Tog'li hududlarda o'pirilishlar, siljishlar va sel oqimlari.
Tog'li
rayonlarda o'pirilib tushish, qor va yer o'pirilishi natijasida ma'lum joylarni
313
bosib qolishi va tog'dagi ba'zi bir tepaliklar o'z-o'zidan surilib siljib ketish
hollari tez-tez uchrab turadi. Bunday voqealar, agar yirik o'pirilishlar
bo'lsa u avtomobil yo'llarini, temir yo'llarni, agar aholi yashaydigan
qishloqlar va turar joylar yaqin bo'lsa, ularni bosib qolishi, o'rmonlarni
vayron qilishi, suv yo'llarini to'sib qo'yishi natijasida bir necha kun yoki
oy davomida yig'ilgan suv keyin o'ziga yocl ochib, yaqin joylashgan
joylarni suv bosishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak,
bunday hodisalar masshtabi katta va natijasi halokatli bo'lishi mumkinligi
ko'rinib turibdi.
Bunday hodisalar tog'larda 7 va undan katta balldagi zilzilalar
oqibatida tik qoyalargina emas, balki tik tepaliklar ularning gorizont bilan
bo'lgan burchagi 45—50° ni tashkil qilgan bo'lsa, o'pirilib ketishi
kuzatilgan. Masalan, 1911-yilda Pomirda kuzatilgan kuchli zilzila
natijasida o'pirilgan qoya Murg'ob daryosini to'sib qo'ygan va unda hosil
bo'lgan Sarez ko'lining suvi 500 m ga ko'tarilgan. Tog'larda sel kelishi eng
xavfli tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Sellar o'z yo'lidagi toshlar
tuproqlar va boshqa narsalarni yuvib oqizib ketganligi sababli ularning
miqdori va ta'sir kuchi yanada ortib ketadi. Tog’ qiyaligi ularga tezlikni
ta'minlashga yordam beradi. Tog' qiyaligi qancha katta bo'lsa, uning tezlik
kuchi shuncha katta bo'ladi. Agar mabodo sel qoyalarni bog'ning baland
cho'qqilaridan yuvib tushish imkoniyatiga ega bo'lsa, uning yo'lida
uchragan, hattoki, kichikroq qoyalarni ham o'rnidan qo'zg'atib yoki
qo'porib
olib
ketishi
mumkin.
Sunday
holatlar
transport
kommunikatsiyalari va aholi yashash joylarida nihoyatda katta zarar
yetkazadi.
Agar toglarda kuchli yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, yana kunlar issiq
bo'lib qorlar ham erib qo'shilsa, unda tog' tepalarida suv to'planishi
vujudga keladi va bu tog'larni suv bosishiga olib keladi. Bunda tog'larning
yuqori qismida bo'lgan, qoyalar bilan o'ralgan va ko'p joylari muz bilan
o'ralgan tekisliklarni yig'ilgan suv to'ldiradi hamda muz bilan o'ralgan
ko'llar hosil bo'lishi mumkin. Agar kunlar yana sovib ketsa, bu ko'llar
muzlab zararsiz holga kelishi mumkin. Agar mabodo kun isib suvlarni
ushlab turgan muz qatlami erib ketsa, unda falokatli suv oqimi vujudga
keladi va bir necha vaqtdan buyon yig'ilib yotgan suv vodiylarga qarab
yo'nalishi va sellar bilan qo'shilib falokatli suv va sel oqimlariga aylanishi
mumkin. Bunday muzlarning erib muz ko'llari hosil qilgan holatlar uchrab
turadi va ular morenalar deb ataladi.
Sel oqimlari paydo bo'lishi mumkin
bo'lgan rayonlar
Qozog'istonda, Kavkaz orti mamlakatlarida, Qrimda, Oltoy O'lkasida,
314
O'rta Osiyo, Karpat orti, Sharqiy Sibir va boshqa ko'plab mamlakatlarda
tez-tez bo'lib turadi.
Qadimda sellar haqiqatan ham juda katta zarar yetkazgan. Hozirgi
vaqtda bunday sellarning zararli mavqei birmuncha pasaydi. Chunki
hoziigi vaqtda, ayniqsa, O'rta Osiyo davlatlarida deyarli hamma sel kelishi
mumkin bo’lgan hududlarda uning vodiylaiga zarar yetkazmaydigan
tartibda maxsus suv yig'ish omborlari, suv yo’lini to'suvchi to'g'onlar,
dambalar va suvning miqdorini cheklashga mo'ljallangan suv o'tkazish
vositalari qurilgan. Tog' yon bag'rilariga esa sel yuvishi mumkin bo'lgan
tepaliklarni daraxtlar ekib suv yo'lida uning yuvib ketishi mumkin bo'lgan
tuproqlar mustahkamlanmoqda va shuning uchun ixota daraxtzorlari
tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari sel kelganda uning zararini
kamavtirish maqsadida yangi sun'iy kanallar yordamida uni maxsus suv
omborlariga yuborish choralari ko'rilmoqdaki, bularning ijobiy natija
berishi tabiiy.
Ammo bu ishlarni amalga oshirish juda katta moddiy
mablag'lar bilan birga katta miqdordagi ishchi kuchlari bo'lishini talab
qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi hududidagi
ko'plab sel kelish yo'llari to'silgan va xavfli uchastkalar xavfsizlik chora-
tadbirlari bilan ta'minlangan bo'lishidan qat'i nazar, tabiatning shunaqa
injiqliklari bo'ladiki, u kutilmagan boshqa biror yerdan xavfsiz deb o'ylab
yurilgan joyda to'satdan xavf paydo bo'lib qolishi mumkin. Bunday
hollarda favqulodda hodisalar xodimlarining birinchi vazifasi u yerdagi sel
yuvib ketishi mumkin bo'lgan joylarda dambalar va to'siqlar tashkil qilish,
tabiiy to'siqlarni mustahkamlash, sellarning oqimlari aholi yashash
joylariga yetib bormasligini ta'minlovchi chora-tadbirlarni amalga
oshirishlari kerak. Undan keyin sel oqibatlarini tugatishga qaratilgan
ishlarni bajaradilar.
Joylardagi hokimlik organlari tomonidan tashkil qilinadigan tabiiy
ofatlarga qarshi kurash komissiyasi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda
bo'lishi mumkin bolgan sel xavfini oldindan belgilash va uning
harakatlanishi mumkin bo'lgan yo'llarini aniqlash, buni o'sha joylardagi
aholini xabardor qilish va shuning bilan birga, agar aholi ko’chirilishi
ko'zda tutilgan bo’lsa, aholini ko'chish uchun yig'ilish joylarini belgilash
va uni aholiga ma'lum qilish, ko'chirish uchun kerak bo'ladigan transport
vositalarini tayyorlash va ularning to'planish joylaridan aholini xabardor
qilish vazifalari qo'yiladi.
Xuddi shu sel xavfi bilan birgalikda tog'lardagi o'pirilishlar tog'
tepaliklarining surilishi qoyalarning ag'darilib tushish voqealari ham
315
seining umumiy oqibatlarining bir qismi sanaladi. Bu tabiiy ofatlar
oqibatlarini tugatishda birinchi navbatda odamlar va uy hayvonlarini
xavfli joydan olib chiqib ketish kerak. Undan keyin injenerlik qutqarish
ishlari boshlanadi va bunda buzilgan vayron bo'lgan uylarning ichidagi
jabrlanganlar qutqariladi, bosib qolgan binolar ichida qolib ketganlar
texnikalar yordamida izlab topiladi. Shundan keyin jabrlanganlar ichimlik
suvi va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, kiyim-bosh bilan
ta'minlanadi. Undan keyingi vazifa avtomobillarning kelish yo'llari va
mavjud bo'lsa temir yo'llar holati tiklanadi. Keyingi ishlar sirasiga bosib
qolishi, yiqilib zarar keltirishi mumkin bolgan binolar buzib tashlanadi,
ko'chalarni to'sib qo'ygan, buzilib ketgan qurilish konstruksiyalari surib
chetga chiqarib tashlanadi va ichkari tomonlarga o'tish mumkin bo'lgan
yo'llar tartibga keltiriladi. Kommunal xo'jalik ishlari va energiyaning
vaqtincha ta'minoti tiklanadi.
Keyingi qilinishi kerak bo'lgan ishlar sirasiga baxtsizlik yuz bergan
rayonda sog’ qolgan obyektlar va turar joylarning umumiy ahvoli ko'zdan
kechiriladi. Odamlar hayotiga keyinchalak buzilishi natijasida zarar
yetkazishi mumkin bo'lgan binolar, ya'ni bir tomoni o'pirilib ketgan yoki
fundamentining bir tomoni cho'kkan va ba'zi bir notabiiy qiyshaygan
binolar butunlay buzib tashlanadi. Qolganlari ichidan yaroqlilari va
birmuncha mustahkamlash vositalarini qo'llash yo'li bilan tartibga keltirish
imkoniyati bo'lgan binolarni tartibga keltirilib aholining ma'lum qismini
shu yerdagi uy-joy bilan ta'minlanadi, qolganlari esa vaqtincha palatka va
vagonchalarga joylashtiriladi, ularda hayot faoliyati olib borish
imkoniyatini beradigan vositalar bilan ta'minlanadi. Bular elektr, gaz, suv
va oziq-ovqat bilan ta'minlash masalalari hal qilinadi. Shuningdek, shu
hududda joylashgan ishlab chiqarish sanoat korxonalarining ishlatish
imkoniyatlari ko'rib chiqiladi va ularni ishlatish imkoniyati bo'lsa, u
yerdagilarni ish bilan ta'minlash masalalari hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |