Adidas bir vaqtning o‘zida ham funksional, ham urfga mos bo‘ladigan sport buyumlarini yaratishda davom etadi. Buning uchun brend moda dizaynerlari bilan hamkorlikda to‘plamlar chiqaradi. Rorshted misol keltirdi: yaqinda Adidas YouTube’da niderlandiyalik 21 yoshli Daniel Katarini topdi va u bilan birgalikda kapsulali to‘plamni chiqardi. Shuningdek, kompaniya 3D-printerda chop etilgan krossovkalarni ishlab chiqarishda davom etadi. “3D chop etish bizning eng muhim platformamizga aylanadi. Biroq buning uchun ko‘p vaqt kerak. Ikki yil davomida chop etish vaqtini ikki marta kamaytirdik, uni yana qisqartirish lozim”. Rorshted ikki yil avval Nike krossovkalarni printerda chop etish mumkin emasligini aytganini, biroq Adidas buni amalga oshirayotganini qayd etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |