1. 10. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdan;
b) siyosiy munosabatlarni o‘rganishdan;
c) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganishdan;
d) huquqiy munosabatlarni o‘rganishdan;
e) tashkiliy munosabatlarni o‘rganishdan.
1. 13. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
a) mehnat vositalari va ishchi kuchi;
b) kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;
c) tabiiy va inson resurslari;
d) ishlab chiqarishning moddiy omillari;
e) tabiiy omillar.
1. 14. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?
a) mutlaq cheklanganlik;
b) inson mehnatining natijasi;
c) nisbatan cheklangan yoki kamyob;
d) qiymatga ega;
e) tabiat mahsuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |