XV. 6. Yordamchi bino va yordamchi xonalar
Sanoat korxonalarining yordamchi bino va yordamchi xonalari
tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: sanitar-maishiy xonalari; umumiy
ovqatlanish joylari; sog'liqni saqlash bo'limlari; maishiy xizmat qilish,
konstruktorlik xizmatlari; o'quv xonalari (agar kechki yoshlar bilim
yurtlari bo'lsa); jamoat tashkilotlari joylashgan joylar va boshqalar.
Bularni me'yoriy hujjatlarga asoslangan holda sanoat korxonasi
yoniga qurilgan binolarda tashkil qilish tavsiya qilinadi.
Yordamchi bino va xonalarni sanoat korxonalari asosiy binolari
tarkibiga kiritish ham mumkin. Lekin bu hollarda sanitar-maishiy va
boshqa xonalarning holatiga sanoat zararliklari ta'sirida sanitar-gigienik
sharoitni yomonlashtirishni oldini olgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
Bunday xonalar odatda tozalikka e'tibor berilib, yaxshi jihozlangan, devor,
shift, pol kabi qurilish yechimlari yaxshilab pardozlangan va qoniqarli
holatda saqlash imkoniyatini berishi kerak.
Har qanday yordamchi bino eng kamida ikkita yong'in vaqtida
odamlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradigan eshik yoki darvoza
bilan jihozlangan bo'lishi va bu vositalar iloji boricha qarama-qarshi
tomonga o'rnatilishi kerak. Yordamchi xonalarning ichki hajm birliklarini
belgilaganda quyidagi ma'lumotlarga asoslaniladi. Har bir qavatning
balandligi uning yuzasi 300 m
2
gacha bo'lsa, 3,3 m dan kam bo'lmasligi
kerak. Shu qavatda joylashtirilgan xona balandligi 2,4 m dan kam
bo'lmasligi kerak.
Agar shu qavatga ovqatlanish, yig'ilish zallari joylashtirilib maydoni
300 m
2
gacha, umumiy qavatning 60% qismidan ko'prog'ini egallasa,
uning balandligi 3,6-4,2 m qilib belgilanadi.
Ayrim xonalarning balandligi ularda bajariladigan ish turiga binoan
belgilanadi. Masalan, ma'muriyat xonalari boshqaruvchi shaxslar uchun
belgilangan xonalar, jamoat ishlarini bajaruvchilar uchun, fizkultura
mashqlarini bajarish, o'qish, o'qitish, xavfsizlik texnikasi xonasi, sexda ish
284
boshqaruvchilar uchun xonalar va boshqalar. Bu xonalarning umumiy
balandligi 3 m atrofida va maydonlari ma'muriy xonalarda har bir
ishlovchi uchun 4 m
2
, chizmakashlik ishlarini bajaruvchilar uchun 6 m
miqdorda belgilanadi.
Ma'muriy binolarning qurilishiga qo'yiladigan talablar ularni zavod
hududining chekkarog'ida bir necha qavatli qilib qurish imkoniyatini
beradi. Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, sexlar yonida bo'sh qolgan
maydonlarga qurish mumkin.
Ma'muriy binolarga kunning yorug' vaqtlarida tabiiy yorug'likning
iloji boricha ko'proq vaqt ta'minlanishini ko'zda tutish kerak. Chunki bu
binolarda joylashtirilgan dam olish, tibbiyot xizmati ko'rsatish, ayollar
uchun bola emizish, o'quv va maishiy dam olish xonalari joylashtirilgan
bo'ladi.
Sanitar-maishiy xonalar qatoriga garderoblar, dush xonalari,
xojatxonalar, yuvinish xonalari, ish kiyimlarini zararsizlantirish, ish
kiyimlarini quritib, changdan tozalash, ayollar shaxsiy gigienasi uchun
mo'ljallangan xonalar, shuningdek, ayollarga bola emizish uchun
mo'ljallangan xonalar kiradi.
Shuningdek, sanoat korxonasi hududida mehnat qilayotganlar
uchun qish kunlari asinish xonalari tashkil etiladi. Bu xonalar sanoat
korxonasi yoniga ijoylashtirilgan yordamchi binolarda bo'lsa ham,
albatta isitilishi, agar ayrim joylashgan binoda bo'lsa, asosiy ish
joyiga o'tish yo'llari bilan ta'minlangan va bu o'tish joylari isitiladigan
bo'lishi kerak.
Maishiy xonalar, albatta tabiiy yorug'lik yordamida yoritilishi va
o'tish joylarida tabiiy yorug'lik tushishi ta'minlanishi va umuman tabiiy va
sun'iy shamollatish vositalariga ega bo'lishi kerak.
Garderob xonalarda, hojatxonalarda, shuningdek, dush va yuvinish
xonalarida suv bilan yuvib tozalash imkoniyatini beradigan plitkalar
yotqizilgan pol bo'lishi tavsiya etiladi. Ayollar shaxsiy gigiena xonalari
ham shunday qilingani ma'qul. Ularni rangli yoki ochiq rangli plitkalar
bilan jihozlash yaxshi natija r beradi. Devorlar 1,8 m balandlikda oq rangli
plitkalar bilan jihozlash, ularni suv bilan (shuningdek, issiq suv bilan ham)
yuvib tozalash imkoniyatini beradi. Shiftlarni yog'och materiallar, ba'zi
hollarda plastmassa materiallar bilan jihozlanadi. Bu esa shiftdan suv
tomchilari tomishini oldini oladi. Shiftlar, odatda, moyli bo'yoqlar bilan
ochiq rang beradigan qilib bo'yaladi.
Ish va uy kiyimlarini saqlash uchun garderoblar, hojatxonalar,
yuvinish va dush xonalari erkak va ayollar uchun ayrim holatda tashkil
285
etiladi.
Garderoblar asosan ish kiyimlari, uy kiyimlari, kishilik va maxsus
kiyim-boshlar uchun mo'ljallanadi. Garderoblarda kiyimlar yopiq holatda
(qo'llash asosida) yoki ochiq holatda, ya'ni kiyimlar maxsus ilgichlar
yordamida osib qo'yilgan holda saqlanishi mumkin.
Garderoblar hamma sanoat korxonalarida o'z-o'ziga xizmat
ko'rsatish tartibi joriy qilingan.
Har xil kiyimlarni saqlash uchun turlicha shkaflar tashkil qilingan.
Bunda asosan har tomonlama berk, faqat oldi tomoni, yoki butunlay ochiq,
yoki qulfsiz eshikchali, yoki qulfli eshikchalar o'rnatilgan bo'lishi
mumkin. Bunday shkaflarning bo'yi 165 sm, chuqurligi 30 sm va eni 25-
40 sm atrofida tashkil etish tavsiya etiladi.
Bunday shkaflarning soni ishchilar soniga teng bo'lishi kerak. Agar
yopilmaydigan uzun, bo'linmagan garderoblar tashkil qilingan bo'lsa,
bunda ularga ilinishi kerak bo'lgan ish kiyimlar soniga qarab belgilanadi.
Bunda har bir metr masofaga 6-8 ilgich joylashadi deb hisoblanadi.
Dush xonalari garderoblar joylashgan joyga yonma-yon joylashtirish
kerak. Dush xonalarini tashqi devorga taqab qurishga ruxsat berilmaydi.
Ochiq dush xonalari 0,9 x 0,9 m, bekiladiganlari esa 1,8 x 0,9 m bo'lishi
kerak. Dush xonalari dush setkalari va sovun qo'yish tokchalari, suv ta'sir
qilmaydigan pardalar bilan ta'minlanadi. Dush xonalari oldida maxsus
kiyim almashtirish joylari tashkil qilish kerak.
Hojatxonalar boshqa sanitar-maishiy xonalardan farqli o'laroq, sex
joylashgan binoning o'zida joylashtirishga ruxsat etiladi.
Ular ish joylaridan 75 m dan uzoq bo'lmasligi kerak. Agar hojatxona
sanoat korxonasi hududida joylashgan bo'lsa, umumiy ish joylaridan 150
m dan uzoq bo'lmasligi kerak. Agar sanoat korxonasi ko'p qavatli
binolardan tashkil topgan bo'lsa, hojatxonalar har qavatda bo'lishi kerak.
Hojatxonalardagi xonalar soni ishchilar soniga qarab belgilanadi. Bunda
15 ishchiga bir xona tartibida joylashtiriladi.
Yuvinish xonalarini kishilik kiyim garderoblari joylashgan
xonalarga yondash qilib ta'minlash kerak. Umuman ba'zi bir bajariladigan
ishlarning tavsifiga qarab, yuvinish joylarini ish joylari yaqinida tashkil
etishga ruxsat etiladi.
Umumiy yuvinish joylariga o'rnatilgan kranlar soni ishchilar soniga
qarab, ya'ni erkaklar uchun 3-15 kishiga, ayollar uchun 3-12 kishiga bir
kran hisobida ta'minlanadi.
287
XVI bob
Do'stlaringiz bilan baham: |