Bog'liq 6. KESISUVCHI ASBOBLARNI ISHGA SOZLASH ISH TURIGA QARAB
Arra turlari. a-dastarra, b-g‘о‘lvorarra, v-burcharra
.
Bu arrani ishlatish vaqtida tanasi tarang tutib turish uchun chilvir orasidan о‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash kerak. Bur arralarni kashakli arra, yoy arra deb ham ataladi.
Burilma yoy arralar taqasimon tutqichga maxkamlanadi yupqa ensiz va kalta arra tanasidan iborat ixcham qо‘larra bо‘lib, faner, yupqa taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar arralash uchun ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6-1,25 mm eni 2-10 mm, uzunligi 200-350 mm gacha bо‘ladi. Burilma arralarning lobzik yoki qil arra deb hamataladi.
Sarjin arra yog‘och g‘о‘lalarini 2 kishi bо‘lib arralash uchun ishlatiladi. Bu arralarning tanasi uzunva keng bо‘lib, uning ikki uchiga yog‘och dastalarо‘rnatiladi. Bu dastalarning о‘q chizig‘i arra tanasi bilan bir xil tekislikda о‘rnatiladi. Sarjin arrani g‘albо‘r arradeb hamataladi. Ularning tanasi turli uzunlikda tayyorlanadi. Taxtabо‘r arra yо‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi bо‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu arradan foydalanishda yog‘ochni taxta tiluvchilarning biri uning ostida va ikkinchisi ustida turib arralashlari uchun maxsus tayyorlangan joyga maxkamlanadi. Taxtabо‘r arraning dastalari uning tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib turadigan xolatda о‘rnatiladi. Yо‘g‘on yog‘ochlardan taxta tilish uchun ishlatiladigan taxtabо‘r arrani ishlatilayotganda yuqori bо‘ladigan uchidagi dastasini shu uchidan davom ettirilgan metall tayoqning uchiga о‘rnatiladi. Buning natijasida taxtatilinayotgan yog‘ochning ustiga arra tortayotgan odamning kamroq egilishini ta’minlaydi.
Arralar vazifasiga kо‘ra qirquvchi, tiluvchi arralash arralariga bо‘linadi.Bu arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi.
Qirquvchi arralar yog‘ochni kо‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. Ularning tishlari teng yoki uchburchak shaklida bо‘lib, ular arra tanasining davomidan о‘tkir uchlari tashqariga tik yо‘nalgan xolda chiqariladi.
Tiluvchi arralar yog‘ochni bо‘yiga arralab tilish uchun ishlatiladi. Ularning tishi о‘tkir burchakli bо‘lib, ular arra tanasi davomidan tashqarida tik yо‘nalgan uchburchak shaklida chiqariladi.
Yoy arralarni yog‘ochni kо‘ndalangiga ham da bо‘yiga arralash uchun ishlatiladi. (12-rasm)Bunday arra yog‘ochda arra tanasi qalinligidan kengroq yо‘l ochib arralaydi.
Yog‘ochni arralayotganda arratanasi qisilib qolmasligi uchun shunday qilinadi. Bunda tishlar arra tanasining qalinligiga qarab, undan 1 yoki 2 mm kengroq chiqariladi. Chappa rosta qilishda arra tishlari ikkala yonga bir xilda burilishi shart. Shunday bо‘lmasa, bunday arra bilan aniq arralash talab qilinadigan ishlarni bajarib bо‘lmaydi. Mayda tishli, tanasi yupqaarralarni kо‘pincha chappa rosta qilinmaydi.
Arralarning tishlari egov bilan charxlab о‘tkirlab turiladi. Arrani uning hamma tishlari bir xil darajada о‘tkirlanishi shart. Shunday bо‘lmasa, bunday arra bilan aniq arralash zarur bо‘lgan ishlarni bajarib bо‘lmaydi. Rejalangan yog‘ochni qо‘l arra bilan arralashda reja chizig‘i arra izining chetida qolishi lozim. Arrani tо‘g‘ri ushlashni va uni ishlatayotganda reja chizig‘i bо‘ylab arralarni yaxshilab о‘rganib olish uchun arrani birinchi xarakatida 45 s gacha qiya ushlanadi. Lekin fanera, karton yoki yupqa yog‘ochlarni arralashda 15 s gacha yotiq xolda ushlanadi.
Yupqa materiallarniarralash uchun mayda tishli arradan foydalaniladi.
Arralanayotgan materialniushlab turgan qо‘l jaroxatlanmasligi uchun birorta yog‘och bо‘lagidan iborat tirgak qirrasini arralash chizig‘i ustida tо‘g‘rilab qо‘yish, ushlab turish va arrani unga taqab yurgizish lozim.
Yog‘och materialini kerakli burchak ostida aniq aralash uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Bu moslamani porsi qolip deyiladi. Arralayotgan yog‘och materialni tutib turishni osonlashtirish uchun bir uchiga tirgak о‘rnatilgan taglik taxtadan foydalaniladi.