Kemiruvchilarning asosiy turlari ya hayot kechirishi


Sut emizuvchilar sinfining umumiy tavsifi



Download 61,29 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2022
Hajmi61,29 Kb.
#577825
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kemiruvchilarning asosiy turlari ya hayot kechirishi.

Sut emizuvchilar sinfining umumiy tavsifi.
Sut emizuvchilar umurtqali xayvonlarning eng yuqori taraqqiy etgan sinfi xisoblanadi. Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari quyidagilar xisoblanadi.
1. Bosh miya juda katta va unda oliy nerv faoliyatining markazi yani kulrang miya moddasidan tashkil topgan yarim sharlar po’stlog’i, ayniqsa rivojlangan, xidlov qo’ruv va eshituv organlari xam kuchli rivojlangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta uzangi sandon va bolg’acha kabi eshituv suyaklari joylashgan.
2. Tishlari grupalarga, ya’ni kurak, keskich va oziq tishlariga bo’lingan va pastki jag’i bevosita miya qutisiga birikib ketadi. Pastki jag’ faqat bitta tish suyagidan tashkil topadi.
3. Issiq qonli, yuragi 4 kamerali bo’lib undan faqat chap aorta yoyi chiqadi va qon aralashmaydi. Gavda temperaurasining doimiy bo’lishi termoregullyatsiya moslamalari borligi tufayli yuzaga keladi.
4. Ko’pchilik sut emizuvchilar uchun tirik bola tug’ish embrionning ona qornida maxsus organ yo’ldosh yordamida rivojlanishi, tug’ilgan bolasini sut bilan ovqatlantirish kabi xususiyatlar xosdir.
Sut emizuvchilar o’ziga xos morfologik belgilari bilan xam xarakterlanadi. Terisi jun bilan qoplangan xar xil bezlarga boy. Bosh skeleti umurtqa pog’onasi bilan 2 ta ensa bo’rtmasi orqali birikadi. Tishlari maxsus chuqg’urchalarda-al’veolalarda joylashadi. Bilak bo’g’imi orqaga, tizza bo’g’imi esa oldinga qaratilgan bo’ladi. Ko’krak va qorin bo’shlig’ini diofragma pardasi ajratib turadi.
Teri qoplagichlari boshqa umurtqali xayvonlarning teri qoplagichlariga nisbatan ancha murakkab tuzilgan va vazifasi xam xilma xil. Terisi xamma umurtqalililardagi singari tashqi epidermis va pastki chin teridan iborat. Epidermisning pastki qatlami tirik qoplovchi xujayralardan tashkil topgan va mal’pigiy qatlami deyiladi. Ustki tomonga borgani sari xujayralar yassi shaklga aylanadi, keratogialin kiritmalari xosil bo’lib, xujayraning ichini to’ldiradi. Xujayra o’ladi, natijada shox qatlam xosil qiladi. Eng ustki tomonidagi o’lik xujayralar “kepak” sifatida tushib turadi. Bu protsess malpigiy qavat xujayralari xisobidan tiklanib, turadi. Epidermis xar xil teri xosilalarini soch, tirnoq, changal tirnoq, tuyoq, kovak shox, tangacha va bezlarni beradi.
Soch ustki tana terisiga kirib turgan tomirdan iborat. Soch tanasi yumshoq o’zak moddasidan uni o’rab turgan zich po’stloq qatlami va yupqa tashqi po’stdan tashkil topgan. Soch tomirining pastki uchi kengayib soch so’g’onini xosil qiladi. Soch so’g’onnini pastiga soch so’rg’ichi kirib turadi. Soch tomiri chin teriga anchagina botib kiradi va soch xaltasida joylashadi. Soch xaltasiga yog’ bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Soch shakli vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalariga bo’linadi.
Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplagichlarining asosini kalta mayin tivit tashkil qiladi. Tivit orasida uzun yo’g’on hamda qattiq qillar joylashadi. Yer tagida yashovchi qrotlarda qil bo’lmasdan faqat tivit bo’ladi. Bug’i cho’chqa va tyulenlarda, aksincha tivit deyarli bo’lmasdan qil bo’ladi. Tipratikon va jayralarda esa qil o’zgarib tikonga aylanadi. Vibrissalar qo’shimcha tuyg’u vazifasini bajaradi va hayvonning boshida joylashadi. Masalan, mushukning mo’ylovi.
Epidermisning shox xosilariga tangachalar kiradi. Sut emizuvchilarning tangachalari o’zining tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash bo’ladi. Tangacha yashcherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari tangacha bilan qoplangan. Tuzilishiga ko’ra bir xil bo’lgan changak tirnoq va tuyoq turli darrandalarda xar xil rivojlangan. Bularning hammasi qattiq shox plastinkadan yostiqchasidan tashkil topgan. Shox xosilalariga yana xo’kizlarning qo’y va echkilar shoxi kiradi.
Bu hayvonlarning shoxi epidermisdan rivojlanadi va peshona suyagiga qo’shilib ketadi. Bug’ilarnng shoxi esa teri hisobidan taraqqiy etadi va suyak to’qimasidan tuzilgan.
Sut emizuvchilarning terisi tuzilishi va vazifasi jixatidan xar xil bo’lgan bezlarga boy bo’ladi. Teri bezlari epidermis kurtagidan xosil bo’ladi va chin teri bo’shlig’iga botib turadi. Yog’ bezlari uzum boshiga o’xshab tuzilgan, uning chiqarish yo’li soch xaltasiga ochiladi, skeleti sochni va terini yog’lab turish uchun xizmat qiladi.
Sut bezlari teri bezining o’zgargan shakli bo’lib, faqat urg’ochilarda rivojlanadi, bir yo’llilardan tashqari hamma sut emizuvchilarning sut bezlarida 1-14 juft so’rg’ichi bo’ladi.
Sut emizuvchilarning chin terisi asosan qon tomirlariga boy bo’lgan xolda tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Teri osti yog’ qatlami ayniqsa, kitsimonlarda, sovuq iqlimda yashovchi darandalarda va qishda uyquga ketuvchi sut emizuvchilarda yaxshi taraqqiy etgan.
Skeleti. Umurtqa pog’anasi besh bo’limga-bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlariga bo’linadi. Umurtqasida yassi bo’g’im yuzalari bor. bunday umurtqa platitsel umurtqa deyiladi. Umurtqalar yumshoq tog’ay diskalari (meniskalar) bilan bir- biridan ajraladi.
Umurtqalarning ustki yoylari yaxshi ajralib turadi. Bo’yin bo’limida 7 ta umurtqasi bor. Birinchi 2 ta bo’yin umurtqalari boshqa aminotalardagi singari tuzilgan. Oldingi ko’krak umurtqalariga qobirg’alar tutashadi. To’sh suyagi plastinka shaklida bo’lib, uning oldingi kegngaygan qismiga to’sh dastasi pastki qismiga qilichsimon o’simta birikadi, bel bo’limida to’qqizta umurtqasi bor, dumg’aza bo’limi 4ta umurtqadan tashkil topgan. Dum umurtqalarining soni xam o’zgaruvchan.
Sut emizuvchilarining bosh skeleti miya qutisining kattaligi, ustki jag’, yonoq va tangacha suyaklaridan xosil bo’lgan chakka yoyining bo’lishi, suyaklar umumiy soninig bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Pastki jag’ faqat bir juft tish suyagidan tashkil topgan. Chunki qo’shilish suyagi bolg’achaga, kvadrat suyagi esa sandon suyagiga aylanadi va bular o’rta quloq bo’shlig’iga joylashib, eshitish vazifasini bajaradi. Engsa teshigi atrofida bitta ensa suyagi va umurtqa pog’onasi bilan qo’shiluvchi 2ta ensa bo’rtmasi bor. Quloq suyaklari qo’shilib, bir juft tosh suyagini xosil qiladi.
Bosh skeletining tagini toq asosiy ponasimon, panjara va faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan nog’ora suyaklari xosil qiladi. Sut emizuvchilarga xos bo’lgan ikkilamchi suyak tanglay jag’ oraliq, ustki jag’ suyagining o’simtasi va tanglay suyagining qo’shilishidan xosil bo’ladi.
Yelka kamari orqa tomonidan tarog’i bo’lgan uchburchak shaklidagi kurak, korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Korokoid kichrayib korakoid o’simtasi ko’rinishida kurak suyagiga qo’shilib ketadi. O’mrov suyagi krot, ko’lqanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarda yo’qolib ketadi. Chanoq kamari 2 ta nomsiz suyakdan iborat bo’lib, bularning xar biri yonbosh qov va quymich suyaklarining qo’shilishidan iborat bo’ladi. Sut emizuvchilarning chanog’i yopiq bo’ladi ya’ni ikkala tomonining qov va quymich suyaklari o’rtasida o’zaro qo’shiladi. Erkin oyoqlar skeleti quruqda yashovchi umurtqali xayvonlar singari tipik tuzilishga ega.
Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti kuchli o’zgarishi mumkin. Keyingi oyog’ida sut emizuvchilarga xos bo’lgan to’pig’ suyagi va tizza suyagi kosasi bo’ladi.
Muskul sistemasi juda takomillashgan va juda xilma-xildir. Ko’krak va qorin bo’shliqlarining ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli juda xarakterlidir. Bu muskul nafas olish vaqtida ishtirok etadi, ya’ni ko’krak qafasini xajmini o’zgartirib turadi. Terini xarakatga keltirib turuvchi teri osti muskuli kuchli rivojlangan. Ayniqsa maymunlarda kuchli rivojlangan va bosh miyaning yuz qismida joylashgan mimika muskullari diqqatga sozovordir.
Nerv sistemasi va sezuv organlari. Bosh miya oldingi miya yarim sharlari miyacha hisobiga nixoyatda kattaligi bilan harakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya gumbazi yoki neopalum deb ataladigan miya po’stlog’i, ya’ni kul rang miya moddasi bilan qoplangan. Miya po’stlog’ida oliy nerf faoliyatining markazi joylashgan, oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning qolagan qismlariga nisbatan 48-75% ni tashkil qiladi.
Miya po’stlog’i ko’pchilik sut emizuvchilarda silliq bo’lmasdan burma va egatchalar bilan qoplangan. Bu miya po’stlog’ini yuzasini kengaytiradi. Oraliq miya ustki tomondan ko’rinmaydi. O’rta miya uchun uning miya qopqog’i boshqa umurtqalardagidek ikki tepalikdan iborat bo’lmay to’rt tepalikdan iborat bo’ladi. Bu tepaliklarning oldingisi qo’ruv, keyingi tepaliklar eshituv funktsiyalarini bajaradi.
Miya bir necha bo’limlarga bo’lingan. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Sezuv organlaridan xidlov organlari juda kuchli rivojlangan va sut emizuvchilarning hayotida muxim ahamiyatga ega. Xidlov organlari yordamida bu hayvonlar o’z dushmanlarini aniqlaydi, o’ljasini va jinslarini axtarib topadi.Sut emizuvchilarning xidlov bo’limida talaygina panjara chig’anoqlardan ibort murakkab burun labirinti xosil bo’ladi.
Eshitish organi yaxshi rivojlangan. Ichki va o’rta quloqdan tashqari eshitish yo’li va quloq suprasining bo’lishi sut emizuvchilar uchun xarakterlidir. O’rta quloq bo’shlig’ida uzangi suyakchasidan tashqari sandon va bolg’acha suyaklari joylashadi.
Ko’rish organi boshqa sezuv organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan. Ko’z tarog’i yo’q va akkomadatsiya xodisasi kipriksimon muskulning qisqarishi va ko’z gavxari shaklining o’zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Ovqat hazm qilish organlari. Ovqat xazm qilish kanali og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining oldingi tomonida go’shtdor lablari bo’ladi., og’iz bo’shlig’i bilan lablar orasida jag’ining tashqi tomonida lunj bo’ladi. Jag’ suyagidagi maxsus chuqurchalar alveollarda tishlar joylashadi.Tishlar bajarilayotgan funktsiyalariga qarab, kurak, keskich, yolg’on oziq va xaqiqiy oziq tishlariga bo’linadi. Yoshlik davrida sut tishlari bo’lib keyin bu doimiy tishlar bilan almashiniladi. Og’iz to’rida go’shtdor til joylashgan, og’iz bo’shlig’iga so’lak bezlarinig chiqarish yo’li ochiladi. So’lak bezlarining suyuqligi og’iz bo’shlig’igida ovqatga birinchi marta ximiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kraxmalni shakarga aylantiradi. Tishlar yordamida maydalangan so’lak bilan qisman parchalangan va xo’llangan ovqat luqmasi qizil o’ngachga va undan oshqozonga o’tadi. Ovqat xarakteriga qarab oshqozon turli gruppalarida turlicha tuzilgan. Dag’al ovqatlar bilan ovqatlanuvchi kavsh qaytaruvchilarining oshqozoni murakkab tuzilishga ega to’rt bo’limga bo’lingan: siqma qorin, to’rqorin , qatqorin va shirdon. Siqma qorindan ovqat luqmasi to’rqoringa va undan yana og’izga tushadi, og’izda ovqat tishlar bilan maydalanadi va so’lak bilan xo’llanib ikkinchi marta yutilganda to’g’ridan-to’g’ri qatqoringa tushadi.
Ichak oshqozondan boshlanib ingichka, yo’g’on va to’g’ri ichaklarga bo’linadi. Ingichka va yo’g’on ichak chegarasidan ko’r ichak joylashadi. Dag’al o’simlik bilan ovqatlanuvchi xayvonlarning ichagi gavdasiga nisbatan juda uzun bo’ladi. Masalan: ko’rshapalaklarda 2,5 barobar qo’ylarda esa 29 barobar uzun bo’ladi. Jigar diafragma tagida joylashadi. Ut yo’li va oshqozon osti bezining chiqarish yo’li ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nafas olish organlari. Gaz almashinish qushlardagi singari o’pkada o’tadi. Teri orqali faqatgina 1% kislorod qon tomirlariga kiradi.Sut emizuvchilarning xiqildog’i murakkab tuzilgan, uning asosida uzuksimon tog’ay joylashgan, xiqildoqning oldingi yon devorlariga faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan qalqonsimon tog’aylar joylashgan. Qalqonsimon tog’ayning oldingi qirrasiga xiqildoq usti tutashib turadi.
Xiqildoqning ichki pardasida ovoz chiqaruvchi tovush pardalari bo’ladi, xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ikkita bronxga ajraladi va o’pkalarga kiradi. Bronxlar o’pkaga kirgach, mayda naychalarga shoxlanadi va oxirida al’veola pufakchalari xosil bo’ladi. Buning natijasida o’pkaning xajmi gavda yuzasiga nisbatan 50-100 barobar oshadi. Nafas olish akti ikki yo’l bilan o’tadi. Bir tomondan qobirg’alar aro muskulning faoliyati tufayli, ikkinchi tomondan diafragma pardasi ning yuqoriga ko’tarilishi va pastga tushish natijasida ko’krak qafasining xajmi o’zgaradi.
Qon aylanish sistemasi. Yuragi. Qushlarning yuragi singari 4 kamerali bo’lib, katta va kichik qon aylanish doiralari to’liq ajralgan. Chap .yurak qorinchasidan toq chap aorta yoyi chiqadi. Odatda chap aorta yoyidan ismsiz arteriya chiqib u o’mrov osti arteriyasi xamda uyqu arteriyalariga ajraladi. Chap o’mrov osti arteriyasi aorta yoyidan mustaqil chiqadi. Orqa aorta umurtqa pog’onasini ostida joylashadi va ichki organlarga qon tomirlari ajratadi.
Venoz sistemasi uchun buyrak qopqa sistemasining yo’qligi xarakterlidir. Undan tashqari toq venalarining bo’lishi xarakterli bo’lib, bular tuban umurtqali xayvonlarning rudimenti xisoblanadi. Oldingi tomondan bazilarida juft bazilarida toq oldingi kovak venaga to’planib, bular o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi. O’ng yurak qorinchasidan venoz qon o’pka arteriyasi bilan o’pkalarga boradi. O’pkalarda kislorod bilan to’yingan qon o’pka venasi nomi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish va ko’payish organlari. Ajratish organi bo’lib bel bo’limiga joylashgan juft chanoq buyragi xizmat qiladi, bo’yragi loviyasimon shaklida bo’ladi va yuza qismi po’stloq xamda ichki mag’iz qatlamlaridan tashkil topgan. Po’stloq qatlami ingichka naylardan tashkil topgan va qondan ortiqcha suv xamda parchalanish maxsulotlari to’planadi. Mag’iz qatlami bir qancha yig’uv naylaridan iborat va bu yerga po’stloq qavat naychalari ochiladi. Buyrak jomidan siydik yo’liga ochiladi. Siydik yo’li esa siydik pufagiga ochiladi. Siydik pufagidan siydik tanosil teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Erkaklarning ko’payish organi bo’lib tana bo’shlig’ida yoki yorg’oqda joylashgan bir juft urug’don xizmat qiladi. Urug’donda pishib yetilgan urug’ xujayralari urug’ yo’li bilan kapulyativ organ orqali tashqariga chiqariladi. Siydik pufagi bilan jinsiy a’zo ildizining o’rtasidagi chegarada prostata bezi bo’ladi. Bu bezning ajratgan suyuqligi urug’ni suyultiradi va spermatazoidni aktivlashtiradi.
Urg’ochilarning ko’payish organ bo’lib tana bo’shlig’ida joylashgan juft tuxumdonlar xisoblanadi. Pishib yetilgan tuxum tana bo’shlig’iga tushadi. U yerdan tuxum yo’lining fallopiy naychasiga tushib keyin bachadonga boradi. Bachadon qinga ochiladi. Qinning orqa uchi daxlizga, yani siydik teri tanosil kanaliga aylanadi. Ko’pchilik sut emizuvchilar bachadonida bola o’rni yo’ldosh xosil bo’ladi. Yo’ldosh orqali zarodish ona organizmi xisobidan ovqat modddalarini so’rib oladi va nafas oladi. Yo’ldosh quyidagicha xosil bo’ladi, allatoisning tashqi devori seroz qavat bilan qo’shilib, ko’p bo’rtmali (vorsinkali) xorion xosil qiladi. Xorion o’z navbatida bachadonning ichki shilimshiq qavati bilan qo’shiladi va yo’ldosh xosil bo’ladi.
Xozirgi zamonda yashovchi sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi va uchta kenja sinfga bo’linadi.
1. Tuxum qo’yuvchilar, yoki dastlabki hayvonlar kenja sinfi – Prototheria. Bu kenja sinfga bir teshiklilar turkumi kiradi. Sut emizuvchilar sinfini eng primitivi hisoblanib qyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: 1. Sariq moddaga boy bo’lgan tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. 2. Ichak va siydik tanosil teshiklari kloaakaga ochiladi. 3. Emchaklari yo’q, sut bezlari maxsus ariqchaga ochiladi, bolalari shu yerga chiqqan sutni yalaydi. 4. Yelka kamari sudralib yuruvchilarning yelka kamariga o’xshash, ya’ni to’sh usti suyagi bor. 5. Gavda temperaturasi past 20,34 gradus o’rtasida o’zgarib turadi. 6. Yumshoq lablari va tishlari bo’lmaydi.
O’rdak burunning gavdasi qalin va yumshoq jun bilan qoplangan. Tumshug’i ser bar yassi o’rdak tumshug’iga o’xshaydi. Voyaga yetgan o’rdak burunlarning jag’larida tishlari bo’lmaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Daryo qirg’oqlaridagi kovaklarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi, suv hayvonlari bilan ovqatlanadi. O’rdakburunlar Avstraliyaning kvislend daryolari bo’yida va tasmaniya orolida yashaydi. Ularni faqat bir turi uchraydi. Tanasining uzunligi 45 sm, dumining uzunligi 15 sm tanasi mayin jun bilan qoplangan. Yexidna tanasining orqa tomoni ser bar ignalar bilan qoplangan. Yexidna Avstraliya Tasmaniya yangi gvineyaning o’rmonlarida yashaydi. Bu turkumga bitta tur kiradi. Tanasi uzun – uzun tikanlar bilan qoplangan, tumshug’i uzun, tirnoqlari o’tkir va to’g’ri tirnog’i bilan chumolilar, termitlar uyasini kavlaydi.Xarakatchan tili yordamida ovlaydi. Og’irligi 10 kg keladi. Tuxumini orqa oyoqlari orasidagi xaltachaga qo’yib u yerda ona tanasining issig’i ta’sirida rivojlanadi. Xaltachadagi temperatura 33-35 bo’ladi. 7-10 kun ichida tuxumdan uzunligi 2 sm bo’lgan bola rivojlanadi. Bolasi xaltacha ichidagi sut maydonchalaridan sutni yalab o’sa boshlaydi. Bo’yi 8 sm ga yetganda xaltachadan chiqadi. Erkak yexidnalarni dumida zaxarli ignalari bo’ladi. Yexidnalar tungi xayvonlar bo’lib kunduz kunlari uyasida yashirinib yotadi. Proexidna yangi Gviniyada yashaydi. Yerni kovlab, xashoratlarning lichinkasi bilan ovqatlanadi.


Download 61,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish