Keys-stadi metodini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligi Intellektual mahsulot sifatidagi keysning asosiy manbalari «Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o’rgatishdir»


Usul – metodning unsuri bo’lib, uning tarkibiy kismi, metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarning turlarini belgilaydi. Yo’l –



Download 449,5 Kb.
bet30/31
Sana30.08.2021
Hajmi449,5 Kb.
#159833
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
keys stadi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Qism
Usul – metodning unsuri bo’lib, uning tarkibiy kismi, metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarning turlarini belgilaydi.

Yo’l – metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarni bajarish shaklini belgilaydi.

Bosqich – metodni amalga oshirish jarayonining mazmun va vaqt bo’yicha muayyan darajadagi ketma-ketligini bildiradi.

Bo’lak – metodning tarkibini istalgan turli kattalikda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Qism – metodning tarkibini muayyan mantiqiy asosda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Modul – metodni hosil qiluvchi eng kichik tarkibiy bo’laklarini bildiradi.

Algoritm – metodning tarkibiy tuzilishidagi muayyan tartibda takrorlanuvchi modullari yiindisini hamda metodni amalga oshirish jarayonidagi harakatlarning muayyan tartibda takrorlanib turuvchi majmuasini bildiradi.

Ta’lim metodlarida o’qitishning ob’ektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o’z aksini topadi.

Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga uzviy boliq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o’qitishning maqsadi, mazmuni, shakli, hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga tegishlicha ta’sir ko’rsatadi.

Har bir ta’lim metodining tarkibiy tuzilishida shu metodning o’ziga xos bo’lgan ob’ektiv va sub’ektiv jihatlar ajralib turadi.

Metodlarning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik koidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan umumiy jihatlar aks etadi.

Metodlarning sub’ektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o’ziga xosligiga va mavjud sharoitga boliq bo’ladi.

Ta’lim metodlari ko’p parametrlarga ega va ko’p o’lchovli bo’lib, ularning bu xususiyatlari ta’lim-tarbiyaviy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish shakllarining turli-tumanligi bilan boliq. Shu munosabat bilan ta’lim metodlarini tasniflashda ham har turli yondashuvlar mavjud.Buning natijasida ta’lim metodlarining ko’plab tasniflari kelib chiqqan.Quyida ularni qisqacha ko’rib chiqamiz.

Ta’lim metodlari tasnifi – bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir.Ma’lumki, didaktik tadqiqotlar o’qitishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi.Bunga ko’ra ta’lim metodlari tizimi Usish, o’zgarishda, harakatda bo’lib, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni xnsobga olgan holda rivojlanb borishi hisobga olinadi.Shunga muvofiq ularni tasniflashda ham ushbu ro’y berayotgan o’zgarishlar tegishlicha aks etib boradi.

Ta’lim metodlarini tasniflashda ularning an’anaviyligi, didaktik maqsadi, bilish faoliyati harakteri, o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari. O’quv- bilish faoliyatini motivastiyalash va stimullash xususiyatlari, o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish xususiyatlari kabi belgilariga asoslaniladi.

Ta’lim metodlarini tasniflash shakllariga doir ayrim misollarni ko’rib chiqamiz.



  1. An’anaviy ta’lim metodlari tasnifi. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi.

Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko’rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar.

  1. Didaktik maqsadi bo’yicha tasnifi.

  • ilk bor bilimlarni o’zlashtirish metodlari;

  • egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.

  1. Ta’limning umumiy maqsadiga ko’ra metodlar tasnifi:

  • bilimlarni egallash;

  • malaka va ko’nikmalarpi shakllantirish;

  • bilimlarni qo’llash;

  • ijodiy faoliyat;

  • mustahkamlash metodlari;

  • bilim, malaka va ko’nikmalarpi tekshirish metodlari.

  1. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar tasnifi:

  • tushuntirish — illyustrativ (axborot — resteptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari: bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bunda bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (restepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;

  • reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o’zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yo’li bilan ta’minlanadi.

  • muammoli bayon qilish metodi;

  • qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo’yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi;

  • tadstistiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilimlar egallanadi.

  1. Ta’lim metodlarining binar (qo’sh) va polinar (ko’pqirrali) tasnifi.

Binar tizim dars berish metodi va o’rganish metodi majmuidan iborat. Uni quyidagi jadval ko’rinishida yaqqol ifodalash mumkin (1 -jadval).


Download 449,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish