I-bob. Adabiyotlar tahlili. Kerosinning ochilish tarixi.
Kerosin neftning tarkibiy qismi bo’lganligi uchun uning ochilish tarixini neftni qayta ishlash davrini o’rganishdan boshlash zarur.
Neftni qayta ishlash tarixini shartli ravishda uch bosqichga ajratishimiz mumkin;
birinchi bosqich: turli qadimgi qo’lyozmalarda tog’ jinslaridan neft va gazni ajratib olishga doir juda ko’p ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bunga misol tariqasida o’lik dengiz qirg’oqlarida Geradod, Plutarx, Pliniya, kasbiy dengiz qirg’oqlarida Suriya, Persiya, Xindiston, Amudaryo qirg’oqlarida topilgan neft va gaz zaxiralari haqidagi yozib qoldirilgan qo’l yozmalarni misol qilib olishimiz mumkin.
Qadimda neft tibbiyotda, qurilish va xarbiy soxalarda, bundan tashqari yoqilg’i va yoritish vositasi sifatida ishlatilib kelingan. Yoritgichlarga tabiiy neft ishlatilgan bo’lsada, ammo yengil, tiniq yonilg’i shaklidagi neft eng yaxshi yonilg’i hisoblangan. Ma’lum davrga kelib yengil neft tanqisligi yuzaga kela boshlashi bilan neftni oddiy xaydash orqali undan tiniq yengil fraksiyani ajratib olish boshlandi.
Oddiy xaydash qurilmasini o’rta asrlarda G’arbiy Ukrainaning Uxte daryosi qirg’oqlarida amalga oshirilgan. 1821-1823 yillarga kelib Kavkazning Mozdok shaxrida aka-uka Dubininlar tomonidan birinchi sanoat usulida neftni xaydash qurilmasi yaratildi. Aynan shunday qurilmalar dunyoning ko’zga ko’ringan mamlakatlaridan Angliyada 1848 yilda, Amerikada 1860 yilda Pensilvaniya shtati Titusvil shaxrida ishga tushurildi.
Dastlabki xaydash qurilmasi davriy ravishda ishlovchi kub bo’lib, xaydash mahsuloti bo’lsa tiniq va shafof kerosin bo’lgan. Yengil benzin fraktsiyasi va qurilma tubida qolgan mazutni maqsadsiz ravishda yoqib yuborilgan.
XX-asrning saksoninchi yillariga kelib davriy ravishda ishlovchi xaydash qurilmasi kubi rus injinerlari L.F.Inchik, V.G.Shuxov va N.N.Yeminlar
tomonidan yaratilgan doimiy ravishda ishlovchi batareya shaklidagi kubga almashtirildi.
1876 yilda isitish qozonlariga mazutni yoqilg’i sifatida yoqish uchun forsunkalar kashf qilindi. Natijada mazutni yonilg’i sifatida ishlatila boshlandi. O’sha yili rus olimi D.I.Mendeleev mazutdan surkov moylari olish mumkinligini isbotlab berdi. Bu esa o’z-o’zidan o’simlik va xayvon yog’laridan tayyorlanuvchi surkov moylarini qo’llanilishdan siqib chiqarishga sabab bo’ldi. Xattoki Rossiya, AQSh va ayrim davlatlarda neftdan moy ishlab chiqarish avjiga chiqa boshladi.
1890 yilga kelib V.G.Shukov va S.P.Govilov olovli zig-zag qizdirgich, bug’latgich, rektifikatsion kolonka va issiqlik almashtirgichdan iborat uzluksiz xaydash qurilmasini patentlashdilar. 1910 yildan boshlab uzluksiz xaydash qurilmalari butun dunyo bo’ylab tarqala boshladi[3].
Do'stlaringiz bilan baham: |