Keys 1 Yurak o’pka reanimatsiyasi
Terminal holat – bu hayot bilan o`lim orasidagi chegaradir. U bir necha darajadan iborat:
1.Predagoniya
2. Agoniya.
3. O`lim.
O`limning ham bir necha turi mavjud:
Klinik o`lim
Sotsial o`lim
Biologik o`lim
Klinik o`limning asosiy belgilari:
Yurak urishdan to`xtagan
Nafas olish belgilari yo`q
Behushlik
Klinik o`lim o`rtacha 3-5 minut davom etadi. Bu vaqt 1-2 minutgacha qisqarishi yoki 10-15 minutgacha uzayishi mumkin.
Klinik o`limning qo`shimcha belgilari:
Sotsial o`limda bosh miya hujayralari o`lishi, yurak-o`pka faoliyati tiklanishi mumkin.
Biologik o`lim – orqaga qaytarib bo`lmaydigan jarayondir.
Belgilari:
Yorug`likka javob reaktsiyasi yo`q
Qorachiq torayadi
Nafas va puls yo`q
Murda dog`lari paydo bo`ladi
Jarohatlangan va og`ir shikastlangan bemorlarni birlamchi ko`rikdan o`tkazish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
D – Jabrlanuvchi va yordamchini zararsizlantirish.
Bunda voqea sodir bo`lgan joyning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilinadi. Agar qishning issiq kuni bo`lsa, jabrlanuvchining nafas yo`llarini bo`shatish maqsadida yoqasi bo`shatiladi, ustki qalin kiyimlari echib tashalnadi. Xuddi shunday yordam beruvchi ham o`ziga qulay holat yaratish maqsadida kiyimlarini engillatib, shundan so`nggina birinchi yordam ko`rsatishga kirishadi.
R – Es–hushini tekshirish (peshonaga bir qo`limizni qo`yib, 2- nchi qo`limiz bilan elkasiga urib ko`ramiz va biror narsa so`raymiz).
Zararlangan inson qattiq jarohat tufayli xushdan ketishi yoki o`ta xolsizlik sababli ko`zi yumuq xolda yotishi, shu bilan o`zini xushdan ketganday tutishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganning es-xushini aniqlash maqsadida bir qo`lni bemor peshonasiga qo`yib turgan holda savol beriladi. Agar bemor xushida bo`lsa, u xolda peshonasi harakatga keladi va biz buni qo`limiz bilan sezamiz.
A – Nafasni tekshirish (ko`raman, eshitaman, sezaman).
Bunda ko`zimiz bilan jabralnuvchining ko`krak qafasi harakatlanayotganini ko`ramiz.
Bemorning burniga quloq tutib, nafas shovqinini eshitamiz.
Qo`limizni bemorning ko`krak qafasi ustiga qo`yib, bemorning nafas olayotgan yoki olmayotgani ni sezamiz. Sog`lom odam 1 daqiqada 16-20 ta nafas oladi.
B – Nafas yo`llari ochiqligida (qo`lni bo`yin orqasidan o`tkazib, o`ng qo`l bilan pastki jag` yuqoriga va orqaga tortiladi). Og`izni yot narsalardan tozalab, yoshidan qat'iy nazar 2 marta sinov nafas beriladi.
C– Bemorning tomir urishi (puls) ni tekshirish. Buning uchun jabrlanuvchining bilak va uyqu arteriyalaridagi tomir urishi tekshiriladi. Sog`lom odamning tomiri 1 daqiqada 70-80 tagacha uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |