Adidas 2016 yilning III choragi uchun moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot berdi. Unga ko‘ra, kompaniyaning MDH davlatlaridan tashqari barcha mamlakatlardagi daromadi 10 foizdan ortiqqa oshgan. Bu haqida Insider Pro nashri ma'lum qildi. Kompaniyaning III chorakdagi sof daromadi 387 million yevrogacha oshgan. Sotuvlar 13,8 foizga ko‘payib, 5,41 milliard yevroni tashkil qilgan. Adidas'ning bu chorakdagi operatsion daromadlari 563 million yevroni tashkil qilgan, bu 2015 yilning shu choragiga nisbatan 11,5 foizga ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |