Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda korib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. somga kopaysin. Bu, oz navbatida ish haqi, renta, foyda korinishda uy xojaliklari daromadiga aylanadi. Agar istemolga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xojaliklari bu daromadning 75 foizini, yani 3,75 mlrd. somni istemol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. somni jamgaradi. Sarflangan 3,75 mlrd. som boshqalar uchun daromad hisoblanadi. Oz navbatida ular ham 3,75 mlrd. somning 75 foizini istemol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamgaradilar. Bu jarayon oxirgi som jamgarilmaguncha davom etadi. Bunda: µ = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va µ = 1/ (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1 µ = --------- = ----------- ΔA 1- MPC Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bolsa, multiplikator samarasi ham shuncha yuqori boladi. Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, yani µ =1+b+b2+b3+b4++bn, bu erda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga kopaytiramiz: µb=b+b2+b3+b4++bn+1 Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: µ - µb=1-bn+1 , µ (1-b) =1-bn+1 Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz: µ = (b n+1) / (1-b) b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bolgani uchun µ = 1/ (1-b ) tenglik togri boladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga tasir korsatadi. Davlat oz xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini korayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potentsial (U*) hajmidan kam bolsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Yani, AD=AS tenglikka erishilgan bolsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining toliq bandligi darajasini taminlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv tasir korsatadi.
YaIMni toliq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar ostirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kopaytirilishi zarur bolgan miqdor retsession uzilish deyiladi (chizma).
Ishlab chiqarishda toliq bandlikka erishish va retsession uzilishni yoqotish uchun jami talabni ragbatlantirish va muvozanatli yalpi daromadning osishini taminlash lozim. Yalpi daromadning osishi ΔU quyidagiga teng bo’ladi:
ΔU=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
YaIMni to’liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (yalpi xarajatlar) kamayishi zarur bo’lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potentsial (U*) hajmidan kop bolsa, yalpi xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi taklif hajmidan qisqa muddatda katta bolishi oqibatida haqiqiy va potentsial YaIM hajmlari ortasida inflyatsion uzilish roy beradi (18-chizma). Bu uzilishni bartaraf qilish uchun yalpi xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash zarur
Grafikda bu jarayon jami muvozanatli yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarishni anglatadi va u quyidagicha bo’ladi:
ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |