О‘lchash va rejalash asboblari.
Uzunligi bir metr chiziqlarni metr deb ataladi. Ular ham shunday maqsadlarda ishlatiladi. Buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bо‘lishi uchun buklanadigan qilib yasaladi.
Ruletlar bir nechametr uzunlikdagi metal va boshqa materialdan foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bо‘lingan tasmadan iborat. Ular bir necha metrgacha bо‘lgan uzunliklarni aniq ishlash uchunishlatiladi.
Gо‘niyalar yog‘och yoki boshqa materialdan foydalaniladi. Ular tо‘g‘ri burchaklarni о‘lchash, belgilash, chizib va tekshirib kо‘rish uchun ishlatiladi.(10-rasm) Shu bilan birga boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan gо‘niyalar ham ishlatiladi.
О‘lchov andazalari bir xil buyumni kо‘plab tayyorlashda qо‘llaniladi. О‘lchov andazasi bir xil uzunlikni kо‘p marta о‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Shu maqsadda tayyor buyum namunasidan ham foydalanish kerak.
Rejalar deb tayyorlanadigan buyumning kerakli о‘lchamlardagi shakllarini yog‘och materiallariga chizishni aytiladi. Rejalash uchun yuqorida aytilgan о‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, har turli rejalash andozalaridan foydalaniladi.
Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan xolda unga parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama u kunda uning teshiklariga о‘rnatiladigan reykalar о‘ziga urnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki qalamlardan iborat bо‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mumkin.
Pargar (sirkul) turli aylanalar, aylana yoylari chizish ham da uzunliklarni о‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlangan, umumiy о‘qqa о‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar oyoqlaridan birinchi uchiga igna ikkinchisining uchiga qalam о‘rnatiladi. О‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna о‘rnatiladi.
О‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq qalamlardan foydalaniladi.
Rejalash andozalari karton, qog‘oz, faner, metal, plastmassa, yog‘och kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ularturli burchaklar, aylanalar, aylana yoylari, kо‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar andozalaridan iborat bо‘ladi. Ular kerakli shaklini ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qо‘yib chizib olish yoki boshqa ishlar bajarish uchun qо‘llaniladi. Shu maqsadda ba’zan tayyor buyum na’munasidan ham foydalanish mumkin.
Rejalash tayyor buyumining о‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasiga qarab bajarilishi mumkin.
Tayyor buyumning о‘ziga qarab rejalashda shu buyumning har bir detali qanday shaklda va о‘lchamlarda ekanligini aniqlanadi, sо‘ng shu о‘lchamdagi о‘lchamlarni yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida kо‘chirib chiziladi.
Bunda ayrim detalning о‘zidan andoza sifatida foydalanib chizish ham mumkin.
Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi asosida ularda kо‘rsatiladigan о‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och materialiga chiziladi.
Arralar
Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yо‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish kerak bо‘ladi. Bunda yog‘ochni kо‘ndalangiga, bо‘yiga, xar xil qiyalikda hamturli egri chiziqlar bо‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan har turli arralar yordamida arralash orqali bajariladi. Bu arralar tuzilishiga kо‘ra qо‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bо‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi.
Yog‘och uchun qо‘l kuchi bilan ishlatiladigan arralar kishi ishlatiladigan qо‘l arra (dasta arra) lar hamda ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘о‘labо‘r) arralar va taxtabur arralarga bо‘linadi. Ushbu barcha arralarning xillari kо‘p bо‘lib, ularning asosiy qismi pо‘latdan tayyorlanadigan arra tanasi xisoblanadi. Arra tanasining uzun tomonidagi bir yonidan arra chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga kо‘ra uzun va qisqa, qalinligiga kо‘ra qalinva yupqa, kengligiga kо‘ra keng, tor, ingichka va qil arra turlariga bо‘linadi. Tishning tuzilishiga kо‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining kattaligiga kо‘ra yirik, о‘rta, mayda tishlar arralarga ajratiladi. Bir arra turi о‘zi moslashtirilgan aniqlik va sifatigaega bо‘lgan arralash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Ularning ayrimlari mamlakatimizning turli joylarida bir necha xil maxalliy nomlari bilan hamnomlanadi.
Bulardan qо‘l arralarining turlari kо‘p bо‘lib, ular tanasi va unga biriktirilgan yog‘och, plastmassa yoki metall dastadan iborat. Ular bir-biridan tanasining uzunligi, qalinligi hamda tishlari bilan farqlanadi. Ularning tishi о‘rtacha kattalikda bо‘ladi. Qо‘l arralarning tishlari qanchalik mayda va tanasi kalta bо‘lsa, shunchalik nozik va yuqori aniqlanadigan aralash ishlari bajariladi. Shunday ishlarda foydalaniladigan arralarni chok arra, kalta arra, turtma arra deb ataladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlar aralash uchun ishlatiladi. Bu arralarni dast arra, shadabо‘r arra deb ham ataladi
Qо‘l arralarning burcharra, burama yoy arra deb ataladigan hamda boshqa turlari ham bor.
Burcharralar tanasi yupqa bо‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Shunday moslamaga о‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq, 2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |