KIRISH YO`L - YO`RIG’I - ishga kirish vaqtida korxonaning mehnat va tabiat muhofazasi bo`limida mehnat muhofazasi bo`yicha muhandis tomonidan o`tkazilib, bu haqida yo`riqnomalar shaxsiy kartasiga yozuv kiritiladi (keyinchalik matnda - YShK);
BIRLAMCHI YO`L - YO`RIQ’ - birinchi ish kuni, ish jarayonida rioya etilishi zarur bo`lgan xavfsizlik talablari bilan tanishtirish maqsadida muhandis - texnik xodim tomonidan
( keyinchalik matnda - MTX) o`tkaziladi, birlamchi yo`l -yo`riq ishlovchiga ishlarni mustaqil bajarish xuquqini bermaydi;
TAKRORIY - ChORAKDA BIR O`TKAZILADIGAN YO`L-YO`RIQ’ - MTX tomonidan chorakda bir marta o`tkazilib, YShKga kerakli yozuv kiritiladi;
REJADAN TASHQARI YO`L - YO`RIQ - texnologik rejim texnologiyalari, sxemalari yoki rejimlari o`zgarganida, bir turdagi jihozlar boshqa turdagiga o`zgartirilganida, XTQ va ishlarni xatarsiz bajarish yo`riqnomalari talablari buzilganligi aniqlanganida o`tkaziladi. YShKga kerakli yozuv kiritiladi;
MAQSADLI YO`L - YO`RIQ - ishlarni bajarishga yuborilayotgan ishchilar (gazdan xavfli, balandlikdagi ishlar, yong’indan xavfli, yer qazish ishlari va boshqalar) ularga yuklatilgan ishlarni bajarishda rioya etilishi shart bo`lgan xavfsizlik choralari bilan tanishtirish maqsadida o`tkaziladi. Bu haqidagi yozuv naryad - dopuskka qayd qilinadi;
MAHSUS YO`L - YO`RIQ - ishchilar bir marotabali, ish joyi bo`yicha yo`riqnomada ko`zda tutilmagan, ishni bajarish uchun mahsus o`qitish va dopusk (ruxsatnoma) olish talab etilmaydigan ishlarga jalb etilganida o`tkaziladi. Yozuv mahsus yo`riqnomalar jurnaliga kiritiladi.
1.10 Donadorlash apparatchisi mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong’in xavfsizligi bo`yicha qoida va me`yorlarni bilishi va ularni bajarishi kerak:
- - XTY 6.6-33-14 " Ammofos-2 tsexida mehnat muhofazasi va xavfsizligi va yong`in xavfsizligi choralari bo`yicha yo`riqnoma";
- XTY 6.6-33-15 "Ammofos-2 tsexida ishlovchilar uchun mehnat muhofazasi va xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo`yicha yo`riqnoma";
- AVBQR (Avariyali vaziyatlarni bartaraf qilish rejasi);
- XTY 6.6-22-05 "SHHVni (shaxsiy himoya vositalari) qo`llash va jabrlanganlarga birinchi vrachlargachа bo`lgan yordam bilan tanishtirish bo`yicha mehnat muhofazasi";
- XTY 6.6-22-09 "Korxonada gazdan xavfli bo`lgan ishlarni xavfsiz tashkil etish bo`yicha mehnat muhofazasi";
- XTY 6.6-22-29 "Korxonada payvandlash ishlari va boshqa turdagi olov bilan bog`liq ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va yong`in xavfsizligi choralari";
- XTY 6.6-22-16 "Chilangarlik va elektr asboblari bilan ishlaganda mehnat muhofazasi";
- korxona xududida xavfsiz harakatlanish qoidalari;
- sifat menejmenti tizimi (keyinchalik matnda SMT) va sifat bo`yicha Rahbarlik (keyinchalik matnda - SR) xujjatlarini bilish (o`z vakolatlari doirasida).
1.11 Donadorlash apparatchisi quyidagi hollarda smena boshlig’i tomonidan ishdan chetlashtiriladi:
- beligilangan vaqtda imtihon topshirishdan bo`yin tovlasa;
- mazkur yo`riqnoma va o`zi uchun majburiy hisoblangan yo`riqnomalarni bajarmasa;
- avariya yoki baxtsiz hodisalarni yuzaga kelishiga olib keluvchi XTQni buzganda;
- smena boshlig’ining yoki sex bo`yicha farmoyishlarni bajarmasa;
- me`yorlar bilan belgilangan maxsus kiyim - bosh va ShHV yo`q bo`lsa yoki ular talabga javob bermasa;
- ishchi betob yoki kayf holatda bo`lsa.
1.12 Donadorlash apparatchisi o`z ishida quyidagilarga tayanadi:
- mazkur yo`rinoma va 1.10 bandda ko`rsatilgan yo`riqnomalarga;
- smena boshlig’i, brigadir ko`rsatmalariga;
- sex ma`muriyatining smena boshlig’i orqali aytilgan barcha ko`rsatma va farmoyishlariga.
1.13 Donadorlash apparatchisining ishlari tavsiflari YaTMMga muvofiq.
1.13.1 3-toifali donadorlash apparatchisi
1.13.1.1 Baraban - granulyatsiya - quritish (keyinchalik matnda BGS) apparatida malakasi yuqoriroq bo`lgan apparatchi rahbarligida donadorlash (granulyatsiyalash) jarayonini olib borish. Quritish jarayonini olib borish, gazlashtirilgan asbob - uskunalarga xizmat ko`rsatish (KGM - 15 tambalash armaturasi), KGM-15 o`txonasiga issiqlik kuchini oshirish yoki pasaytirish, mahsulotni quritishning issiqlik rejimini ushlab turish. Bug’latilgan quyqaning FP-25 forsunkasi orqali BGSga bir maromda uzatilishini nazorat qilish. Nazorat o`lchash asboblari va avtomatika bo`yicha (keyinchalik matnda NO`AvaA) temperatura rejimi, bug’, havoning uzatilishini tartibga solib borish. BGS apparatlarini, ventilatorlarni, nasoslarni ishga tushirish va ishdan to`xtatish. Asbob - uskunalar va kommunikatsiyalar ishidagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |