XVI.2. Bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlarning qisqacha
tavsifi
Tabiiy ofatlar sirasiga tabiatda bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar
(bular o'rmonlar va tabiiy butazorlar, ekinlar) qishloq yoki shaharchalarda
ko'plab binolarni qamrab olgan bo'lishi mumkin, to'qayzorlar va ba'zi bir
o'lkalarda yuz berishi mumkin bo'lgan torf qatlamlarining yonishi,
savannalar va tropik o'rmonlarining yonishi va boshqalarda namoyon
bo'ladi; suv toshqinlari: uzluksiz bir necha kun yoki haftalar mobaynida
yomg'irlar yog'ishi yoki sellar natijasida daryolar toshishi; zilzila; otilishi;
sel kelishi natijasida suv bosish hollari; yerlarning surilishi; liar xil
291
o'pirilishlar; qattiq shamollar; qor bo'ronlari va quyunlari; qor ko'chish
hollari; har xil epidemiyalar; uy hayvonlari va yowoyi hayvonlarda
uchrashi mumkin bo'lgan har xil epidemiyalar; qishloq xo'jaligida va
boshqa ekinlarda zararkunandalarning ko'payib ketishi va boshqalarni
kiritish mumkin.
Tabiiy ofatlar yer kurrasida doimo uchrab turadigan, o’z zararlilik
darajasi va insoniyatga yetkazgan zarari hamda vayronaliklari bilan va
shuningdek, moddiy va ma'naviy boyliklarni yo'qolishiga olib kelishini
umuman jamlasak, ulardan keladigan zarar va odamlarning hayotdan ko'z
yumishiga olib kelish masshtabi bir qancha urushlardan kam emasligini
kuzatish mumkin.
Tabiiy ofatlar-tabiat injiqliklarining ko'rinishlari sifatida paydo
bo'Iadigan, insonning risolada yashash tarzini o'zgarishiga olib keladigan,
shuningdek, ko'pgina vayronaliklarga, insonning moddiy boyliklarini
buzilib yo'qolishiga olib keladigan, ba'zida ko'plab fojialarga sabab
bo'Iadigan tabiat hodisasidir. Bu tabiiy ofatlarning eng birinchisi-
zilzilalardir. Chunki zilzilalar ta'sir darajasi va keltirib chiqaradigan
vayronaliklari bilangina ajralib turmasdan, balki ko'plab odamlarning
hayotdan ko"z yumishiga olib keladi. Bu holda hayotdan ko'z yumish
osongina kechmasdan, balki vayronalar orasida qolib ketish bilan bo'ladi.
Zilzilalar yer osti zarbalari natijasida yer yuzasida tabiiy ravishda hosil
bo'Iadigan silkinish hisoblanadi. Yer osti zarbasining hosil bo’lish jarayoni
yer ostidagi zilzila o'chog'i ma'lum qalinlikdagi yer qatlamida uzoq davr
mobaynida yig'ilgan energiyaning ajralishi tufayli yuz beradi va buning
natijasida yer yuzasida zarba to'g'ri kelgan markazdan har tomonga
seysmik to'lqin harakati tarqaladi.
Xalqaro seysmik shkala MSK-64 ga asosan zilzilalar 12 ballga
bo'linadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida tektonik jarayonlaming katta
aktivligi kuzatiladi, tog'larning o'sishi yiliga 1-2 sm ni ba'zi bir joylarda
esa 8-10 sm ni tashkil qilib, bu o'sishlar yer qimirlashi bilan o'tadi. Yer
qimirlash o'choqlari yer qariga joylashgan bo'lib, asosan uning granit
qatlamida 5 dan 35 km gacha chuqurlikda joylashgan bo'ladi.
Zilzilalar tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi bo'lib, ko'plab
odamlarning umriga zomin bo'ladigan ofatlar sirasiga kiradi.
Misol tariqasida 1948-yildagi Ashxabadda bo'lgan zilzila 110 ming
kishining umrini zomin qilgan edi. Uning natijasida shahar butunlay
vayron bo'lgan va uning o'rni hosil bo'lgan zarba natijasida gorizont
bo'yicha 2,5 km masofaga siljib ketgan.
292
1966-yildagi Toshkent va birrnuncha keyinroq Gazli va Nazarbekda
bo'lgan yer qimirlashlari natijasida respublikamizga juda katta moddiy
zarar yetkazilgan edi.
1988-yilda Armaniston shimolida bo'lgan yer qimirlash bu asrda
bo'lgan zilzilalarning eng mudhishlaridan bin sanaladi. Buning natijasida
25 ming kishi halok bo'ldi; 3 ta shahar va 360 ta qishloq vayronaga
aylandi. Bundan 700 ming odam zarar ko'rdi; 514 ming kishi boshpanasiz
qoldi. Bu zilzila tufayli Armaniston 8 mln kvadrat metr turar joy fondidan
ajraldi. 1999-yilda Turkiya hududida bo'lgan ketma-ket zilzilalar bir necha
shaharni vayron qildi necha minglab kishi qurbon bo'ldi va necha minglab
kishi boshpanasiz qoldi.
Umuman olganda, O'rta Osiyo va Markaziy Osiyo hududlari zilzila
xavfi yuqori bo'lgan hududlar sirasiga kiradi. Hozirgi zamon fani yutuqlari
asosida zilzilalarni bashorat qilish imkoniyatini beradigan yutuqlaiga
erishgan bo'lsa-da, lekin uning aniq vaqtini aytib, oldindan unga
tayyorlanish imkoniyatlari hozircha yaratilgan emas.
Ikkinchi eng katta tabiiy ofatlardan biri va xavflilik darajasi
zilzilalardan kam bo'lmagan-ofat suv toshqinlari hisoblanadi. Uni keltirib
chiqaruvchi sabablarga ko'ra uch turkumga bo'lish mumkin.
1. Tabiat injiqliklari natijasida ma'lum hududga haddan tashqari ko'p
miqdorda yonig'ir yog'ishi va tog'li hududlarda kunning isib ketishi
natijasida qor va muzliklarning erib ketishidan hosil bo'ladigan suv
toshqinlari.
2. Dengiz va okeanlar yaqiniga joylashgan shahar va hududlarga
shamol va bo'ronlar ta'siridan suvning toshib ketishi natijasida bo'ladigan
suv toshqinlari.
1974-yilda xuddi shu holatda yuz bergan suv toshqini natijasida
Hindiston hududidagi 22 shahar va 10 ming qishloq suv ostida qolib
ketgan edi va buning natijasida 1000 kishi hayotdan ko'z yumdi.
3. Yer osti zilzilalari natijasida kelib chiqadigan suv toshqinlari.
1953-yilda bo'lgan shunday suv toshqinidan Gollandiya zarar ko'rgan edi
va buning natijasida 1800 kishi halok bo'lgan edi.
O'zbekiston Respublikasida suv toshqinlari hududimizda bo'lgan suv
omborlarini to'sib turgan to'g'onlar buzilib ketishi va tog'li hududlarda
shiddatli yomg'ir yog'ishidan sel hosil bo'lishi natijasida ro'y berishi
mumkin. Respublikamiz hududiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan suv
omborlari 27 ta bo'lib, bulardan 10 ta suv ombori qo'shni respublikalar
hududiga joylashgan.
Suv omborlarida yig'ilgan suv hajmi quyidagicha:
293
— Toshkent dengizi-250 mln m
3
;
— Jizzax suv ombori-85 mln m
3
;
— Karkidon suv ombori-218 mln m
3
;
— Kosonsoy suv ombori-165 mln m
3
;
— Kattaqo'rg'on suv ombori-900 mln m
3
;
— Quyimozor suv ombori-300 m
3
;
— Chorvoq suv ombori-2 mlrd m
3
;
— Andijon suv ombori-1, 75 mlrd m
3
;
— Tuyamo'yin suv ombori -5, 3 mlrd m
3
;
— Chimqo'rg'on suv ombori-300 mln m
3
;
— Uchqizil suv ombori-165 mln m
3
;
— Pachkamar suv ombori-280 mln m
3
;
Mabodo bu suv omborlaridan suv urib ketsa, suv bosib ketishi
mumkin bo'lgan hudud maydoni 57, 9 ming km
2
ga teng va bu hududda 7
mln kishi istiqomat qiladi. Falokat sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hududda
44 ta shahar va bir necha yuzlab qishloqlar, kommunikatsiya inshootlari,
2775 km avtomobil yo'llari va yuzlab qishloq xo'jalik bo'limlari mavjud.
Suv toshqinlari vaqtida aholini muhofaza qilishning asosiy yo'li,
ularni suv toshqini bo'lishi mumkin bo'lgan yerdan odamlarni, u yerda
bo'lgan hayvonlarni va texnika anjomlarni olib chiqib ketish va shuning
bilan birga bu suv toshqinlari zarar darajasini kamaytirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni ham amalga oshirishni unutmaslik kerak.
Yong'inlar ham favqulodda hodisalar qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda
yong'inlar inson uchun eng xavfli tabiiy ofatlar qatoriga kirib bormoqda,
chunki yong'indan keladigan zarar juda katta miqdorni tashkil qilishi
bilan birga inson hayotiga ham tahdid soluvchi omillardan biriga aylanib
qolmoqda.
1972-yida AQSh da 2,5 mln yong'in kuzatilgan va unda 12 ming
kishi halok bo'lgan va yetkazilgan moddiy zazrar 11 mlrd dollar miqdorni
tashkil qilgan. Toshkent shahrida har yili 500 dan 800 gacha yong'inlar
bo'lib turadi degan ma'lumotlar bor. Bundan respublikamiz iqtisodiga
jiddiy moddiy zarar yetishi tabiiy.
Republikamiz hududida 200 dan ortiq poitlashga va yong'inga xavfli
inshootlar mavjud. Demak, Respublikamiz hududida yong'inga qarshi
kurash chora-tadbirlarini belgilash eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |