Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Mehnat  qilish  va  dam  olish  tartibi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Mehnat  qilish  va  dam  olish  tartibi. 

Ko’rish  ishlarini  bajarish 

uchun  yaxshi  sharoit  yaratishda  mehnat  qilish  va  dam  olish  tartibini 

ratsional  tashkil  etish  katta  axamiyatga  egadir.  Mexnat  sharoitini  ishlab 

chiqarish  muhitidagi  zararli  va  xavfli  faktorlarini  gigienik  kriteriylar 

asosida 


baxolashda 

mexnat  zo’riqishlarining  yangi  ko’rsatkichi 

videoterminal ekranlarini kuzatish paydo bo’ldi. Vir smenada 2 soatgacha 

kuzatish optimal deb, 3 soatgacha esa yo’l qo’yilgan deb qabul qilingan. 3 

soatdan  ortigi  -birinchi  darajali  zo’riqish  (zararlanish),  4  soatdan  ortig’i 

esa  -  ikkinchi  darajali  zo’riqishdir.  Bundan  ortig’i  ko’zga  og’irlik  qiladi, 

vaxolanki  praktikada  bunga  deyarli  rioya  qilinmaydi.  Sanitar  qoidalarda 

foydalanuvchilarning  mexnat  qilish  va  dam  olish  tartibi  bajarilayotgan 

ishning og’irligi va xarakteriga qarab me`yorlanadi, bunda nafaqat ko’rish 

ishlari, balki emotsional- asabiy zuriqish, muskullarning charchashi, elektr 

magnit maydon ta`siri va boshqa ma`qul bo’lmagan faktorlar xam hisobga 

olinadi.  Qayta  ishlanayotgan  axborotning  xajmiga  ko’ra  ish  ogirligini 

kategoriyalarga bo’lishda xam birinchi navbatda ko’rish toliqishi inobatga 

olinishi  xarakterlidir.  Elektron-hisoblash  mashinalardagi  barcha  mexnat 

faoliyati uch guruxga bulinadi: 

A guruxi - ekrandan axborotlarni o’qish ishlari;  

B guruxi   - axborotlarni kiritish ishlari; 

 V guruxi - kompyuter bilan muloqot rejimidagi ijodiy ishlar. 

Ish  jarayonida  turli  xildagi  ishlar  bajarilsa,  asos  qilib  ish  smenasi 

davomida 50% vaqt sarflangan turi qabul qilinadi. 

 Elektron-hisoblash  mashinalardagi  mexnat  faoliyatining  turlari 

uchun  og’irligi  va  toliqishi  bo’yicha  uchta  kategoriya  o’rnatilgan  bo’lib, 




 

 

497 



bular  asosida  reglamentlangan  tanaffuslar  me`yorlanadi.  Kategorilar 

quyidagicha aniqanadi: 

A  guruxi  uchun  -  ish  smenasida  o’qiladigan  belgilar  yig’indisining 

soni  bilan,  lekin  bir  smenadagi  ushbu  yig’indi  60  000  oshmasligi  kerak. 

Bunday axborotning xajmi 3- kategoriyaga, bir smenada 40 000 belgi - 2-

kategoriyaga va 20 000 gacha -L- kategoriya kiradi. 

B  guruxi  uchun  -ish  smenasidagi  o’qiladigan  va  kiritiladigan 

belgilar  yig’indisining  soni  bilan,  lekin  bir  smenadagi  ushbu  yig’indi  40 

000  oshmasligi  kerak.  Bunday  axborotning  xajmi  3-  kategoriyaga,  bir 

smenada  30  000  gacha  belgi  -  2-  kategoriyaga  va  15  000  gacha  -  1-

kategoriya kiradi. 

V  guruxi  uchun  -ish  smenasida  VDT  va  XT  da  bevosita  ishlagan 

vaqtlarini  yig’indisi  bilan,  lekin  bir  smenadagi  ushbu  yig’indi  6  soatdan 

oshmasligi  kerak.  Bu  3-  kategoriya  uchun,  bir  smenada  4  soat  -  2- 

kategoriya uchun va 2soat - 1- kategoriya uchun belgilanadi. 

Ish smenasi davomida profilaktika va toliqishni bartaraf qilish uchun 

reglamentlangan  tanaffuslar  belgilanib,  8  soatlik  ish  smenasida  1- 

kategoriya ishlari uchun - 30 minut, 2-si uchun - 50 minut va 3-kategoriya 

uchun - 70 minut. 

Sanitar qoidalarga muvofiq, VDT da uzluksiz ishlash davomiyligi 2 

soatdan  oshmasligi  kerak.  Tungi  smenada  ishlaganda  ish  turidan  va 

kategoriyasidan  qat'iy  nazar,  tanaffuslarning  umumiy  vaqti  60  minutga 

oshishi  kerak,  Sanitar  qoidalarda  smena  davomidagi  reglamentlangan 

tanaffuslarni ishlatish bo’yicha takliflar mavjuddir. 

Xususan, 8 soatlik ish smenasida tanaffuslarni quiydagicha o’rnatish 

lozim:  1-  kategoriya  uchun  -  xar  biri  15  minutdan  iborat  smena 

boshlanganidan 2 soatdan so’ng va tushlikdan 2 soatdan so’ng; 

-  2  -  kategoriya  uchun  -  xa|z  biri  15  minutdan  iborat  smena 

boshlanganidan  2  soatdan  so’ng  va  tushlikdan  1,5-2  soatdan  so’ng  yoki 

xar bir soat ishlagandan so’ng 10 minut; 

-  3  -  kategoriya  uchun  -  xar  biri  20  minutdan  iborat  smena 

boshlanganidan  1g  5-2  soatdan  so’ng  va  tushlikdan  1,5-2  soatdan  so’ng 

yoki xar bir soat ishlagandan so’ng 10 minut; 

-4-  xar  biri  15  minutdan  iborat  smena  boshlanganidan  2  soatdan 

so’ng  va  tushlikdan  1,5-2  soatdan  so’ng  yoki  xar  bir  soat  ishlagandan 

so’ng 15 minut. 

Reglamentlangan  tanaffuslar  vaqtida  asabiy-emotsional,  ko’z 

analizatorining  toliqishni  pasaytirish  xamda  umurtqada  gipodinamiya  va 

gipokineziyasining  rivojlanishiga  to’sqinlik  maqsadida  maxsus  fizkultura 



 

 

498 



mashqlarining majmuasini bajarish maqsadga muvofiqdir. 

Sanitar-gigienik  me`yorlarni  va  ergonomik  talablarni  bajargan 

taqdirda  xam  foydalanuvchi  o’zini  noxush  sezsa,  unda  individual 

yondoshish darkor, ya`ni: 

-hisoblash  mashinasidagi ish vaqtini chegaralash, dam olish vaqtini 

uzaytirish yoki ish faoliyatini o’zgartirish kerak. 

Uyda,  ish  ritmi  va  rejalashtirish  bilan  bog’lanmagan  ish  sharoitida 

foydalanuvchi o’ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, xar ish soatidan 

so’ng  10-15  minutdan,  xar  2  soat  ishlagandan  so’ng  20-30  minutdan 

tanaffus  1qilishni,  shu  paytlar  davomida  monitorni  o’chirishni,  ish 

joyidan, xatto honadan nari ketishni va honani shamollatishni taklif qilish 

mumkin. 


Sanitar qoidalar  maktab va  maktabgacha  tarbiya  muassasalari, oliy, 

o’rta 


maxsus 

o’quv 


yurtlarining 

o’qituvchilari, 

talabalari, 

tarbiyalanuvchilari  uchun  videoterminallarda  ishlash  va  dam  olish  tartibi 

uchun  ma`lum  talablarni  qo’yadi.  Bu  qoidalarga  asosan  maktab  va 

maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  oliy,  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarining 

o’qituvchilari  displey  sinflarda  va  informatika  honalarida    bir  kunda  4 

soatdan  ko’p  ishlamasliklari  kerak.  O’quv  jarayonini  ta`minlovchi 

muxandislarning displey sinflarda va informatika honalar (auditoriya)dagi 

bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak. 

Uyda,  ish  ritmi  va  rejalashtirish  bilan  bog’lanmagan  ish  sharoitida 

foydalanuvchi o’ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, xar ish soatidan 

so’ng  10-15  minutdan,  xar  2  soat  ishlagandan  so’ng  20-30  minutdan 

tanaffus qilishni, shu paitlar davomida  monitorni o’chirishni, ish joyidan, 

xatto honadan nari ketishni va honani shamollatishni taklif qilish mumkin. 

Sanitar qoidalar  maktab va  maktabgacha  tarbiya  muassasalari, oliy, 

o’rta 

maxsus 


o’quv 

yurtlarining 

o’qituvchilari, 

talabalari, 

tarbiyalanuvchilari  uchun  videoterminallarda  ishlash  va  dam  olish  tartibi 

uchun  ma`lum  talablarni  qo’yadi.  Bu  qoidalarga  asosan  maktab  va 

maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  oliy,  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarining 

o’qituvchilari  displey  sinflarda  va  informatika  honalarida  bir  kunda  4 

soatdan  ko’p  ishlamasliklari  kerak,  o’quv  jarayonini  ta`minlovchi 

muxandislarning displey sinflarda va informatika honalar (auditoriya)dagi 

bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak. 

Oliy,  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarining  talabalari  uchun  o’quv 

darslarida  VDT  va  XT  da  ishlash  vaqti  berilgan  topshiriqning 

murakkabligiga  va  xarakteriga  qarab,  xamda  XT  ish  qobiliyatiga  ko’ra 

belgilanadi. 



 

 

499 



1-  kurs  talabalari  uchun  VDT  va  XT  bilan  o’quv  darslarini 

o’tkazishning optimal vaqti 1 soatni, yuqori kurs talabalari uchun orasida 

15-20 minutlik tanaffusga rioya qilgan xolda ikki akademik soatni tashkil 

qiladi. 


Bundan  tashqari  1-  kurs  talabalari  uchun  VDT  va  XT  bilan  ishlash 

vaqtini  kompyuterda  bevosita  ishlash  butun  dars  davomida  50%  dan 

oshmaslik profilaktik chora-tadbirlarga rioya qilgan, ya`ni fizkultdaqiqa va 

fizkultpauzlar, ko’rishga doyr mashqarni bajarish sharti bilan 2 soatgacha,, 

yuqori  kurs  talabalari  uchun  3  akademik  soatgacha  uzaytirishga  ruxsat 

beriladi. 

Talabalarda  toliqishni  rivojlanishining  oldini  olish  maqsadida 

majburiy chora-tadbirlar quyidagilardir: 

-  xar  bir  akademik  dars  soatidan  so’ng  o’quv  jarayonidan  qatiy 

nazar, 5 minutdan kam bo’lmagan tanaffuslar tashkil qilish; 

-  EXMda  ishlash  vaqtini  me`yorlash  maqsadida,  EXMga  taymerni 

ulash 


yoki 

videomonitor 

ekranidagi 

axborotni 

yoritilganligini 

markazlashgan uchirishni ta`minlash; 

-  tanaffuslar  paytid  monitorni  o’chirishni,  o’quvchilarni  honadan 

chiqarib, honani shamollatish; 

-  EXMda  ishlash  vaqtida  xar  20-25  minutdan  so’ng  ko’z  uchun 

mashqlarni majburiy o’tkazishni tashkil etish; 

-  umumiy  toliqishni  bartaraf  etish  uchun  tanaffus  paytida  3-4 

minutlik  fizkultpauza  va  lokal  toliqishga  1-2  minutlik  individual 

fizkultdaqiqa tashkil etish. 

Qoidalarda  barcha  turdagi  mashqlar,  shu  jumladan  ko’z  toliqishini 

bartaraf etish uchun bir necha xil komplekslar berilgan bo’lib, ularni xar 2-

3  xaftada  almashtirish  tavsiya  etiladi.  Yana  shu  bilan  birga  o’quv 

mashg’ulotlarini  o’tkazishning talablari berilgan, unga asosan talabalarda 

mashg’ulotlarni  soat  17  dan  keyin  o’tkazish  tavsiya  etilmaydi  va  x.k.. 

talabalarning  xarakatlanishi  va  kompyuterda  ishlash  tartibi  ixtiyoriy 

o’rnatilgan. 

Qoidalarda  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarining  o’quvchilarining  EXM 

da ishlash tartibini o’rnatishga qat`iy talablar qo’yiladi, xususan, EXM da 

ishlash o’quv darsi davomida: 

1- kurs o’quvchilari uchun -kuniga 30 minutdan oshmasligi; 

2-  va  3-  kurs  o’quvchilari  2  soatlik  darsda  birinchi  va  ikkinchi 

soatlarida  30  minutdan,  20  minutlik  interval  bilan,  tanaffus,  o’quv 

materialini tushuntirish va savol-javoblar bilan birgalikda o’tkazilishi; 

3-  kurs  o’quvchilari  uchun  VDT  va  XT  bilan  ishlash  vaqtini 




 

 

500 



kompyuterda  bevosita  ishlash  butun  dars  davomida  50%  dan  oshmaslik 

profilaktik  chora-tadbirlarga  rioya  qilgan,  ya`ni  fizkultdaqiqa  va 

fizkultpauzlar, ko’rishga doyr mashqlarni bajarish sharti bilan 3 akademik 

soatgacha uzaytirishga ruxsat beriladi. 

Ko’rish toliqishining profilaktikasi uchun VDT va XT bilan ishlash 

vaqtda  xar  20-25  minutda  ko’z  uchun  mashqlar  o’tkazish,  ko’z 

charchashini  tez  rivojlanishi,  sanchishi,  ko’z  oldini  lipillashi  shaklida 

ifodalangan ko’rish diskomforti paydo bo’lganida individual, ko’rsatilgan 

vaqtdan oldin ko’z mashqarini bajarish lozimdir. 

Umumiy  toliqishni  bartaraf  etish,  asab,  yurak-tomir,  nafas  olish 

tizimlarining  funktsional  xolatini  yaxshilash,  xamda  yelka,  qo’l,  kurak, 

bo’yin  va  oyoq  muskullari  uchun  fizkultdaqiqalar  o’tkazish  lozim.  VDT 

va  shaxsiy  kompyuterlardan  foydalanib  utqaziladigan  fakultativ  va 

to’garak  mashg’ulotlari  xaftasiga  2  soatdan  oshmasligi,  bunda  bevosita 

VDT  va  shaxsiy  kompyuterlarda  ishlash  vaqti  o’quv  mashg’ulotlari  kabi 

barcha  ish  tartiblariga  rioya  qilgan  xolda  1  soatdan  oshmasligi  kerak. 

Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida o’quv va darsdan tashqari 

VDT  va  shaxsiy  kompyuterlardagi  o’yinli  mashg’ulotlar  tartibini  tashkil 

etishga yanada kuchaytirilgan talablar qo’yiladi.  

10-11  sinf  o’quvchilari  uchun  informatika  va  hisoblash  texnikasi 

asoslaridan darslar xaftasiga 2 tadan oshmasligi, boshqa sinflarda  VDT va 

shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladigan dars 1 tadan oshmasligi kerak. 

Bunda bevosita VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti 

- 1-sinf o’quvchilari  uchun (6 yosh) - 10 minutdan; 

- 2-5-sinf o’quvchilari  uchun - 15 minutdan; 

- 6-7 -sinf o’quvchilari  uchun   - 20 minutdan; 

- 8-91-sinf o’quvchilari  uchun - 25 minutdan;    

-10-11-sinf o’quvchilari uchun birinchi o’quv soatida - 30 minutdan, 

ikkinchisida - 20 minutdan oshmasligi kerak.  

VDT  va  shaxsiy  kompyuterlardan  foydalanib  o’tkaziladigan 

to’garak  mashg’ulotlari  xaftasiga  2  martadan  ortiq  bo’lmay,  2-5  sinf 

o’quvchilari  uchun  (7-10  yosh)  -  60  minutdan;  6-  va  undan  yuqori  sinf 

o’quvchilari  uchun  90  minutgacha  davom  etishi  mumkin.  Bunda  barcha 

vaqtni  serxarakat  o’yinlarni  o’ynashga  ajratish  kerak  emas.  Ularni 

o’ynashga  2-5  sinf    o’quvchilari    uchun  dars  oxirida  10  minutgacha, 

yuqori  sinf  o’quvchilari  uchun  15  minut  vaqt  ajratilishi  kerak. 

Maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  ongni  rivojlantiruvchi  dasturli 

kompyuter  o’yinlari  ishtirokidagi  mashg’ulotlar  5  yoshli  bolalar  uchun 7 

minutdan, 6 yoshli bolalar uchun- 10 minutdan oshmasligi kerak. 



 

 

501 



Maktabgacha 

tarbiya 


muassasalarida 

kompyuterli 

o’yin 

mashg’ulotlarini  uslubchi  ishtirokida  xaftasiga  ikki  martadan  oshmay, 



bolalarning  ish  qobiliyati  kuchaygan  seshanba,  chorshanba  va  payshanba 

kunlari o’tkazish kerak. 

Mashg’ulotdan  so’ng  ko’zlar  uchun  gimnastika  o’tkazish  darkor. 

Bitta  VDT  yoki  shaxsiy  kompyuterdan  yoshidan  qat`iy  nazar  ikki  va 

undan ortiq bolani foydalanishi taqiqanadi. 

Mexnat  va  dam  olish  tartibiga  to’g’ri  rioya  qilish  ko’rish 

analizatorining  zo’riqishini  pasaytirish  imkonini  beradi  va  maktab, 

maktabgacha  tarbiya  muassasalari  tarbiyalanuvchilarining  ko’rish 

apparatining  aloxida  jaroxatlanishga  moyilligi  sababli  dolzarb  bo’lgan 

ko’rishini yomonlashuviga yo’l quymaydi. 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish