“KOPTOKNI TOP” O‘YINI
Maqsad: Bolalarni jismoniy chiniqtirish, xamkorlikda ishlashga undash.
Kerakli jihozlar: maydon, koptok. Guruh xonada ham o‘ynash mumkin, 8
nafar bolalar galma-gal o‘ynaydi.
O‘yinning borishi: o‘yin ishtirokchilari doira bo‘lib bir-biriga jips bo‘lib
turadilar.Sardor doira markazidan joy oladi.Signal bo‘yicha bolalar koptokni
orqadan bir-birlariga uzatadilar.Sardor esa koptok qaysi ishtirokchining qo‘lida
ekanligini aniqlashga harakat qilib, ishtirokchiga qo‘llarini ko‘rsatishni taklif
etadi.Sardor kimga murojaat qilgan bo‘lsa, ishtirokchi ikkala qo‘lini ko‘rsatishi
shart.Kimning qo‘lida koptok bo‘lsa yoki kimdir koptokni tushirib yuborsa, shu
ishtirokchi sardorning o‘rini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |