Keksayish va keksalik Reja


KEKSA INSON SHAXSINING XUSUSIYATI



Download 66,13 Kb.
bet5/8
Sana28.06.2022
Hajmi66,13 Kb.
#713290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Keksalik davrida shahsiy inqirozning paydo bo`lishi

KEKSA INSON SHAXSINING XUSUSIYATI.
Reja:
1.Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
2.Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari
3. Keksayish davrida bilish jarayonlari
Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoqlashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o’zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o’zgarishlardir. Keksalarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining ijtimoiy vaziyatini toliq deb bo’lmaydi. Keksalik davrida inson quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish hamda yangi ijtimoiy aloqalarni o’rnatish yoki yaqinlarining qiziqishlari bo’yicha ularga qo’shilish yoki o’z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu moslashuv strategiyasini — o’zini shaxs sifatida yoki individ sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga bogliq ravishda yetakchi faoliyat o’zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo’naltirilishi mumkin.≪Yopiq kontur tipi≫ bo’yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, toliqmaslik kompleksi, qo’zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda namoyon boladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini ≪passiv keksayish≫ yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo’qolishi ham deb atashadi.
Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, ya’ni jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi.Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat boladi. Bu yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o’qitishlari, ustozlik qilishlari,nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.O’zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bolish, yaqinlarga kerakli inson bolishga intilish, hayotga qiziquvchanlikni
his qilish zarur. N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo’lgan va bu davrlarning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tgan.
I. Nafaqadan oldingi keksalik (55 yoshdan nafaqaga chiqquncha)- nafaqaga tayyorlanish.
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu ≪tezroq dam olishni boshlash≫, kim uchundir faol mehnat faoliyatining to’xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmaslik, noaniqlik;
— asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo’lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni sezadi, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi;
— yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabiralarini ham ta’minlashi mumkin bo’lgani uchun ≪foydali≫, ikkinchi tomondan yaqinda o’zining ishlamaganida, nafaqasiga qarab qolganida ≪kerak emasligini≫ his qilish;
— ishda o’ziga ≪munosib shogird≫ tayyorlash, trabiyalashga intilish.
2. Yetakchi faoliyat:
— ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o’zidan keyin ≪Yaxshi nom≫ qoldirishga intilish;
— o’z tajribasini shogirdlariga, o’quvchilariga uzatishga intilish;
— nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o’zini maksimal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, ≪bo’linishlari≫ mumkin;
— nafaqaga chiqish aniq bo’lganda o’zining keyingi hayotini rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o’ylaydi.
II. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) —
bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilarda namoyon boladi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-asta kamayib boradi;
— asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo’ladi (≪tajribasiz nafaqaxo’rlar bilan juda ehtiyot bo’lib muloqotda bo’lish lozim);
— sekin-asta nafaqaxo’r do’stlari paydo boladi;
— yaqinlari va do’stlari bo’sh vaqti ko’p nafaqaxo’rning nabiralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo'r ijtimoiy vaziyatining bir qismi hisoblanadi.
2. Yetakchi faoliyat:
— bu birinchi navbatda yangi rol sifatida ≪o’zini izlash≫, turli faoliyatlarda o’z kuchini sinab ko’rishdir, bu ≪sinab ko'rish va xato qilish≫ metodi orqali o’z-o’zini aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi);
— ayrim nafaqaxo’rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati bo’yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishlayotgan nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortad;
— yoshroq insonlarni uyaltirish, o’rgatish hissi borgan sari kuchayadi;
— ayrim nafaqaxo’rlar xotirjam olgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi, ayrimlar ≪memuarlar≫ yozib o’z tajribasi va kechinmalari bilan bolishishga harakat qiladi.
III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so’ng bir nechayildan keyin sogliqning jiddiy yomonlashuvigacha bolgan davr)bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan boladi va quyidagilar bilan tavsiflanadi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— o’ziga o’xshagan keksalar bilan muloqot;
— keksa insonning bo’sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga≪g‘amxo’rlik≫ qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot;
— ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul boladilar;
— ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat o’zgaradi, ayrim keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari asta-sekin uzoqlasha boradi.
2. Yetakchi faoliyat:
— bo’sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat)bilan shug‘ullanib, o’zlarini sinab ko’radilar;
— har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko'rsatishga intilish;
— ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo’lsa-da) uchun o’limga tayyorlanish yetakchi faoliyat bolib qoladi, bu dinga berilish, teztez qabristonga borish, yaqinlariga ≪vasiyatlar≫ qilishda namoyon boladi.
IV. Sogliqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr ko'rish sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo’q keksalarning holati bir-biridan farq qiladi.
1. Ijtimoiy vaziyat:
— yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bilan asosan muloqot amalga oshiriladi;
— qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi yo’q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi).
2. Yetakchi faoliyat:
— davolanish, qandaydir usullar bilan bolsa-da, kasallikka qarshi kurashish;
— o’z hayoti mazmunini anglashga intilish. O'z hayotini bezashga,hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda insori ≪bekorga yashamaganligini ko’rsatish uchun≫ o’zidan yaxshiroq narsaqoldirgisi keladi.
IV. Nisbatan mustahkam sogliq bilan uzoq umr ko’rish (75—80 yosh va undan kattalar).
1. Ijtimoiy vaziyat:
— yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida uzoq umr ko’ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish;
— uzoq umr ko’ruvchi qariyada yangi do’stlar va tanishlarpaydo boladi;
— uzoq umr kechirish noyob hodisa bolganligi uchun u bilan gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi.
2. Yetakchi faoliyat:
- insonning layoqatiga bog‘liq bo’lib, ko’proq faol hayot tarzini kechirish, sog'liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytganlarini qilish emas, balki o’z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.

Download 66,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish