladorlik muddatini aniqlash

-Vasten va Sangemeystr simptomlarini aniqlash

- siydik pufagi siqilish simptomini aniqlash

-Algover shok indekisini hisoblash.

4. Diagnostik usullarni tanlash:

- UQT,UST

- o’lchash

- koagulogramma

- qon bioximik analizi

- kichik chanoq bo’shlig’idagi a’zolar UUT

5.Olingan natijalar nisbatini va differensial diagnostikani o’tkazish:

- normal joylashgan plasentani vaqtidan oldin ko’chishi

-plasentaning oldinda kelishi

- bachadon bo’yni yirtilishi

6. TMK da muammo yechimini hal qilish:

- kerakli davo

- birinchi yordamni ko’rsatish



AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR

Talabalarga yo‘riqnoma


Ishlash bosqichlari

Maslahat va tavsiyalar

1. . Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. “Difteriyani tashhislash, davolash va profilaktikasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.

2. . Berilgan vaziyat bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.

Asosiy muammo:

Bachadon yirtilishi bilan kelgan ayolni qabul qilish taktikasi .




4. Vaziyatni tahlil qilish

Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash :

  • Bachadon yorilishi rivojlanishini asosiy sabablari va differensial diagnostikasini bilish.

  • Markaziy tuman kasalxonasi darajasida tekshirish rejasini asoslash va tuzish,diagnostika usullarini ko’rsatish.

  • Bachadon yorilishida tezkor tibbiy yordamni ko’rsatish rejasini tuzish.

  • Medikamentoz va nomedikamentoz davolash darajasini aniqlash.

  • Olingan natijalarni korreksiyalash va baholashni bilish.




5. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash :


Muammo yechimini usullarini tanlang

6. Muammo yechimini ishlab chiqish

To’g’ri diagnoz qo’yib TMK da muammoni hal qilish


III. O’qituvchining keysni yechish va tahlil qilish varianti
Javob etaloni:

1.Homilador ayolda qorin bo’shlig’iga qon ketishi gumoni bo’lganda va gemorragik yoki travmatik shok belgilari (teri qoplamining oqarishi,gipotoniya,taxikardiya,hushining tormozlanishi) paydo bo’lganda tezkor yordam ko’rsatish kerak.Ayni holda tug’ruqning II davrida bachadon yirtilishi bo’lganda ko’p tug’ruq bo’lgan ayollarda tug’ruq faoliyati davrida to’satdan kuchaniq va to’lg’oqning to’xtashi kuzatiladi.Obyektiv ko’rikda qorin shish,keskin og’riqli.bachadon konturlari aniq emas.Qorinnig pastki devorida homilaning mayda qismlari va orqasi aniqlanadi.homila boshi kichik chanoqqa chiqish segmentida. Homilaning yurak urishi eshitilmaydi.O’rtacha qonli ajralmalar.

Bachadon yirtilishi asosan 1 daraja anatomic tor chanoqdakuzatiladi bunda asosan bachadon devori tortilib,bachadon bo’yni to’liq ochilib qoladi va homila boshi harakati yo’qoladi.Homila harakati va yurak urishining yo’qolishi homilaning bachadon ichida o’liganidan darak beradi.

2.Homilador ahvoli qay darajadaligi baholanadi.

3.Akusherning keyingi harakati ayolning hayotini saqlab qolishga qaratiladi.

Bunda akusher vazifasi:



  • Navbatchi vrach va operatsion brigadana chaqirish;

  • Infusion terapiya o’tkazish(fiz.eritma,ringer eritmasi.);

  • Hushi,nafas olishi,AQB,pulsni nazorat qilish;

  • Homiladorni tinchlantirish;

  • Rh-omil va qon guruhini aniqlash;

  • 1 xil guruhli qon,qon o’rnini bosuvchi vositalrarni quyish uchun tayyorlash;

  • Laparotomiyaga tayyorlashni boshlash.

4.Bachadon yirtilishi profilaktikasi. Bachadon yirtilishi profilaktikasi uchun konsultativ-maslahat ahamiyatga ega.

Homiladorni ro’yxatga olishda uning anamnezi yig’iladi,homiladorliklar va tug’ruqlar soni,tug’ilgan bolalar tana massasi,bachadonda o’tkazilgan operatsiyalar va uning xarakteri aniqlanadi.Asosan kesar kesish amaliyotidan keyingi,miomektomiyadan keying,bachadondan tashqari homiladorlik operatsiyasidan keyingi bachadonda qolgan chandiqqa e’tibor qilish kerak.Kasalxonadan chiqarish,operatsiya protokoli,postoperatsion davr,morfologik tekshiruvlar haqida ma’lumotlarni bilish.

Miometriyning morfologik xavf omillarini aniqlash muhim:abortlar asorati,bachadonni qayta tekshiruvlar,kichik chanoq bo’shlig’idagi o’tkir va surunkali yallig’lanish kasalliklari va bachadonning rivojlanish anamaliyalari.

Homila makrosomiyasi profilaktikasini o’tkazish uchun:to’g’ri ovqatlanishni tavsiya qilish;parhez,qand saqlovchi mahsulotlarni kamaytirish.

Chanoq suyagining torayishi va uning rivojlanish anomaliyalarini aniqlash.Bu asosan past bo’yli ayollarda yoki android tipdagi tana tuzilishli ayollarda kuzatiladi.

Qin tekshiruvida uzun chanoq belgilari:dum suyagining yassiligi,ko’ndalang o’lchamini torayish belgilari aniqlanadi..Agar simfizning yuqori chegarasidan o’tirg’ich suyagigacha bo’lgan masofa 10,5 sm bo’lsa,tug’ruqda homila boshining harakati qiyinlashishi mumkin va bunda asosan tug’ruq stimulyatorlaridan foydalaniladi.Tor chanoq va bachadon devorining buunligining buzilishi birga kelganda tug’ruq paytida bachadon yirtilishining asosiy komponenti hisoblanadi.

Shunday xavf omili bo’lgan ayollarni gospitalizatsiya qilish tug’ruqqa 7-10 kun qolganda o’tkazilishi kerak.

Tug’ruqqa ruxsat berilishi uchun quyidagi savollarga javob toppish kerak:

1.Homila va ona uchun xavf omili bo’lgan holatda tabiiy tug’ruqqa ruxsat beriladimi?

2.Agar xavf yuqori bo’sa tug’ruqqa yaqin muddatlarda tug’ruq harakati boshlanmasdan oldin kesar kesish amaliyoti rejalashtirilishi.

3.O’rta xavf bo’lganda tug’ruqni korreksiyalovchi terapiyani (tug’ruq stimulyatorlari,og’riq qoldiruvchilar) o’tkazmasdan turib tug’ruqni olib borish.Tug’ruqning hormal kechishiga to’sqinliklar bo’lganda (homila oldi suvlarining vaqtidan oldin ketishi,bachadon bo’yni yetilmasligi,tug’uq faoliyatining diskoordinaysiyasida)kesar kesishga ko’rsatma berish.

4. Past xavf guruhi bo’lganda korrigatsiyalovchi terapiyani o’tkazish,lekin tugruq stimulyatorlarni katta dozalarda yuborib takror qo’llamasdan tug’ruqni o’tkazish.

5.Bachadon devorida chandiq bo’lganda homiladorlik normal o’tayotgan bo’lsa,homila boshi va ona chanog’i o’lchamlari mos kelganda tug’ruq mobaynida qo’shimcha og’riqsizlantiruvchi (epidural anesteziyadan tashqari) vositalardan foydalanilmaydi.

Tug’ruqda narkotik analgetiklardan foydalanish bachadon yirtilishidagi klinik kartinani yengillashtirishi mumkin,tug’ruq stimulyatorlari esa katta soha bachadon yirtilishini chaqiradi.Bachadon yirtilishi xavfidan darak beruvchi omillar asosan og’ir akusherlik anamnezi,tor chanoq,bachadondagi chandiq.

▲ Tug’ruq paytida bola boshi harakati bilan bachadon og’zining ochilishi sinxronligiga e’tibor berish kerak.Normal tug’ruqda bachadon og’zi 6 sm ga ochilganda boshcha kichik chanoqqa kirish bo’shlig’idagi kichik segmentda,8 sm da katta segmentda,to’liq ochilganda kichik chanoq bo’shlig’ida bo’lishi kerak.

▲ Tug’ruqning II davri (bachadon bo’yni to’liq ochilgan paytdan boshlab) 1-chi tug’uvchilarda 2-3 soatdan,qayta tug’uvchilarda 1-2 soatdan oshmasligi kerak.Agar shu vaqt mobaynida bola tug’ilmasa kesar kesish yoki qin operatsiyasini qulay sharoit yaratib o’tkazish kerak.

▲Bola chanoq bilan joylashishdan bosh bilan joylashish holatiga o’tganda,bachadon og’zi to’liq ochilmagan holda bolani chiqarib olishga urinish bachadonni zo’raki yirtilishiga sabab bo’ladi..

▲Bachadonnig pastki segmentigacha davom etishi mumkin bo’lgan bachadon bo’yni chuqur yirtilishini oldini olish uchun bachadon bo’yni distoniyasi va rigidligi bo;lganda spazmolitiklarni qo’llash,tug’ruqni to’g’ri olib borish, operativ aralashuvlarni ehtiyotlik bilan o’tkazish va faqatgina bachadon bo’yni to’liq ochilgan holda qilish lozim.




  1. 5. <> manipulyatsiyasini tuzish.

Ayollar konsulltativ-maslahatining asosiy komponentlaridan biri bu har bir homildor ayol bilan individual ishlash,tekshirish,perinatal kasalliklarni aniqlash zarur.



9,1. Yuqori xavf guruhi homiladorlarini ajratish va dispanserizatsiya qilish.

Bu guruhga kiruvchi homiladorlarda tug’ruq homila hayoti uchun akusherlik yoki ekstragenital asoratlar bo’lishi mumkin.Ayollar maslahatxonasida ro’yxatda turadiganlar asosan quyidagi xavf guruhlariga kiradi:



  • Perinatal patologiyalar

  • Akusherlik patologiyalar

  • Ekstragenital patologiyalar.

Homiladorlikning 32-38 haftasida skrining tekshiruvi homilaning yangi xavf omillarini aniqlab beradi.Tekshiruv naijalariga asosan homiladorlikda 20 % dan 70 % gacha perinatal xavflar yuqori darajada turadi.Homiladorlikning 36 haftasidan keyin ayollar maslahatxonasi rahbari va akusherlik bo;limi shifokori tomonida homilador yana qayta yuqori va o’rta xavf guruhlari bo’yicha tekshiruvdan o’tadi va tug’ruqqacha gospitalizatsiya masalasi hal qilinadi.

Homiladorlikda asosan perinatal patologiyalar xavfi ko’proq uchraydi.Yuqori xavf guruhiga kiruvchi ayollarning 2/3 qismida perinatal patologiyadan o’lim hodisasi yuz beradi bu esa umumiy homiladorlarning 1/3 qismini tashkil etadi.Homiladorlarda perinatal o’lim sabablari bo’yicha ilimiy ishlar olib brogan O.G.Frolova va E.N.Nikolaevalar homiladorlikda alohida xavf omillarini aniqladilar.Bu omillar asosan yuqori darajadagi perinatal o’limga sabab bo’adi va ularni shartli ravishda 2 guruhga bo’ladi:



9.2. Prenatal omillar:

1. Ijtimoiy-biologik:



  • Ayol yoshi ( 18 yoshgacha,35 yoshdan yuqori)

  • Otasining yoshi ( 40 yoshdan yuqori)

  • Ota-onaning kasbiy zararlari

  • Chekish,alkogolizm,narkomaniya

  • Tana-vazn ko’rsatkichi ( 153 sm dan yuqori,vazn normadagidan past yoki 25 % yuqori)

2. Akusher-ginekologik anamnez:

  • Tug’ruqlar soni 4 va undan ko’p

  • Asoratlangan abortlar

  • Bachadon yoki uning ortig’ida operativ aralashuvlar

  • Bachadon rivojlanish anamaliyalari

  • Bepushtlik

  • Yetilmagan homiladorik

  • Homiladorlikni rivojlanmasigi

  • Muddatidan oldin tug’ruq

  • Olik tug’ish

  • Neonatal davrda o’lim

  • Bolalarning rivojlanish anomaliyalari va genetik kasalliklar bilan tug’ilishi

  • Bolalarning kam yoki ko’p tana vazni bilan tug’ilishi

  • Asoratli o’tgan avvalgi homiladorliklar

  • Bakterial-virusli ginekologik kasalliklar(genital gerpes,xlamidioz, sitomegalovirus, zaxm,gonoreya)

3. Ekstragenital patologiyalar:

  • Siydik ajratish sistemasi kasalliklari

  • Endokrinopatiya

  • Qon kasalliklari

  • Jigar kasalliklari

  • O’pka kasalliklari

  • Biriktiruvchi to’qima kasalliklari

  • O’tkir va surunkali kasalliklar

  • Gemostazning buzilishi

  • Alkogolizm,narkomaniya

4. Homiladorlik asoratlari:

  • Qayt qilish

  • Homiladorlikni to’xtatuvchi xavflar

  • Homiladorlikni I va II yarmida qon ketish

  • Gipertenziv buzilishlar

  • Ko’psuvlik

  • Kamsuvlik

  • Ko’phomilalik

  • Platsentar yetishmovchilik

  • Anemiya

  • ABOva Rezus izosensibilizatsiya

  • Virusli infeksiyalar xuruji

  • Anatomik tor chanoq

  • Homilaning noto’g’ri joylashuvi

  • Muddatidan o’tgan homiladorlik

  • Indutsirlangan homiladorlik

9.3. Intranatal omillar

Intranatal omillar asosan 3 ta guruhchaga bo’linadi.Bular:

1. Ona tomonidan;

2. Plasenta va kindik tomonidan;

3.Homila tomonidan.

Bu guruh asosan o’zida 20 ta omilni birlashtiradi.

.

Omillarning sifat ko’rsatkichini baholash uchun ballik sistema qabul qilingan bo’lib tug’ruqning og’ir kechishini baholab beradi.Barcha omillarning yakuniy yig’indisi to’planib umumiy ball yig’iladi va bo’lingan natijalarga asoslanib quyidagi xavf darajalariga bo’linadi:yuqori-10 ball va undan yuqorisi,o’rta-5-9 ball,past-4 ballgacha.



Barcha xavf guruhidagi homiladorlar maslahat poliklinikasi shifokorlari tomonidan ko’rikda bo’lishadi,cho’zilgan homiladorlikda esa tor mutaxassislar tomonidan ko’riladi.Yuqori xavf guruhga kiruvchi homiladorlarni homila rivojlangandan boshlab intensiv kuzatishni tashkillashtirish kerak.Hozirgi vaqtda homilani holatini aniqlashni ko’pgina omillari (qonda plasentar laktogen,esteriolni aniqlash,homila oldi suvini amniosintez usuli bilan tekshirish,homilani EKG,FKG) bor.

9.4.Dispanser ro’yxatidagi guruhlar:

  • Somatik sog’lom,OAA bo’lgan ayollar.

  • Somatic sog’lom,OAA bilan birinchi tug’rug’i 30 yoshda va undan yuqori,qon guruhi rezus manfiy,past bo’yli (153 sm) anatomic tor chanoq,patologik jinsiy organlar bilan.

  • Ayol o’tkir yoki surunkali ekstrgenital patologiya bilan bo’lgan ayollar.

  • Homiladorlik asoratlari bo’lgan ayollar.

9.5. Homiladorlik va tug’ruq paytidagi asoratlar rivojlanishi bo’lgan xavf guruhi.

Homiladorlik paytida homiladorlikning to’xtashi va muddatidan oldin tug’ruq hollarida-umumiy va genital infantilizm,anamnezida abortlar,muddatidan oldin tug’ruq,endokrin kasalliklar,jinsiy organlar rivojlanish anomaliyalari,sensibilizatsiyalangan rezus manfif qon guruhi,bezgak,gepatit,gripp,qizilcha bilan kasallangan ayollar.



Quyidagi kritik hollarda gospitalizatsiya qilishni ta’minlash kerak.

  • Tug’ruqdan keyingi erta davrda III davrda qon ketish bo’yicha-anamnezida gipotonik qon ketish,abortlar,ko’p tug’uvchilarda,ko’p homilalikda,bachadon o’smasi,ko’p suvlilikda,yirik homila,ekstragenital patologiya,gestoz,yosh birinchi tug’uvchilarda bo’lganda..

  • Perinatal yo’qotishlarda-anamnezida o’lik tug’ulishlar,tug’ma majruhlik,homilaning neonatal o’limi,ekstragenital kasalliklar,og’ir darajadagi gestozlar,plasenta patologiyalari.

  • Bachadon yirtilishi bo’yicha-anamnezida kesar kesish,bachadondagi boshqa operatsiyalar,septic abortlar,anotomik tor chanoq,ko’p tug’uvchilar.

  • Tug’ruq faoliyatining sustligi bo’yicha-abortlar,ko’p tug’uvchilarda,ko’psuvlilik,ko’p homilalik,bachadon bo’ynining chandiqli o’zgarishi,genital va umumiy infantilizm, semirish.

Tug’ruqda birinchi xavf omili bo’yicha-qayta homiladorlikda,asoratsiz homiladorlik da,birinchi tug’uvchilarda ekstragenital va akusherlik kasalliklarsiz,

  • Ikkinchi -ekstragenital va akusherlik asoratlari bo’lgan homiladorliklar.

Uchinchi-og’ir ekstragenital kasalliklar,og’ir kechki gestozlar,plasentani vaqtidan oldin ko’chishi,tug’ruq paytidagi asoratlar,gemostazning buzilishi va qon ketish.
IV Keys – bu seminar darslarida o‘qitish texnologiyasi.
4.1 O‘qitish texnologiyasi modeli.


Mavzu

«Tug’ruq vaqtida vaginal qon ketish:bachadon yorilishi.Klassifikatsiyasi,Etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,diagnostikasi,davolash prinsiplari,profilaktika ».

Jami soat – 2 soat

O’rganuvchilar soni -13 ta

Dars shakli

Mavzusi bo‘yicha kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan bilimlar berish, ushbu holat yuzaga kelganda qanday taktika qo‘llashni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot .

Seminar rejasi

        1. Darsga kirish

        2. Darsni muxim qismini berish

        3. Kichik guruxlarda keys bilan ishlash

        4. Natijalarni havola etish

        5. Eng yaxshi taktika variantini tanlash va baholashni muhokamasi.

        6. Xulosa. Guruhlarni va talabalarni mavzuga yondoshishini, dars maqsadi qanchalik amalga oshganligini

Dars maqsadi:Bachadon yorilishining rivojlanish sabablari bilan tanishish,bilimni chuqurlashtirish va kengaytirish.Bachadon yorilishining rivojlanishida vaziyatni analiz qilish va baholash qobiliyatini shakllantirish.Bachadon yorilishida Bachadon yorilishida tekshirish mahorati,diagnostikasi,1- yordam ko’rsatish,ratsional transportirovkasi,davolashdan keyingi reabilitatsiyani o’zlashtirish.

.


O‘qituvchi vazifalari:

  • Bachadon yirtilishi bo;lgan bemor holatini baholash va vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash.

  • Diagnoz qo‘yishda to‘g‘ri algoritm tanlash maxoratini shakllantirish.

  • Tez yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini shakllantirish.

QVP sharoitida difteriya bilan kelgan bemorga mustaqil yordam bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

  • Bachadon yirtilishi bo’lgan bemorni umumiy holati va vaziyatni analiz qilish va baholash.

  • Diagnoz qo‘yish uchun algoritm tanlash.

  • SRB sharoitida bachadon yirtilishi bo’lgan bemorga tibbiy yordam ko’rsatish uchun mustaqil qaror qabul qilishni rivojlantirish.

Tez yordam ko‘rsatish algoritmi ustida ishlash.

O’qitish metodikasi

Keys –bosqichli,diskussiya,praktik metod

O’qitish vositasi

Keys,metodik ko’rsatma

O’qitish shakli

Individual,frontal,guruhda ishlash.

O’qitish sharoiti

Texnik ta’minlangan auditoriyada guruhda ishlash.

Monitoring va baho

Kuzatish,bliss savol,prezentatsiya,baholash













Keysga asoslangan darsning texnologik xaritasi.


Dars mazmuni va bosqichlari

Ish faoliyati

O‘qituvchi

Talabalar

Tayorlov bosqichi

Keys maqsadini ochib berish - professional bilim rivojlanish bosqichlari va ularni ochib berish. Keys materiallarini tarqatish va vaziyat analizi algoritmlari bilan tanishtirish.

Talabalar mustaqil tayorlanishlari uchun “vaziyat analizi varog‘ini” taqdim etish.



Eshitishadi, keys materialini mustaqil o‘qish va vaziyatli analizlar varoqasini mustqil to‘ldirish.



I bosqich. Kirish qismi

(10-15 min)

1.1. Dars mavzusini nomlash, reja tuzish, uni maqsadi, vazifalari va rejalangan o‘quv faoliyati.

1.2. Vaziyatni baxolash va ish tartibi bilan tanishib chiqish.



Eshitib tushunchalar olish.

II bosqich. Asosiy bosqich

60 min

2.1. Vaziyat aktualligini tanlash va muammo qo‘yish. Bilimlarni shakllantirish uchun blits-so‘roq o‘tkazish.

  • Bachadon yirtilishining sabablari?

  • Zamonaviy bo‘lmagan metodlar qo‘llanilganda qanday asoratlar kutish mumkin?

  • Tug‘ruqda qanday induksiya usullari qo‘llanadi?

  • Medikamentoz bo‘lmagan iduksiyani tushuntiring.

  • Induksiya o‘tkazilgach qanday asoratlar kutish mumkin?

2.2. Talabalarni guruxlarga bo‘lish. Keys tarkibi va vazifalarini bilish. Guruxlar bilan ishlash tartibini tushuntirish.

2.3. vazifa berish va javoblarni nazorat qilib turish.



  • Differetsial diagnostika qilish uchun qanday diagnostik usullardan foydalanish kerak va nimalarni aniqlash lozim?

  • SRB sharoitida qanday diagnostik mezonlarga asoslansa bo‘ladi?

  • Bemorni olib borish va davolash taktikasi.

2.4. O‘quv mashg‘ulotini kordinatsiyalash, konsultatsiyalar berish va boshqarish.

Individual ishlashni baxolash: vaziyat analizi varog‘i.

2.5. Keys bilan ishlashda umumiy prezentatsiyani tashkillashtirish.

Diskussiya tashkilotchisi: savollar beradi, teoritik materiallarni eslatadi.

2.6. Organayzer – UASH foydanadigan algoritm

2.7. Xamma o‘zini varintlari xaqida ma’lumot beradi



Savollarga javob berish, muxokama qilish, tushunmagan joylarini so‘rash.
Guruxlarga bo‘linish.
Muxokama qilish, xususiy kichik masalalarni echimini topish, vaziyatni muxim joylarini aniqlash, asosiy muammo va ularning echimlari, natijalarni tuzib chiqish.

Muammo echim variantlarini savol berilgandan so‘ng 10-15 min ichida taqdim etish. So‘ngra optimal variantni tanlab olish.


Bunda yagona sistemadan foydalanib diskussiya qilish.

III darsdan xulosa chiqarish, analiz qilish, baxolash.

20 min

3.1. YAkka va umumiy tartibda baxolarni e’lon qilish.

Guruxlarni javoblarini baxolash va izox berish.

3.2. Keys afzalliklarini aniqlash va bo‘lajak mutaxasislarni rivojiga tasirini gaplashish.


Eshitish.

O‘zaro va o‘z o‘zini baxolash o‘tkazish mumkin.

Talaba o‘zini fikrlarini bildiradi.

Keys bilan yakka tartibda ishlash jadvali


Qatnashuvchilar

Baxolash ko‘rsatkichlari va mezonlari




Joriy vaziyatni situatsiyasi (maks 1,0)

Asosiy masalalar

(maks 0,5)



Masalalarni xal qilish va echish usullarini tanlash

(maks 0,5)



Xal qilish yo‘llarini qismlarga bo‘lib amalga oshirish (maks 0,5)

Umumiy ball

(maks 2,5)*



1.
















2.

































* 2,0 – 2,5 ball – «a’lo», 1,5 – 2,0 ball – «yaxshi»,

1,0 – 1,5 ball– «qoniqarli»,

1,0 ball va undan kam– «qoniqarsiz»

Guruxli tarzda ishlashni baxolash.

Xar bir gurux 2 ta baxolovchi ball oladi. SHu 2 ta baxoni umumlab aytish xam mumkin.

Xamma to‘plangan ballar yig‘iladi. Qaysi guruxda yuqori ball bo‘lsa shu gurux yutadi. Baxsli vaziyatlarda ovoz berish mumkin.

Guruxlarni baxolash jadvali

gurux

Vaziyatni echishni alternativ varianti




1

2

3



1.













2.



























Jami:













Prezentatsiyani baxolash jadvali

gurux

Prezentatsiyani to‘liqligi va aniqligi (1 – 20)

Taklif qilingan prezentatsiyani aniqligi (1 – 20)

Guruxdagi ommaviylik va a’zolarining faolligi.

(1 – 20)


Echimlar originalligi

(1 – 20)


Qonuniylik, maqullik va foydalilik

(1 – 20)


Umumiy ballar yig‘indisi

(maks 100)





Download 185,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish