Keksayish va keksalik Reja


KEKESALIKNING YOSH CHEGARALARI MUAMMOSI



Download 66,13 Kb.
bet4/8
Sana28.06.2022
Hajmi66,13 Kb.
#713290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Keksalik davrida shahsiy inqirozning paydo bo`lishi

KEKESALIKNING YOSH CHEGARALARI MUAMMOSI
Reja:

  1. Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari.

  2. Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlar.

Psixogеrontologiya fanida gеrontologiya, involyutsiya, gеriatriya, gеrogigiеna, gеtеroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gеrontologiya – grеkcha so’z bo’lib, kеksayishning, kеksalikning kеlib chiqishi dеmakdir. Gеriatriya so’zi kеksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyutsiya tushunchasi evolyutsiyaning tеskarisi bo’lib, o’sishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gеrogi-giеna – kеksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gеrogigiеna kеksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Gеtеroxronlik bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon bo’lishidir.
Psixogеrontologaya fanida gеrontogеnеzning evolyutsion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromlеy insonning qarish tsikli uchta bosqichdan iborat bo’lishini ta`kidlaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (istе`fo) – 66–70 yosh; 2) kеksalik (70 va undan katta yosh), 3) munkillagan kеksalik (hasta kеksalik va o’lim) – maksimum 110 yosh. Shu bilan birga (kеksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) gеtеro-xronlik (har xil vaqglilik) qonuni; 2) o’ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.
I.V.Davidovskiy “Kеksayish nima?” nomli asarida ta`kid-laganidеk, inson 50–60 yoshga to’lganda yoki undan oshgan chog’ida еtuklikning kеchikkan davriga kirib kеladi. Shu yoshdagi odamlarningo’limini XVIII asrdaga tеngdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mеhnat qilish imkoniyati 75 yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki hozirgi kunda nafaqani bеlgilash haqiqiy biologik qarish yoshidan 15–20 yil ilgarilab kеtgan. Bu hol aqliy mеhnat bilan shug’ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoqumr ko’ruvchilar asosan ozg’in, faol, harakatchan odamlar bo’lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasal-liklardan holi bo’ladilar.
Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi,lekin ko'pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol sifatida bir necha olimlarning qarashlarini keltiramiz: Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75 — qarilik, 75-100 yosh keksalik. Dj.Birren: 50—75 yosh so’nggi yetuklik, 75 yoshdan keyin qarilik. D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko’rsatib o’tadi: 65-70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110 yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o’lim. Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan flkmi bildirgan. Boshqa mashhur gerontolog N.F.Shaxmatov keksayish muammolariga biologik nuqtayi nazardan yondashib, psixik keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy bo’limlarida yoshga oid destruktiv o’zgarishlar natijasi sifatida qaraydi2. Keksayish yoshga oid muqarrar jarayon bo’lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash Yevropa byurosining klassifikatsiyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik 61—74 yosh, ayollarda 55—74 yosh, 75 dan keyin keksalik boshlanadi, 90 yoshdan keyin uzoq umr ko’ruvchilar deb ataladi.
Qarilikning boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning nafaqaga chiqishi bilan belgilanadi. Lekin turli mamlakatlarda turli kasb egalarida ayollar va erkaklarda nafaqa yoshi turlichadir (55 dan 65 yoshgacha davom etadi). Qarilik davriga o’tishning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari - bu asosiy daromad manbayining o’zgarishi, ijtimoiy mavqening o’zgarishi, ijtimoiy rollar doirasining o’zgarishi hisoblanadi. Odatda yosh qariyalar 75 yoshgacha hamda keksa qariyalar 75yoshdan keyin farqlanadi. Bunda faol va mustaqil hayot tarzini kechiradigan qariyalar hamda doimiy mehribonlikni, e’tiborni talab qiladigan imkoniyatlar funksional mezon bolishi mumkin. Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari.Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to’g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko’rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o’zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo’qotilishi, insonning o’z referent guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan ≪iste’fo shoki≫ holatining o’tkir kechishida namoyon boladi.Bu holat ko’pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi.
L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin1. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko’chadilar,yangi do’stona munosabatlarni o’rnatishga layoqatli. Bularning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bolishiga hamda umrining uzun bolishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda boladi.Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o’z-o’ziga hurmatning yo'qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri ≪hayotga yangicha qarash≫ texnikasidir. Bu texnika o’z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo’sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishishning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod bolish hamda insonning yangi qobiliyatlarini namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o’z ichiga oladi.
Keksalik davriga o'tishdagi inqirozlar bo’yicha boshqa bir yondashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alomatlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari doimiyligi tufayli uzoq vaqt subyekt tomonidan anglanmaydi, o’zining ≪o’zgarmasligi≫ haqida illyuziya paydo bo’ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir bo’ladi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bogliq inqiroz o’smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o’zining o’zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi oglrroq kechadi. E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tugashi sifatida talqin etiladi1. Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir.
Keksa psixologik yoshga olish muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi
yosh inqirozlarini ijobiy hal qilish bilan boglaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bolib,bunda olmish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa o’rnatish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik davrining eng yuksak yutug‘idir.Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda
bolishi mumkin:
— yosh o’zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik;
— keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish);
— vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo’naltirib foydalanish;
— rollarni qayta yo’naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz kechish va yangilarini shakllantirish;
— yaqin insonlarning yo’qotilishi va farzandlarning uzoqlashishi munosabati bilan boladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash;
— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib olish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash;
— ichki yaxlitlikka intilish va o’tgan umrni anglash.



Download 66,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish