XIV. 5. Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari
Har bir sanoat korxonasi o'z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza
qilish bo'limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandisi la-vozimidagi shtat
birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida
mehnat qilayotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning mehnatni
muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat
qilishdan iborat.
Jumladan, uning xizmat doirasiga quyidagilar kiradi:
1. Sex va bo'lim boshliqlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish
qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texnikasi, sanoaf
sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to'g'risidagi qarorlarning
bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish davlat
tashkiloti ko'rsatmalarini to'g'ri bajarilayotganligini tekshiradi.
2. Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo'lishiga e'tibor
beradi va shamollatish tizimlarining to'g'ri ishlatilayot-ganligini kuzatib
boradi.
3. Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qilish
choralarini ko'radi.
4. Sex va bo'lim boshliqlari tomonidan «Sanoat korxonalarida ishlab
chiqarish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobiga
olish» haqidagi qarorning bajarilayotganligini kuzatib boradi.
267
5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda
maxsus oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsu-lotlari, sovun va
shaxsiy muhofaza aslahalari bilan ta'minlaydi.
6. Sanoat korxonasining hamma bolimlarida xavfsizlik texnikasi
tavsiyanomasini o'z vaqtida va sifatli o'tkazish chora-tadbirlarini amalga
oshiradi.
Xavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e'tibor berishi zarur
bo'lgan obyektlaridan biri-texnik yechimlarning loyiha hujjatlarida to'g’ri
hal qilinishini nazorat qilishdan iborat. Chunki muhofaza qilish asosiy
chora-tabirlari va xavfsizlik texnikasining umumiy masalalari ana shu
hujjatlarda hal qilinadi. Mazkur hujjatlarni qabul qilish vaqtida xavfsizlik
texnikasi muhandisining qatnashishi shart va bu korxona raxbari
tomonidan buyruq bilan asoslanadi: Umuman xavfsizlik texnikasi
muhandisi sanoat korxonalarini rejalashti-rish, karta tashkil qilishda,
sanitariya-maishiy xonalar tashkil etish ishlarida, sanoat mashina va
mexanizmlarini o'rnatishda, yangi texnologik mashina va mexanizmlar,
texnologik liniyalarni yig'ish va o'rnatish ishlarida qatnashishi kerak.
Xavfsizlik texnikasi injeneri nazoratchi sifatida sanoat korxonalarida
tuzilgan har xil komissiyalar a'zosi sifatida qatnashishi kerak. Masalan,
yangi qurilgan yoki karta jihozlangan obyektlarni, yangi o'rnatilgan yoki
remont qilingan sanoat ji-hozlarini qabul qilishda, muhandis texriik
xodimlarning
mehnatni
muhofaza
qilish
sohasidagi
bilimlarini
tekshirishda, ishchilarni at-testasiyadan o'tkazish va boshqalarda ishtirok
etishi zarur.
Bundan tashqari xavfsizlik texnikasi muhandisi mehnatni muhofaza
qilishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishda qat-nashibgina
qolmasdan, qabul qilingan qarorlarni rejalashtirib, amalga oshirish chora-
tadbirlarini ko'radi.
Uning bajarishi zarur bo'lgan vazifalar qatoriga yana quyidagilarni
kiritish mumkin:
— ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarni hi-sobga
olish, uni keltirib chiqargan sabablarini tahlil qilish va baxtsiz hodisaning
qaytarilmaslik chora-tadbirlarini ko'rish;
— baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kamaytirishga, ish
sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag'larni o'zlashtirilishi
haqida hisobot tuzish;
— sanoat korxonasidagi mehnatni muhofaza qilish masalalarini
tahlil qilish va rahbar xodimlarga o'z mulohazalarini bildirish;
— tegishli bo'lim va xizmatchilar oldiga ishchilarni xavfli va zararli
268
omillar ta'siridan muhofaza qilish talablarini qo'yish;
— zavod bo'limlari va sexlariga mehnatni muhofaza qilish ma-
salarida va ish sharoitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda
yordam ko'rsatish;
— zavod sexlarida ishlab chiqilgan mehnatni muhofaza qilish
rejalarini umumiy zavod rejasiga kiritib, umumlashtirish va ularni amalga
oshirish chora-tadbirlarini ko'rish;
Xavfsizlik texnikasi muhandisi ishchilar xavfsizligini ta'minlash
bo'yicha ishchilarni o'qitadi, ulanii yo'riqnomalardan o'tkazadi. Shuning
uchun u kadrlar tayyorlash bo'limi bilan birgalikda ishchilarni maqsadli
kurslarda o'qitish ishlarini tashkil qiladi, mehnatni muhofaza qilish
kabinetlari, burchaklari va vitrinalarini tashkil qiladi, xavfsizlik texnikasi
qoida va normalarini propaganda
qilish maqsadida ma'ruzalar uyushtiradi, plakatlar sotib oladi va
ularni tarqatadi, xavfsizlik texnikasining ogohlantiruvchi yozuvlarini va
belgilarini keraldi yerlarga o'rnatadi.
Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi sifatida xavfsizlik texnikasi
muhandisi yangi ishga kirayotganlarni kirish yo'riqnomasidan o'tkazadi va
ularga mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini tushuntiradi.
Bundan ko'rinib turibdiki xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat
korxonasi texnologiyasini a'lo darajada bilishi bilan birga xavfsizlik
texnikasi va mehnatni muhofaza qilish masalalarida ham yuqori malakaga
ega bo'lishi talab etiladi.
Xavfsizlik texnikasi muhandisining huquqlarini ham aytib o'tish
kerak. U sanoat korxonasining xohlagan sexini xohlagan vaqtda tekshirish
va agar biror bir mashina yoki agregat ishchilar hayoti yoki sog'ligi uchun
zarar keltirishi mumkin bo'lgan holatni sezsa, bu mashinani to'xtatishi va
ma'muriyatdan texnika xavfsizligi qoida va normalarini buzayotgan
rahbar-shaxslarning ishdan chetlatilishini talab qilish huquqiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |