265
mu'muriyat (direktor shaxsida) bilan ishchi-xizmatchilar o'rtasida o'zaro
mehnat munosabatlari to'g'risida jamoat bitimi tuziladi. Bu bitimda ishchi
va xizmatchilarning mehnat qilishi va madaniy, maishiy dam olishi
borasidagi tadbirlar haqida kelishib olinadi. Unda bitimda mehnatni
muhofaza qilish chora-tadbirlari, mehnat sharoitini yaxshilash masalalari
ham hisobga olinadi va bu masalalar ma'lum tartibga keltirilib, mehnatni
muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sifatida bitimga tirkab
qo'yiladi.
Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi, kasab uyushmasi qo'mitalari
bilan kelishgan holda, ma'muriyat xodimlari tuzadi. Unga ushbu
korxonada ayni paytdagi mehnat sharoiti, kasb kasal-liklari va sanoat
korxonasida inson oiganizmiga ta'sir qiluvchi zararli omillarning
mavjudligi asos qilib olinadi. Bu reja kasaba uyushmasi bilan
kelishilgandan keyin ishchilarning umumiy majlisida muhokama qilinadi.
Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yax-shilash
chora-tadbirlari kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruhga
bo'lib qarash mumkin:
1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar;
bunga qo'shimcha saqlovchi va muhofaza qiluvchi to'siqlarni o'rnatish,
blokirovka qilish, muhofazaning avtomatik tizimlarini qo'llash, masofadan
turib
boshqariladigan
asboblar
joriy
qilish,
signal
tizimlari,
mexanizatsiyalashtirish masalalari va boshqalar kiradi.
2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan
chora-tadbirlar; ishchilarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi moddalardan
muhofaza qiluvchi qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi
shamollatish va havoni mo'tadillashtirish tizimlarini o'rnatish, eskilarini
takomillashtirish, umumiy havo almashtirish usullari bilan birga xavfli
moddalar ajralgdigan joyni ham ajratish, havo surish tizimida
mukammallashtirilgan
mashinalardan
foy-dalanish,
havo
holatini
kuzatadigan asboblar o'rnatish va boshqalar.
3. Ish sharoitini umuman yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar;
bunda mo'tadil yoritish, sanitariya-maishiy xonalar holatini yaxshilash,
maxsus kiyim bosh va oyoq kiyimlarini vaqtida sifatli remont qilish,
mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari, vistavkalari tashkil
qilish va boshqalar.
Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar taqozo qiladigan chora-
tadbirlar, masalan, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
maqsadga muvofiq tashkil qilish masalalari, garchi ish sharoitini
yaxshilashga qaratilgan bo'lsa-da, nomenklatura chora-tadbirlariga
266
kiritilmaydi.
Nomenklatura chora-tadbirlari ish bitimiga kiritilganligi va ish-
chilarning umumiy majlisida tasdiqlangani sababli, ular bajarilishi shart
bo'lib qoladi va bu haqda ma'muriyat ishchilarga axborot berib turishi
kerak. Unga sarflanadigan mablag' sanoat korxonasining asosiy fondidan
olinadi, ya'ni bu xarajatlar umumsex va umumzavod xarajatlari hisobiga
kiradi. Mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlariga
ajratilgan mablag'lardan boshqa maqsadlarda foydalanish mutlaqo
taqiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari sanoat
korxonalarida o'tkazilishi lozim bo'lgan va bu korxonalar-ning bosh
rejasiga kiritilgan. Mazkur rejaga maydonlarni obodonlashtirish, ishchilar
yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi ko'rinishi va unga
tutashuvchi yo'l va yolkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab chiqarish
zonalarini ko'kalamzorlashtirish masalalari kiradiki, bular tuman, viloyat
miqyosida hisobga olinadi va unga ma'lum mablag' ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: