O‘quvchilar tomonidan keysni yechish bosqichlari: Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, agar o‘quvchilarning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat bo‘lsa, taʼlimiy maqsadlarga erishishda yana-da ko‘proq samaraga erishish mumkin: Birinchi bosqich – keysni hal etish bo‘yicha individual (auditoriyadan tashqari) ish. Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa bo‘lib (auditoriyada) ishlash. Birinchi bosqich-keysni hal etish bo‘yicha individual ish O‘quvchi mustaqil ravishda: 1) keys materiallari bilan tanishadi; 2) taqdim etilgan vaziyatni o‘rganadi, izohlaydi va asoslaydi; 3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi; 4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi; 5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi. Ikkinchi bosqich – keys bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlash O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda keys ustida ishlashadi: 1) guruh aʼzolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi; 2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qo‘yilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi; 3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yo‘lini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi. Keys-stadi muammoli o‘qitish texnologiyalaridan hisoblanadi. Ushbu innovasion texnologiya asosini talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi.Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan bo‘g‘liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bo‘g‘liqligi ta’minlanadi. O’quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg‘ulotlarda eshitgan bilimlarini mustaqil o‘rganish davomida to‘plagan ma’lumotlar bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalarga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlash davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar, statistik ma’lumotlarni o‘rganadilar. Natijada talabalarning bilimlari amaliy jarayon bilan bog‘likda mustahkamlanib boriladi. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutq mahorati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |