33
DIDAKTIK O‘YINLARDAN NAMUNALAR
“QOCHIB KETGAN SONLAR” O‘YINI
Maqsad:
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakillantirish, sanashga o‘rgatish.
Kerakli jixozlar:
Sonlar solinadigan kesma xaltalar, 1 dan 20 gacha bo‘lgan
sonlar.
O‘yinning borishi:
Tarbiyachi doskaga katagida tushirib qoldirilgan sonlarni
qo‘yish uchun tayyor jadvallarni navbat bilan qo‘yadi. Jadvallarda sonlar 1 dan 20
gacha bo‘ladi. Bolalar sanoq tartibiga muvofiq kerakli sonni qo‘yishi kerak.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bu erda har bir son o‘zining uychasida yashaydi. E’tibor
bergan bo‘lsangiz ba’zi bir uychalar bo‘sh. Ulardagi sonlar qochib ketgan. Bular
qaysi sonlar? O‘ylab ko‘ring va qochib ketgan sonlarni o‘z uylariga qaytaring.
Bolalar sonlarni topib to‘g‘ri tartibda qo‘yib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: