XVII.3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash
xususiyatlari
343
Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va
bug'larning yong'inga hamda portlashga xavfliligi ularning alangalanish
chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan
belgilanadi.
Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo'lgandagina
vujudga keladi. Shuning uchun ham aralashmalar-ning alangalanish
chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda quyi
chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi
va mana shu chegara sanoat korxonasining yong'inga va portlashga
xavflilik toifasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun yetarli miqdorda
yiqilgan bo'lsa, u ma'lum haroratgacha qizdinlganda alangalanib ketadi,
mana shu harorat yonish harorati deb ataladi.Bu harorat yonuvchi
aralashma holati va boshqa omillar ta'silida juda katta diapazonni tashkil
qilishi mumkin (450— >2000 °C).
Yonuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangani tarqalish tezligi
aniqlanadi. Bunda yonayotgan zonaga o'tish tezligi ma'lum yuzadagi
yonuvchi aralashma ma'lum vaqt birligida yonib, tutash zonaga o'tishi
belgilanadi.
Ko'pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ular ara-
lashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog'liq bo'ladi.
Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3—0.8 m/s ni tashkil qiladi.
Bundan vodorod bilan asetilen gazi mustasno bo'lib, ularning yonish
tezligi 2,76 va 1,56 m/s dan iborat.
Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizika-kimyoviy
xususiyat bo'lib, ma'lum o'zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu
tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi.
Yonishning tez kechishi portlash deyiladi. Yonish qancha qisqa muddatda
amalga oshsa, poitlash kuchi shuncha katta bo'ladi.
Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya'ni bug'ga aylangan)
fazasida bo'ladi. Byg'ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va
kimyoviy xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni
tashqi muhit haroratiga ham bog'liq bo'ladi.
Ma'lum harorat va bosimdagi suyuqlik bug'i hosil bo'ladi. Shu bug'
miqdori harorat ofczgarmagan holatda ortib yoki kamayib ket-maydi. Bu
miqdordagi bug'ni to'yingan bug' deb ataladi. To'yingan bug'lardan bug'ga
aylanayotgan molekulalar soni, suyuqlikka ay-lanayotgan molekulalar
soniga teng bo'lganligidan, uning miqdori havo muhitida bir xil saqlanib
344
turadi. Bunday holatdagi suyuq-likning havo muhitiga nisbatan zichligi
miqdoriy bosim deb yuriti-ladi. Ya'ni agar havo tarkibidagi to'yingan bug'
miqdori 20 foizni tashkil etsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi
0,20 P deb qabul qilinadi. Bunda P
0
-atmosfera bosimidir.
Agar to'yingan bug'ning miqdoriy bosimi ma'lum bo'lsa, ana shu
haroratdagi havo muhitida bo'lgan zichligini aniqlash mumkin.
C
k
=
P
P
k
0
100%.
bunda, P
k
— to'yingan par bosimi; P
0
— atmosfera bosimi.
Odatda to'yingan bug'ning bosimi ma'lum haroratlar bo'yicha 'har xil
suyuqliklar uchun ma'lumotnomalarda beriladi.
Havo muhitida bug'larning, shuningdek, gazlarning yonishi, ma'lum
diapazon zichlikdagina ro'y berishi mumkin.
Havodagi yonuvchi bug' va gazning miqdori, umuman to'yingan
holatdagi miqdordan ko'p bo'lishi mumkin emas, shu-ning uchun bu
moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin
va bu miqdor yonuvchi modda alan-galanishining yuqori chegarasi deb
yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to'yinish
nuqtasidan past bo'lgan hollarda ham ma'lum haroratda alangalanish
hodisasi ro'y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi
moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda
minimal miqdorda bo'lgan holat uchun ham alangalanish harorati
aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb
yuritiladi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish jarayoni
bo'lishi uchun suyuqlik ma'lum haroratgacha qizdirilishi (bu harorat,
albatta, alangalanishning quyi chegarasidan kam bo'lmasligi kerak) va bu
vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug'lar miqdori alangani davom
ettira oladigan miqdorda bo'lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu
xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish
tushunchalari kiritiladi.
Uncha katta bo'lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik
bug'larining havo bilan aralashmasi hosil bo'ladi va bu aralashmaga
tashqaridan uchqun berilsa, yonib ketadi. Bu chaqnash harorati deb
aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar
yonib ketgan suyuqlik bug'larining ajratgan issiqligi suyuqlikning yonish
uchun ajralishi kerak bo'lgan bug' miqdori uchun yetarli bo'lsa, yonish
davom etadi, aksincha, o'chib qoladi.
Mana shu xoccara asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga
bo'linadi:
345
1) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C ga teng yoki ki-chik
bo'lsa, bunday suyuqliklar yengil alangalanuvchi suyuqliklar (HAS) deb
ataladi. Ularga spirtlar, aseton, benzin va boshqa suyuqliklar kiradi. 2)
Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C dan katta bo'lsa, bunday
suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar (YoS) deb ataladi. Ularga yog'lar,
mazut, glitserin va boshqalar kiradi.
Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratdagi
chaqnash hodisasi suyuqlikdan yetarli darajada bug'lar ajralib
chiqishini ta'minlashi natijasida alangalanish davom etadigan holatiga
aytiladi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat V chaqnash
haroratidan 1—5 °C yuqoriroq bo'ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa
30-35 °C ga borishi mumkin.
Gazlar va suyuqlik bug'larining havo bilan aralashmasi portlash
xususiyatiga ega. Portlash ma'lum sharoit bo'lganda amalga oshadi. Ya'ni
portlash bo'lishi uchun aralashmadagi yonuvchi gaz yoki bug'ning
miqdori, aniq foiz miqdorni tashkil qilishi kerak. Buni 75-rasmda
ko'rsatilgan chizma bilan ifodalash mumkin. Chizma-dan ko'rinib
turibdiki, agar portlovchi modda miqdori A ga yetsa, portlash boshlanadi
va V gacha davom etadi. Eng kuchli portlash modda miqdori S ga
yetganda sodir bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, portlash berk xona
yoki idishda yuz beradi.
75-rasm. Portlash mohiyatini tushintirish chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |