Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi. 

Qurilmalar 

agar 36 V, bundan tashqari 220 V kuchlanish ishlatadigan elektr tarmog’i 

bilan  kontaktda  bo’lganida  shikastlanish  xavfi  doimo  mavjuddir.  Bu 

beparvolik  natijasida  ochiq  tok  o’tkazuvchilarga  tegib  ketish  xollarida, 

aksariyat  paytlarda  turli  xildagi  sabablar  (tok  zo’riqishi,  sifatsiz 

izolyatsiya, mexanik buzulishlar) tufayli yuz berishi mumkin. Foydalanish 

jarayonida tok o’tuvchi qismlarning, shu jumladan, kuchlanish ostidagi tok 

simlarining  izolyatsiyasiga  zarar  yetishi,  natijada  ularga  bilmay  tegib 

ketish  oqibatida  jaroxatlanish,  og’ir  xollarda  xatto  insonni  o’limiga  olib 

kelishi mumkin. 

 

Kuchaygan  elektr  xavfsizligi  zonasi  bo’lib,  elektr  qurilmalarni  va 



elektr  jixozlarni  tokka  ulash  joylari  hisoblanadi.  Ko’pincha  rozetkalarni 

polga  joylashtirishadi,  bunday  qilishga  esa  yo’l  qo’yish  kerak  emas, 

bundan  tashqari  ularni  quvvatidan  ortiqcha-yuklantirish  natijasida 

izolyatsiyasi zaxa bo’ladi va qisqa to’qnashuvga olib keladi. 

Bunday  xolatni  yuqotish,  aniqrogi,  elektrdan  jaroxatlanishni 

minimumga  keltirish  uchun    "Iste`molchilarni  elektr  qurilmalardan 

foydalanish  qoidalari" 

va  "Iste`molchilarni 

elektr  qurilmalardan 

foydalanishidagi texnika xavfsizligi qoidalari", hamda "Elektr jixozlarning 




 

 

517 



qurilmalari qoidalari" talablariga rioya qilish zarurdir. 

Kompyuter  bilan  ishlaganda  elektr  tokidan  jaroxatlanishni  oldini 

olish  uchun  tok  yuruvchi  qismlarga  yaqinlashmaslikni  ta`minlash  uchun 

qo’shimcha  to’sish  qurilmalari  o’rnatilishi  kerak,  asosiy  kuchlanish 

manbaidan  jaroxatlanishni  pasaytirish  uchun  bo’luvchi  transformatordan 

foydalanish  mumkin,  xar  qaysi  xolatda  ham  elektr  qurilmalarida  albatta 

muhofazalovchi  yerga  ulash  yoki  nolga  ulash  (muhofazalovchi  o’chirish) 

bo’lishi kerak. Kompyuterlarni sifatli ishlashini  ta`minlash alohida yerga 

ulash konturi yaratiladi. 

Shaxsiy  hisoblash  vositalarini  ishlatish  jarayonida  ta`mirlash, 

montaj  qilish  va  profilaktika  ishlarini  bajarish  zarurati  yuzaga  keladi. 

Maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  va  o’quv  yurtlarida  VDT  va  XT  ni 

SanQvaM  2.2.2.542-96  ga  asosan  bevosita  o’quv  honalarda  ta`mirlash 

ishlarini olib borish taqiqlanadi. 

Elektr  qurilmalarini  ishlatish  vaqtida  yuqorida  zikr  etilgan 

qoidalarga  so’zsiz  amal  qilishdan  tashqari,  barcha  kuchlanishni  o’chirish 

bilan  bog’liq  texnikaviy  choralarni,  ya`ni  ish  bajarish  uchun  ajratilgan 

uchastkadagi qurilmalar o’chirish va o’z-o’zidan yoki bexosdan ulanishga 

qarshi  choralarni  ko’rish,  ish  joylarida  zarur  bo’lsa,  to’siqlar  qo’yish 

plakatlar va ogoxlantiruvchi belgilar osish, tok o’chirilganligini tekshirish, 

yerga ulashni amalga oshirish kabilarni bajarish kerak. 

Hisoblash texnikasi bilan bog’liq barcha elektr montaj va ta`mirlash 

ishlarini  bir  yo’la  ikki  bajarishi  kerak,  elektrdan  jaroxatlanish  yuz  bersa, 

tokni  o’chiruvchi  va  birinchi  vrach  kelgunga  qadar  yordam  beradigan 

odam  bo’lsin.  Sozlovchi  albatta  rezina  gilamchada  bo’lishi  va  elektr 

sxemasini korpusga va tok o’tuvchi simlarga tegmay tekshirishi kerak 

Hisoblash texnikasini ta`mirlash paytida quyidagilar taqiqanadi: 

-blok va uskunalarni ulash uchun izolyatsiyasi zaxa bo’lgan simlarni 

ishlatish; 

-tokka ulangan ko’rilmani payvandlash va detallarni o’rnatish; 

-tok  va  kuchlanishni  izolyatsiya  qilinmagan  simlar  va  qisqichlar 

bilan tekshirish; 

-kuchlanish ostida bo’lgan ko’rilmalarga blok va uskunalarni ulash; 

-tokka ulangan qurilmaning predoxranitelini almashtirish; 

-muhofazalovchi  vositalarsiz  yuqori  kuchlanishli  k;urilmalarda 

ishlash. 

Kuchlanish  tarmog’idagi  boshqa  elektr  qurilmalarida  nosimmetrik 

kuchlanish  tufayli  avariya  sodir  bo’lish  ehtimolini  olish,  tarmoqdan 

kompyuter  qurilmalarini  ishonchli  o’chirish  va  texnika  xamda 



 

 

518 



ishlovchilarni  elektr  xavfsizligini  ta`minlash  maqsadida  bir  qator  montaj 

talablariga rioya qilish kerak: 

Birinchidan,  barcha  SHEXM  va  tashqi  qurilmalarni  elektr 

tarmog’ini o’chirib ulash kerak. 

Ikkinchidan,  bitta  shaxsiy  kompyuterning  barcha  qurilmalarini  va 

unga  ulanadigan  tashqi  moslamalar  elektr  tarmog’ining  bitta  fazasiga 

ulanishi kerak. 

Uchinchidan,  tizim  blokining  korpusini  va  tashqi  qurilmalarinining 

yerga ulanishini aloxida tashqi kontur orqali bajarilishi kerak. 

To’rtinchidan,  kompyuter  qurilmalarini  o’chirish  uchun  bitta 

muhofazalovchi avtomatli schit va rubilnikdan foydalanish kerak. 

Kompyuterning  kuchlanish  blokini  tarmoqda  tarmoq  filtri  orqali 

ulanishini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Filtrning xizmati - kondensatorlarni 

nolga  va  fazaga  ulash  yordamida  tarmoqdagi  tokning  yuqori  chastotali 

tashkil etuvchilari to’siqlarini yerga uzatishdan iborat. Buning uchun uchta 

yo’lkali vilka va rozetkadan foydalaniladi. "Yerga ulash" simini konturga 

ulanadi,  kuchlanish  tarmog’ining  noliga  xam  ulashga  ruxsat  beriladi. 

Amalda  bu  ikkisi  xam  bir  xildir,  farqi  faqat  og’ir  foydalanish 

sharoitidagina seziladi. 

 

Agar  kompyuterning  (yoki  boshqa  qurilmalarning  "yerga  ulash" 



simi  xech  qayerga  ulanmasa,  qurilma  korpusida  110  V  o’zgaruvchan 

kuchlanish  paydo  bo’ladi,  negaki,  filtr  kondensatori  kuchlanish  sig’imini 

bo’luvchi  kabi  ishlaydi,  sig’imlari  teng  bo’lgani  uchun  u  220V 

kuchlanishni ikkiga bo’ladi. 

 

Bir  paytni  o’zida  kompyuterning  bo’yalmagan  metal  qismlariga  va 



yerga  ulangan  qandaydir  metallkonstruktsiyalarga,  masalan,  isitish 

batareyalarga tegib ketishi natijasida inson xayoti uchun xavfli bo’lgan tok 

zanjiriga  tushib  qoladi.  Xuddi  shu  kuchlanish  interfeys  sxemalari  jafo 

chekadigan  qurilmalar  orasidagi  potentsiallar  ayirmasining  manbai 

hisoblanadi. 

Agar  bog’lovchi  qurilmalar  umumiy  konturga  aloxida  simlar  bilan 

mustaxkam  nollangan  yoki  yerga  ulangan  bo’lsa,  potentsiallar  ayirmasi 

muammosi yuz bermaydi. 

Agar  ikkita  ulanuvchi  qurilmalar  yerga  ulanmagan  bo’lsa, 

tarmoqning  bir  fazasidan  kuchlanish  berilsa,  turli  filtrlarga  yoyilgan 

kondensator  sig’imlaridan  uncha  katta  bo’lmagan  potentsiallar  ayirmasi 

yuzaga  keladi,  lekin  xar  qanday  sharoitda  inson  uchun  xavf  saqlanib 

qoladi.  Agar  yerga  ulanmagan  qurilmalar  turli  fazalarga  ulansa, 

potentsiallar  ayirmasi  ko’payib,  190  V  gacha  etadi,  uning  inson  uchun 




 

 

519 



juda  yomon  oqibatlarga  olib  keladi.  Eng  ogir  xolatlardan  biri-katta 

kuchlanishli  bloki  bo’lgan  yerga  ulanmagan  qurilmalarni  yerga  ulangan 

qurilmalarga ulashdir. 

Kuchlanish blokining simlari ikki qutbli vilka  va tarmoq filtri bilan 

ta`minlangan  qurilmalarda  ma`lum  muammolar  paydo  bo’ladi.  Bunday 

filtr  kondensatorlari  kichik  sig’imlidir,  shuning  uchun  qisqa  to’qnashuv 

toki nisbatan katta emas-bir necha milliamperdir. 

Ulanish paytidagi xavfsizlik muammolari yerga yoki nolga ulangan 

uch qutbli rozetkasi bo’lgan Pilot turidagi yoki shunga o’xshash filtrlardan 

foydalanish bilan xal bo’ladi. 

Agar barcha interfeyslar bilan ulanadagan qurilmalarni shunday uch 

qutbli vilka va rozetkali filtr yoki ularning zanjiri bilan ulansa, bunda yana 

potentsiallar ayirmasining muammosi xam xal bo’ladi. 

Kompyuterlarning  ish  paytidagi  nosozliklarini  (to’xtab  qolishi, 

diskdan  o’qiy  yoki  yoza  olmasligi)  asosiy  sababchisi  bo’lgan  sifatsiz 

kuchlanish  manbai  (ko’paygan  va  kamaygan,  keskin  tushib,  sakrab 

ketadigan  kuchlanish,  chastotadan  og’ishlar  va  x.k.)  dan  ximoyalash 

uchun  xozirgi  paytda  uzluksiz  kuchlanish  manbalari  (UKM)  ishlatiladi. 

Ularning  asosiy  vazifasi-asosiy  tarmoqda  avariya  sodir  bo’lganda  elektr 

energiyasi bilan ta`minlashdir. UKM dan foydalanilganda ximoya konturi 

(yer)  va  neytral  sim  aloxida  o’tkazilishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  sifatsiz 

yerga  ulash  manbadan  qurilmaga  (monitor)  yo’naltirilgan  elektromagnit 

maydonga tusqinlik qilishdan ximoyalashni kamaytiradi. Bundan tanshari, 

UKMga lazer printerlarni ulash tavsiya etilmayli, chunki printer qiziganda 

nominal qiymatdan ortsh tok talab qiladi, bu esa UKMni ishdan chiqishiga 

olib kelishi mumkin. 

Elektr  xavfsizligi  qoida  va  talablariga  rioya  qilish  foydalanuvchini 

elektr  tokidan  jaroxatlanishdan  maksimal  ximoya  qiladi.  Lekin,  agar 

baxtsiz xodisa yuz bersa, birinchi navbatda xar qanday usul bilan zudlikda 

tok  ta`sirini  to’xtatish  (rubilnikni  o’chirish,  jabrlangandan  elektr  simini 

quruq yog’och yoki shunga o’xshash narsa bilan olib tashlash, zudlik bilan 

vrachni  chaqirish)  kerak.  Agar  jabrlanuvchi  xushini  yo’qotmagan  va 

noxushlik  sezgan  bo’lsa,  vrach  kelgunga  qadar  unga  tinchlik,  toza  havo 

issiqlik bilan ta`minlash kerak. 

Jabrlanuvchi og’ir xolatda (xushidan ketgan, pulsi yo’q, uzuq nafas 

olayotgan) bo’lsa, zudlik bilan "og’izdan-og’izga" usuli bilan minutiga 12-

15 marta sun`iy nafas olishni va yurakni sekundiga bir marta bosish bilan 

massajni  boshlash  kerak  va  kasal  o’ziga  kelgunga  qadar  (ko’z 

qorachigining diametri tiklanadi, ya`ni normal xolatgacha kichrayadi, puls 



 

 

520 



qaytadi,  nafas  olishi  normallashadi)  davom  ettiriladi.  Inson  o’ziga 

kelgandan keyin berilayotgan yordamni yana 5-10 minut davom ettiriladi, 

so’ng uni iliq honaga yotqizib, kuproq issiq choy berish kerak. Xar qanday 

xolatda xam malakali tibbiy yordam ko’rsatishni ta`minlash kerak. 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish