yer qobig'iga ta'sir ko'rsatishi natijasida yer yuzasida siljishlar vujudga
ko'rsatkichlari sifatida uning kuchi va xarakteristikasini
8,5 balgacha bo'lgan birliklarda berilsa, 0 dan 12 balgacha berilsa, bu
295
raqam tebranish energiyasini 100 karra o'sganligini bildiradi. Rixter
shkalasi bo'yicha 8,5 va oddiy shkalada 12 ball eng og'ir oqibatlarga olib
keladigan zilzilalar hisoblanadi.
Zilzila o'chog'i chuqurligi-bu har bir zilzilaga xavfli bo’lgan
rayonlarda har xil bo'lib 0 dan 700 km gacha chuqurliklarda bo'lishi
mumkin. Seysmik rayonlar uchun o'zining ma'lum chuqurliklari mavjud
bolib, agar uning chuqurligi katta bo'lsa, zilzilaning ta'sir radiusi ancha
katta maydonlarga tarqalishi mumkin.
Energiya tig'izligi, ya'ni kuchi o'n ikki balli shkala bo'yicha
belgilanadigan yer yuzasidagi yer silkinish kuchi hisoblanib, u
quyidagicha e'tirof etiladi: sezilar-sezilmas, juda kuchsiz, kuchsiz,
sezilarli, ancha kuchli, kuchli, juda kuchli, buzib yuboruvchi, vayron
qiluvchi, kuchli vayronalikka olib keluvchi, falokatli va kuchli falokatli.
Zilzilani keltirib chiqarishga sababchi bo'lgan yer ostidagi zilzila
o'chog'i -gipomarkaz (gipo-chuqurlik)dir. Shu yerning yer yuzasi
epimarkaz (epi-yuza) deb atalib, bu zilzilaning eng kuchli ta'sir yer
silkinadigan yuza bo'ladi. Keyingi yer yuzasi bo'ylab tarqalish elastik yoki
seysmik to'lqinlar tarzida yerning qattiq qobigci bo'ylab tarqala boshlaydi
(yer ostida yadro portlatilganda ham xuddi shunday hodisa bo'ladi).
Har yili yer yuzasida umumiy 100 ming yer silkinishlari kuzatiladi
(bu bir sutkada 300 silkinish demakdir), ammo bularning hammasi ham
xavfli emas. Shundan taxminan yiliga 10 mingini odamlar sezadi. Yiliga
taxminan 100 ga yaqin zilzilalar fojiali oqibatlarga olib keladi. Bunda bir
necha sekund ichida butun boshli shahar-qishloqlar vayron bo'lishi yoki
okean yaqinida joylashgan mamlakatlar suv ostida qolishi tog’
cho'qqilarining buzilib ketishi natijasida u yerda eriyotgan qor suvlarining
yo'li to'silishi natijasida tog'ning qa'rida ko'llar paydo bo'lishi va
shuningdek, zilzilalar ta'sirida okeanlar tubidan yangi orollar hosil bo'lishi,
tog'larning ma'lum masofaga siljib ketishi va yer qimirlashi ta'sirida
yerning yorilishi natijasida bir necha o’n va hattoki, yuz metr va undan
ham chuqurroq jarlarning hosil bo'lishi zilzilalarning oqibati hisoblanadi.
Shaharlarda elektr va gaz tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida
uzilgan gaz quvurlaridan chiqib ketgan gazlar ko'plab yong'inlar
chiqishiga sababchi bo'ladi. Avtomobil va temir yo'llar ishdan chiqadi.
Tog'li o'lkalarda tog'larning o'pirilib ketishi yollarning berkilib qolishiga
olib keladi, aloqa tarmoqlari ishdan chiqadi. Zilzila. bo'lgan joy boshqa
hududlardan uzilib qoladi; bu esa u yerdagi omon qolganlarni katta ruhiy
tushkunlikka olib keladi.
Kuchli halokatli zilzilalarda 1024-1025 erg energiya ajraladi va bu
296
energiya yer yuzida portlatilgan megaton yadro zaryadi portlashidan bir
necha marta katta vayronagarchiliklarga sababchi bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: