XV. 2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish
uchun maydon tanlash
QMQ 3. 01. 02 - 00 sanitar me'yorlari bo'yicha mashinasozlik
sanoati korxonalari xavflilik darajasi bo'yicha besh sinfga bo'linadi. Bu
sinflarni asosan ana shu sanoat korxonasi tomonidan atrof-muhitga
chiqarib yuborilayotgan zararli moddalar miqdori belgilaydi.
I sinfga cho'yan quyuvchi domna pechlarining umumiy hajmi 1500
m3 dan ortiq bo'lgan va rangli metallarni bir yilda 3000 tonnadan ortiq
miqdoriga ishlov beradigan yoki marten va konventor pechlari yordamida
bir yilda 1000 000 tonnadan ortiq po'lat eritish quwatiga ega bo'lgan
sanoat korxonalari kiradi.
II sinfga xuddi shunday sanoat korxonasi, ammo kamroq quwatga
ega bo'lgan, ya'ni po'lat eritish yiliga 1000 000 tonnagacha, umumiy
domna pechlarining hajmi 500 dan 1500 m3 gacha bo'lgan, shuningdek,
rangli metallarga ishlov berish quvvati 1000 dan 3000 tonnagacha bo'lgan
yoki 20 000 tonnagacha miqdorda cho'yan quymalari ishlab chiqaradigan
sanoat korxonalari kiradi.
III sinfga cho'yan erituvchi domna pechlarining umumiy hajmi 500
m3 gacha bo'lgan 10 000 tonnadan 20 000 tonnagacha cho'yan quymalari
ishlab chiqarish quwatiga ega bo'lgan, shuningdek, 1000 tonnagacha
rangli metallarga ishlov berish imkoniyatiga |ga bo'lgan yoki simob
ishlatish yo'li bilan har xil asboblar ishlab chiqaradigan (simobli elektr
tokini to'g'rilagichlar, lampalar va h.k.) sanoat korxonalari kiradi.
IV sinfga uncha katta bo'lmagan quyuv va metallarga qizdirib ishlov
beradigan sexlaiga ega bo'lgan, shuningdek, metall elektrodlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat korxonalari kiradi.
V sinfga quyuv sexlariga ega bo'lmagan, ammo qizdirilgan va
cho'g'lantirilgan holatdagi metallarga ishlov berishga moslashtirilgan,
shuningdek, metallarga sovuq holda ishlov beriladigan sanoat korxonalari
kiradi.
Sanoat korxonalarini aholi yashash punktlarida maxsus belgilangan
maydonga joylashtiriladi. Bunda sanoat korxonasi joylashgan maydon
277
aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo'nalishiga qarama-
qarshi tomonda bo'lishiga e'tibor beriladi. Agar iloji bo'lsa, sanoat
korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birmuncha
olisroqda joylashtirilgani ma'qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh
yo'nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga
nisbatan shamol yo'nalishida bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Sanoat korxonasi bilan aholi yashaydigan punkt oralig'idagi masofa
sanitar-muhofaza oralig'i deb ataladi. Bu sanitar-muhofaza oralig'i sanoat
korxonalari sinflariga qarab belgilanadi: 50, 100, 300, 500, 1000 m.
Sanitar-muhofaza oralig'i ko'kalamzor-lashtirilgan va sog'lomlashtirish
chora-tadbirlari belgilangan bo'lishi kerak. Sanitar-muhofaza oralig'iga
doimiy yashash joylari, dam olish joylari tashkil qilish, shuningdek,
issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yo’l
qo'yilmaydi. Bu oraliqlarga yong'inga qarshi depo, avtotransport turish
joylarini qurishga ruxsat etiladi. Ammo bu qurilishlar oraliq
ko'kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart.
Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish
va sanitar-muhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari uning maydonini
tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomg'ir, qor
suvlarini to'xtamay oqib ketish yo'llari, korxonada ishlatib ifloslangan
suvlarni yig'ish va tozalashni yo'lga qo'yish, yer osti suvlarini darajasini
belgilash, toshqin va boshqa holatlarda sanoat korxonasini suv bosib
ketmasligini ta'minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat
korxonasi binolarini iloji boricha ko'proq yoritishini ta'minlovchi vositalar
hamda sanoat korxonalari xonalarini iloji boricha yaxshiroq tabiiy
shamollatish vositalari bilan ta'minlashga e'tibor berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |