Mundarija
|
O`zgarishlarni qayd etish varaqasi..........................................................
|
3
|
1
|
Umumiy holatlar…………..……….…………………………………………
|
4
|
2
|
Bo`ysunish va yondosh ish joylari bilan bog`liqlik…………………………..
|
7
|
3
|
Xuquq va majburiyatlari……………..……………….……………………...
|
7
|
4
|
Smena qabul qilish va topshirish…………………………………………….
|
9
|
5
|
Ish joyining tavsifi………………………..………………………………….
|
10
|
6
|
Ishlash qoidalari……………………………………………………………
|
23
|
7
|
Uskunani ishga tushirish va to`xtatish……………………..………………
|
24
|
8
|
Texnologik tartibdan chekinishlar……………………………………………..
|
35
|
9
|
Avariyaviy to`xtatish…............……………………………………………..
|
37
|
10
|
Xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalari………….……………………...
|
38
|
11
|
Javobgarlik ……………………………………………………………………
|
39
|
|
|
|
|
|
|
№
O`zgartirishning
|
Varaq(bet)raqami
|
Хujjatdagi jami varaq(bet) soni
|
Хujjatning raqami №
|
Birga yuborilgan xujjat №
|
Inzo
|
Sanа
|
O`zgartirilgan
|
Almashtirilgan
|
Yangi
|
Olingan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1 Umumiy holatlar
1.1 Donadorlash apparatchisi bo`lib 18 yoshga to`lgan, o`rta ma`lumotli, tibbiy tekshiruvdan o`tgan, belgilangan dastur xajmida o`qitilgan va mustaqil ishga ruxsat olish imtihonini topshirgan shaxslaр ishlashi mumkin.
1.2 Ammofos - 2 sexi bo`yicha chiqariladigan farmoyishga asosan, o`qitilayotgan shaxs, ishlab chiqarishda o`qitilishi davriga eng tajribali donadorlash apparatchilari safidan bo`lgan ishlab chiqarish yo`riqchisiga biriktirib qo`yiladi, nazariy o`qitish davrida esa - smena boshlig’iga biriktirilib qo`yiladi.
1.3 O`qitilish davrida donadorlash apparatchisi bo`linmaning texnologik sxemasini, xizmat ko`rsatiladigan asbob - uskuna va jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini, texnologik rejim parametrlarini, shuningdek, ushbu kasb uchun bilishi zarur bo`lgan barcha yo`riqnomalarni o`rganishi, ish joyida ishlashning usul va uslublarini o`zlashtirishi kerak.
1.4 Stajirovka vaqtida o`qitilayotgan shaxs, ishlarni faqat o`zi biriktirib qo`yilgan donadorlash apparatchisining nazorati va uning ko`rsatmalari bo`yicha bajarishi mumkin. O`qitilayotgan shaxsning noto`g’ri xarakatlari uchun o`qitayotgan shaxs javobgar bo`ladi.
1.5 Donadorlash apparatchisi faqatgina kasbga tayyorlash dasturi hamda amaldagi yo`riqnomalar xajmida nazariy va amaliy o`qitilib, malaka komissiyasi tomonidan bilimlari tekshirilib, ushbu haqida tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib va belgilangan namunadagi guvohnoma berilganidan keyingina mustaqil ishga qo`yiladi. Donadorlash apparatchisining mustaqil ishga qo`yilishi sex bo`yicha farmoyish bilan rasmiylashtiriladi.
1.6 Malaka komissiyasining imtihonida qoniqarsiz baho olgan shaxslar mustaqil ishga qo`yilmaydilar, ularga qo`shimcha tayyorlanish va imtihonni takroran topshirish uchun 20 kundan ko`p bo`lmagan vaqt beriladi. Ishchi takroran imtixonda ham qoniqarsiz baho olganida, malaka komissiyasi tomonidan ishchining ushbu kasb bo`yicha vazifalarni bajarishga yaroqsiz degan xulosa qabul qilinadi, ushbu xulosa imtixondan o`ta olmagan shaxsni boshqa ishga o`tkazishga yoki, ishchi tomonidan boshqa ishga o`tishga rozilik berilmasa, amaldagi qonunchilikka muvofiq uni ishdan bo’shatishga asos bo`ladi.
1.7 Ishlash qoidalari, ish yo`riqnomalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari (keyinchalik matnda - XTQ) bo`yicha davriy bilimlarni tekshirish malaka komissiyasi tomonidan bir yildan keyin o`tkaziladi.
Stajirovkadan o`tgan yoki donadorlash apparatchisi kasbiga o`qitilgan shaxslarni mustaqil ishga qo`yish sex raxbarining farmoyishi bilan faqatgina ular tomonidan ishchi yo`riqnomalari va mehnat muhofazasi yo`riqnomalari bo`yicha malaka komissiyasiga topshirilgan imtihondan qoniqarli baho olinganidan keyingina rasmiylashtiriladi:
-stajirovkani o`tgan shaxslar uchun - stajirovkaning o`rnatilgan muddati tugaganidan va sex malaka komissiyasida bilimlari tekshirilganidan so`ng;
-ishlab chiqarishda kasbga o`qitilgan shaxslar uchun, dastur bo`yicha o`qitish to`liq tamom bo`lganidan va bilimlari korxona malaka komissiyasi tomonidan tekshirilganidan so`ng.
Donadorlash apparatchisi ish joyi yo`riqnomasi bilimlarini qayta (takroran) tekshirish, oxirgi imtixondan so`ng bir kalendar yili o`tganidan keyin o`tkaziladi. Navbatdagi bilimlarni tekshirish vaqti (sanasi va aniq vaqti) bo`linma boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadvalda ko`rsatiladi.
Sex malaka komissiyasining tarkibi xar yili korxona bo`yicha chiqariladigan buyruqda keltirilib, ishchilardan imtixon bo`linma boshlig’i yoki uning o`rinbosari raisligida, tarkibi kamida 3 kishidan iborat komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya tarkibi 3 kishidan kam bo`lganida yoki komissiya ishida sex boshlig’i ( uning o`rinbosari) ishtirok etmagan hollarda , komissiya vakolatsiz hisoblanadi.
Malaka komissiyasining imtihonida qoniqarsiz baho olgan shaxslar (birlamchi yoki takroriy tekshirishdan o`tishidan qat`i nazar) mustaqil ishga qo`yilmaydilar, ularga qo`shimcha tayyorlanish ва imtixonni takroran topshirish uchun 1 oydan ko`p bo`lmagan vaqt beriladi.
1.7 Quyidagi hollarda navbatdan tashqari bilimlarni tekshirish tayinlanishi mumkin:
- ishlarni xatarsiz (xavfsiz) bajarish bo`yicha yangi yoki qayta ishlangan yo`riqnomalar amalga kiritilganida;
- XTQ yoki mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo`yicha yo`riqnomalar buzilganida;
- ishlovchilar tomonidan XTQ talablari buzilishi oqibatida korxonada ro`y bergan baxtsiz hodisadan keyin;
- ishlovchi tomonidan XTQ yoki mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo`yicha yo`riqnomalar bo`yichа bilimlari qoniqarsiz ekanligi aniqlanganida.
1.8. Donadorlash apparatchisi ishga kirishda va ish jarayonida quyidagi yo`l-yo`riqlardan o`tkaziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |