KENGASHOV O'TKIRBEK
MO'M 19 2
Fan nomi: Matematika tarixi
Mavzu: Qadimgi yunonistonda ioniylar maktabi faoliyati
reja - Qadimgi yunonistonda fanning rivojlanishi
- Iyoniylar maktabi ( MILET MAKTABI)
- Miletlik Faless
MILET MAKTABI — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Mil. av. 6-a. da vujudga kelgan. Ioniya dengizi sohilidagi Milet sh. nomidan olingan. Yirik namoyandalari — Fales, Anaksimandr, Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tushunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol. si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar.
MAKTAB ASOSCHILARI: - Yunonistonda fanning vujudga kelishini odatda ioniya naturfilasofiya maktabi (e.o. VI asr) bilan bogiashadi. Bu maktabning asoschisi miletlik Fales, uning o‘quvchilari-Anaksimen, Anaksimindrdir
Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bo‘lishini isbotlab bergan. Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini oldindan aytib bergan. Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o‘lchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Quyoshning harakati haqida». «Tengkunlik haqida». Sitseron shunday guvohlik beradi: «Falsafa Falesdan boshlanadi, u birinchi edi».
MILETLIK FALES (Miloddan avvalgi 625-547 yillar)
ANAKSIMEN, FALES, ANAKSIMANDR - Anaksimen «Er silindr shaklida» degan g‘oyani aytgan. Bu o‘sha davr fani uchun juda ham katta olg‘a siljish edi. Falesning o‘zi esa e.o.585 yilning 28 mayida ro‘y berishi lozim bo‘lgan quyosh tutilishini oldindan aytib bergan. Anaksimandr birinchi bo‘lib geografik karta tuzgan. Geometriya bilan birinchi bo‘lib shug‘ullangan ham ioniyaliklar boigan.
FALESNING QILGAN ISHLARI - QIRG’OQDAN DENGIZDAGI KEMAGACHA BO’LGAN MASOFANI O’LCHASH USULINI
:
2) Narsailing balandligini uning soyasiga qarab aniqlashni. U narsaning soyasini quyosh nurlari 45 daraja burchak ostida tushganda, ya’ni predmetning balandligi uning o‘z soyasiga teng bo‘lgan paytda o‘lchagan
1 MUOMMONING YECHIMI - Birinchi muammo quyidagicha hal qilingan: qirg‘oqda A nuqta tanlangan, undan dengizdagi AB (hayoliy)to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan . Shu A nuqtadan AB to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar qilib AC to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan. С nuqtadan CE perpendikulyar CA yasagan va AC ning o‘rtasi D nuqtaga o‘lchov tayog‘i o‘matilgan. CE to‘g‘ri chiziq bo‘ylab E,D,B nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda yotguncha yurilgan. Shunda DCE burchak DBA tengligi bo’lgan, C va B burchaklar 90 , CDE burchak ADB teng vertikal va CD chiziq DA ga teng. EDC = BAD uchburchklar tengligiga kora CE = AB boladi
A
B
D
E
C
410-485-yillarda yashagan Prokl quyidagi teoremalaming isbotlarini ham birinchi boiib Fales berganligini yozadi. - 1. Teng yonli uchburchaklaming asoslaridagi burchaklari tengdir.
- 2. Bir uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikki burchagi ikkinchi uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikki burchagiga mos ravishda teng bo‘Isa, bu uchburchaklar tengdir.
- 3.1kki to‘g'ri chiziqning kesishishidan hosil boMgan vertikal burchaklar tengdir. 4.Doiraning diametri uni teng ikki qismga ajratadi.
MAKTAB DAVOMCHILARI - Ioniyaliklaming naturfilosofiya maktabi e.o. 494-yilgacha ishlab turdi. E.o. 530-yili esa Yuionistonda ikkinchi yangi naturfilosofiya maktabi vujudga keldi. Bu mashhur matematik Pifagor maktabi edi. Maktabning asoschisi Pifagor (e.o. VI asr) Samos orolida tug‘ilgan va e.o. 530 yili Kroton (Janubiy Italiya)ga ko‘chib kelgan va shu erda pifagorchilar ittifoqini tuzgan. Bu ittifoq ilmiy, diniy va siyosiy uyushmadan iborat bo‘lgan. Ittifoq yaratgan kashfiyotlar sir tutilgan va ulaming ittifok boshlig‘i Pifagoming nomiga yozilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR - A.ABDURAXMONOVNING “ MATEMATIKA TARIXI”
- ARXIV. UZ
- WIKIPEDIYA
- ZIYONET.UZ
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |