Bitiruv malakaviy ishi boblari va paragraflari
|
Beti
|
Kirish
|
5
|
I-bob.
1-§. Kompyuterning tizimli bloki.
|
9
|
1.1 Kompyuterning markaziy protsessor qurilmasi.
|
12
|
1.2 Kompyuterning sovutish tizimi qurilmasi.
|
14
|
1.3 Kompyuterning quvvat manbai (blok pitaniya) qurilmasi.
|
15
|
1.4 Kompyuterning videokarta qurilmasi.
|
16
|
1.5 Kompyuter xotirasi va unung turlari.
|
19
|
II-bob.
2-§ Monitor qurilmasi va uning turlari.
|
22
|
III-bob.
3-§. Kompyuterning klaviatura qurilmasi
|
26
|
Xulosa va takliflar
|
30
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
31
|
KIRISH
Kompyuter— inglizcha so'z bo'Iib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. SHunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi -kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko'pchilikning tushunchasida go'yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko'p. SHulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo'lsa, ikkinchi tomondan, ko'p masalalarni echish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Xozirda kompyuter termini ko'p uchrasa-da, shu bilan birga kompyuter (elektron hisoblash mashinalari), XM (xisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud; raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun ulardan ko'proq foydalanilmoqda.Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo'lish mumkin:
— super kompyuterlar (Super Computer);
— katta kompyuterlar (Manframe Computer);
— kichik kompyuterlar (Minicomputer);
— shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
— bloknot( Notebook ) kompyuterlar.
Ikkinchi Jahon urushi qanchalik yomon bo'lmasin, lekin u aynan u texnika taraqqiyotiga kuchli turtki berdi va o'sha yillarda kompyuterlarning (hisoblash) dastlabki g'oyalari tug'ildi va amalga oshirildi. Dastlab, kompyuterlar juda katta
5
hajmdagi joyni egallab oldilar, ko'p quvvat sarfladilar va juda cheklangan funksiyalarga ega edilar. Hali monitorlar yo'q edi, lekin ma'lumotni ko'rsatish uchun chiroq panellari ishlatilgan. Kompyuterning barcha xususiyatlariga ega bo'lgan birinchi hisoblash mashinasi nemis olimi Konrad Zuse tomonidan 1941 yilda ixtiro qilingan. U Z3 deb nomlangan va u telefon relelariga asoslangan ikkilik kalkulyator edi soat chastotasi 5.33 Hz. Ushbu kompyuterda, shuningdek, 2200 ta xotira joyiga ega edi. Ilgari, bu olim Z1 va Z2 eksperimental modellariga ham ega edi, ammo aynan Z3 haqiqiy kompyuterga biroz bo’lsada o'xshardi. Z3 Germaniyaning Aerodinamik instituti tomonidan samolyotlar va boshqariladigan raketalar dizayni uchun ishlatilgan. Ammo, afsuski, 1943 yildagi reyd paytida bitta prototip kompyuter yo'q qilindi (keyinchalik 60 yilda rekonstruktsiya qilingan). Z3 keyingi Amerika modellariga qaraganda ancha kichik edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |