Keramika materiallari va buyumlar texnalogiyasi. Keramika


Qo'llanilishiga ko'ra bo'linishi



Download 73,41 Kb.
bet2/7
Sana16.03.2022
Hajmi73,41 Kb.
#496332
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Keramika materiallari va buyumlar texnalogiyasi.

Qo'llanilishiga ko'ra bo'linishi. Materiallarni tatbiq etilishiga ko'ra keramika va shishalar uchta katta qismga bo'linadi:
1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari;
2) texnika materiallari;
3) maishiy-xo'jalik materiallari.
Qurilish va sanoat qurilishi materiallariga qurilish keramikasi mahsulotlari, o'tga chidamli materiallar va qurilish shishasi kiradi. Kurilish keramikasi devorbop, tombop va fasadbop keramika, pol plitasi, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol kuvurlar, kimyoviy moddalarga nisbatan chidamli keramika, fil'trlovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya-qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan.
Keng ko'lamda sanoat qurilmalari qurilishida ishlatiladigan o'tga chidamli materiallar kimyoviy-mineralogik tarkibiga hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab sakkiz tur (qum-tuproqli, alyumosilikatli, magnezial xromitli, tsirkoniyli, karbonli, oksidli va kislorodsiz) moddalarga ajraladi.
Texnikada qo'llanuvchi materiallar, asosan texnika keramikasi, texnika shishasi va texnika sitalli gruppalariga mansub. Ko'p manbalarda texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o'z ichiga olishi qayd etilgan: yuqori o'tga chidamli oksidlar keramikasi; silikat va alyumoslikatlar asosidagi keramika; titan (Iv) oksidi, titan, tsirkon va boshqa kimyoviy birikmalar asosida dielektrik o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan keramika; ferroshpinel va boshqa birikmalar asosida olinadigan magnit xossali keramika; yuqori temperaturada eriydigan kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermetlar.
Maishiy-xo'jalik materiallari va buyumlari asosan nafis keramika va maishiy shishadan tashkil topgan. Nafis keramika buyumlari ikki turga — chinni va sopol buyumlarga, maishiy shisha buyumlari esa uch turga — shisha idish (tara) sortli shisha va badiiy dekorativ shishaga bo'linadi. Maishiy-xo'jalik buyumlarini yana o'tga chidamli materiallar va sitallar asosida ham olish mumkin.
Tarkibga ko'ra turlari. Shuning asosida barcha moddalar 8 ta gruppaga bo'linadi. Ular ham o'z navbagida kompozitsiya tashkil etuvchi asosiy xomashyo minerallari miqdorining o'zaro nisbati asosida 18 ta tipga bo'linadi.
Shishalar quyidagi turlarga ajratiladi: silikatli, boratli, fosfatli, germanatli, telluritli, selinitli, alyuminatli, gallatli, arsenatli, antimonatli, vismutli. titanatli, vona- datli, molibdatli, vol'framatli, galogenidli va hokazo. Bulardan silikatli va fosfatli shishalar muhim amaliy axamiyatga ega. Silikatli shishalar asosini kremnezyom, ya'ni SiO2 tashkil qiladi. Bunday mahsulotlar turkumiga qurilish shishasi, silliklangan shisha, arxitektura maksadlarida xizmat qiluvchi shisha, shisha tara va shisha idishlar kiradi. P2O4 asosida olingan fosfatli shishalar texnika va optika shishalari hamda elektrovakuum sanoati shishalaridan iborat. V2O5 asosida olingan boratli shisha optika va termik turg'un shishalar olishda qo'l keladi. Tarkibida PbO bo'lgan shishalar, billur mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qullaniladi.

Download 73,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish