4 Smenani qabul qilish va topshirish
4.1 Smenani qabul qilayotgan donadorlash apparatchisi ishga barvaqtroq, butun, ishga yaroqli mahsus kiyimda, ShHV o`zi bilan bo`lgan holda keladi.
4.2 O`zidan oldingi smenaning ishi, amaliyot (operatsion) jurnalidagi yozuvlar, sex va bo`linma bo`yicha bo`lgan farmoyishlar bilan shaxsan tanishadi.
4.3 Ish joyidagi asbob - uskuna va qurilmalarning ishini, kommunikatsiyaning ahvolini, NO`AvaA borligi va ularning sozligini, signalizatsiya vositalarini, surkov moylarining, o`t o`chirish vositalari vа yo`riqnomalarning borligini, shuningdek, ish joyining ozodaligi va yoritilganligini tekshiradi.
4.4 Smenani topshiruvchi donadorlash apparatchisidan oldingi smenaning ishi va yo`l qo`yilgan kamchiliklar haqida ma`lumotni oladi.
4.5 Texnologik rejim ko`rsatkichlarini tekshiradi, ular texnologik rejim me`yorlariga muvofiq bo`lishlari kerak.
4.6 Ish joyini sinchkovlik bilan tekshirganidan so`ng, donadorlash apparatchisi bu haqida smena boshlig’ini xabardor qiladi va smenani qabul qilishga ruxsat oladi.
4.7 Smenani qabul qilishda nuqsonlar, texnologik rejim buzilishi holatlari, asbob - uskunalarning nosozligi, ish joyining tozalik bo`yicha holati qoniqarsiz ekanligi aniqlansa, smenani qabul qilayotgan donadorlash apparatchisi smenani topshirayotgan donadorlash apparatchisidan aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etilishini talab qiladi.
4.8 Shundan so`ng, smenani qabul qilayotgan donadorlash apparatchisi o`z fikr va mulohazalarini smena boshlig’iga aytadi va undan smenani qabul qilishga ruxsat oladi.
4.9 Smenani topshiruvchi ish joyini texnologik jarayonning buzilishlarisiz topshirishga tayyorlashi, tenologik jurnalga texnologik jarayon borishi, asbob - uskunalar, NO`AvaA haqida barcha yozuvlarni qayd qilishi, ish joyini yig’ishtirishi, texnologik rejim me`yorlaridan chekinishlarni va asbob -uskuna vа jihozlarning nosozliklarini bartaraf etishi kerak.
4.10 Smena kamchilik va nuqsonlar bilan faqatgina ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish ko`p vaqtni talab qilsa yoki uni bartaraf etish uchun ta`mirlovchilar guruhi jalb etilishi kerak bo`lsa, smena boshlig’ining ruxsati bilan qabul qilinadi.
4.11 Smenani qabul qilish - topshirish vaqtidagi kamchilik, nuqson va nosozliklar uchun smenani topshiruvchi javobgar bo`ladi. Smenani qabul qilish - topshirish vaqtida aniqlanmagan kamchiliklar uchun , smenani qabul qiluvchi javobgar bo`ladi.
4.12 Jurnalda smenani qabul qiluvchi va topshiruvchining jurnalda bir vaqtning o`zida imzo chekishi, smena qabul qilingani - topshirilganini bildiradi. Smenani qabul qilish - topshirish qoidalarini buzganligi uchun ikkala donadorlash apparatchisi javobgar bo`ladi.
4.13 Smenani qabul qilib oluvchi sherik ishga kela olmagan holda, smenani topshiruvchi smena boshlig’ini bu haqida ogohlantiradi va uni almashtirishga boshqa ishchi kelmaguncha ish joyida qoladi.
4.14 Quyidagilar ta`qiqlanadi:
- avariya holatlarida smenani qabul qilish va topshirish;
- smenani kasal yoki mast holdagi smenachiga topshirish;
- smena boshlig’ining ruxsatisiz smenalarni almashtirish.
4.15 Smenani qabul qilish - topshirish qoidalarini buzgan yoki ish joyini o`zboshimchalik bilan qoldirib ketgan donadorlash apparatchisi ma`muriy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |