Suyuqlashtirilgan neft gazlari – neftni va neft gazini destruktiv qayta ishlashdagi qo‘shimcha mahsulotlardir (benzin chiqishidan 30 % ni tashkil qiladi). Ular propan-butan fraksiyalaridan tarkib topadi.
Suyuqlashtirilgan gaz benzinga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
1,5...2,0 marta arzonroq
detonatsion chidamliligi yuqori (OS105)
dvigatel bu yonilg‘ida yumshoqroq ishlaydi, resursi taxminan 1,5 marta ortadi
motor moyi xizmati muddati 1,5...2,0 marta ortadi
tarkibida oltingugurt deyarli bo‘lmaydi (oltingugurt detallarni korroziyalaydi va yeyilishini tezlashtiradi)
ishlangan gazlar zaharliligi kamayadi (is gazida – 2 marta, azot oksidlarida 1,2 marta, uglevodorodlarda 1,3...1,9 marta kamayadi)
smolali qatlamlar yig‘ilmaydi, chunki neft gazi ularni eritib yuboradi.
8. Мотор мойлари. Трансмиссион мойлар. Мойловчи мойлар хоссаларига қўйиладиган талаблар. Мойловчи материаллар присадкалари
Motor moyi – dvigatel konstruksiyasining muhim elementlaridan biridir. U o‘z funksiyasini uzoq muddat davomida ishonchli bajarib, dvigatelning berilgan resursini ta’minlashi mumkin. Buning uchun uning xossalari dvigatelning moylash tizimida va moylanayotgan va sovitilayotgan detallar yuzalarida moy duch keladigan termik, mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Dvigatel konstruksiyasi, uni ekspluatatsiya qilish sharoitlari va moy xossalarining o‘zaro mosligi – dvigatel uzoq muddat ishonchli va tejamkor ishlashi shartlaridan biridir.
Ma’lumki, avtomobil va traktor dvigatelida harakatlanadigan va o‘zaro ishqalanadigan detallar ko‘p bo‘ladi. Dvigatel normal ishlashi uchun moy sifatida motor moylari ishlatiladi.
Motor moylariga bo‘lgan umumiy talablar
Dvigatel har xil rejimlarda, ba’zan juda og‘ir sharoitlarda, ekspluatatsiya qilinishini inobatga olib, motor moylariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
ishqalanayotgan detallar bir-biriga bevosita tegmasdan ishlashini ta’minlash uchun yuzalarda mustahkam yupqa qatlam hosil qilish; bu dvigatel detallari yeyilishini sekinlashtiradi;
silindr va porshen orasidagi tirqishni zichlash, natijada gazlarning yonish kamerasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
detallar yuzalaridan yuqori haroratli cho‘kindi mahsulotlarini yuvib ketish;
dvigatel detallarini korroziyadan saqlash;
oksidlanish, yeyilish va ifloslanish mahsulotlarini cho‘kindiga aylanishiga to‘sqinlik qilib, ularni suzib yuruvchi holatda ushlab turish va ishqalanish zonasidan yuvib ketish;
yonilg‘i yonganda va moy oksidlanganda hosil bo‘ladigan organik kislotalarni neytrallash;
qayd etilgan hamma xossalarni haroratning keng diapazonida saqlab turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |