Sopolning turlari.
Sopol qadimda ishlatiladigan tuproqning tarkibiga qarab ishqorli, ohakli, temirli va boshqa turlarga ajratilgan. Tayyor sopol mahsulotining rangiga qarab ham turlarga bo'lish odat bo'lgan. U och-sariq, qizg'ish, kulrang, ko'kimtir, qizg'ish-jigarrang, qoramtir va boshqa ranglarda tayyorlangan.
Qurilish va sanoat qurilishi materiallariga devorbop va bezakbop sopol-koshin va boshqa buyumlar, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol kuvurlar, sanitariya-qurilish sopol buyumlari kiradi. Texnika materiallari esa gal'vanika elementlari qobig'i, kimyoviy moddalarga chidamli sopol buyumlari, fil'trlovchi kovak sopol, nur texnikasi sopoli, metall quyiluvchi qolip kabi mahsulotlardan tashkil topgan. Maishiy-xo'jalik materiallari va buyumlariga sopoldan yasalgan uy-ruzgor idishlari (lagan, kosa, choynak, tarelka, piyola va boshqalar) va badiiy-dekorativ buyumlar (bolalar uyinchokdari, haykalcha, yirik haykallar, vaza va boshqalar) kiradi.
Ohakli fayans - yumshoq fayans yoxud o'rta asr fayansi nomi bilan mashxur. Bu fayans turiga «turk» fayansi, yarim fayans buyumlari kiradi. Bu mahsulotlar milodiy X-XVIII aerlarga oid bo'lgan fors sopolsozligiga asoslangan bo'lib, uning tarkibida 30-40 % gil, 30-50 % kvarts, 0-10 % dala shpati va 10-15 % ohaktosh bo'lgan. Ba'zi yerlarda ohaktosh o'rniga dolomit minerali ham ishlatilgan. Odatda ularning yuzasi tarkibida qo'rg'oshin oksidi bo'lgan sir bilan qoplanadi. Qo'llanilayotgan sir rangli, oq va shaffof bo'lishi mumkin.
Qattiq fayans -fayans buyumlari orasida muhim o'rin egallaydi. Fayansning bu turi dala shpatili fayans nomi bilan ham ataladi. XvIII asrning boshlarida nemis hunarmandlari birinchi bo'lib bunday sopol buyumlarni kashf etishdi. Ularning massasi tarkibiga 45-65 % kulrang gilmoya, 25-40 % qumtosh va 8-15 % dala shpati kiradi. Gilmoya qisman chinni gili, dala shpati esa ishlab chiqarish chikindisi bilan almashtirilishi mumkin.
Shamotli fayans buyumlarini olishda massa tarkibiga ko'p miqdorda shamot qo'shiladi. Shamot o'z navbatida chinni gili yoki boshqa alyuminiy (III) oksidiga boy bo'lgan gilmoyani yuqori temperaturada bir necha soat davomida qizdirish yuli bilan olinadi. Shamotli fayans yuzasiga kalin angob, sungra shaffof bo'lmagan sir surtiladi. Angobni ishlatishga shamotli fayans tarkibiga kiruvchi gilmoya vosita bo'ladi. Odatda bu xomashyo yog'li va yopishqoq bo'lishi kerak. Oxirgi xususiyatlar esa tarkibida temir va alyuminiy moddalari ko'p bo'lgan gillarga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |