Keksayish va keksalik Reja


Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari



Download 66,13 Kb.
bet8/8
Sana28.06.2022
Hajmi66,13 Kb.
#713290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Keksalik davrida shahsiy inqirozning paydo bo`lishi

Intellektual funksiyalar pasayishining sabablari. Keksalarda intellectual funksiyalarning pasayishiga turli sabablar: bevosita va bavosita sabablar bolishi mumkin. Intellektual funksiyalar pasayishining bevosita sabablariga miya kasalligi, masalan, Alsgeymer kasalligi va miya qon-tomirlarining kasallanishini keltirish mumkin. Bavosita sabablariga esa bosh miya funksiyalari bilan bogliq emas, lekin intellektual funksiyalarni amalga oshirish uchun ta’sir ko’rsatadigan sabablar kiradi. Ularga: inson sog‘lig‘ining umumiy yomonlashuvi, ma’lumot darajasining quyinligi, bilish faoliyati motivatsiyasining mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
Demensiya — keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o’zgarishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o’z ichiga olgan buzilishlarning bir butun kompleksidir. Senil demensiya — inson tafakkurining adekvatligida namoyon boladigan miyaning organic kasalligidir. Amerikalik olimlar tadqiqotlarida aniqlanishicha, qariyalar uyida yashovchi 75—84 yoshli keksalarning 20% demensiya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga chalinishgan. 85 yoshdan keyin qariyalar uyida yashovchi keksalarning 47% ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). O’zoilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demensiya kamroq kuzatilgan.
Alsgeymer kasalligi. Ushbu kasallikda keksalarda bosh miya po’stlog‘i hujayralarining buzilishi kuzatiladi. Kasallikning dastlabki belgilari mayda-chuydalarni esdan chiqarib qo’yishda namoyon boladi. Keyinchalik qayerda bolganligini, kundalik ishlarni ham esdan chiqarib qo’yadi, o’ziga ovqat ham tayyorlay olmaydi, yaqin kishilarini ham tanimaydi. Demensiyaning boshqa bevosita sababi mikroinsultdir. Mikroinsult — miya qon bilan ta’minlanishining o’tkir buzilishidir. Keksalarda intellektual funksiyalarning buzilishi barchada bir
xil emas. Ayrim olimlar 70 yoshdan keyin ham ishchanlik qobiliyatlarini saqlab qolgan: P.La-mark, M.Eyler, K.Laplas, Im.Kant, I.P.Pavlov ≪Yigirma yillik tajriba≫ asarini 73 yoshda yaratgan. E.G‘oziyevning shogirdi A.B.Sabirova ontogenezning kechki bosqichlarida insondagi subyektlilik va emotsional sohaning
o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan bolib, bu davrda o’z-o’zining emotsional holatini quyi baholash shaxsiy xavotirlanishning oshishiga sabab bolishini, shuningdek, o’z-o’zining emotsiyalari quyi baholanganda esa vaziyat bilan bogliq xavotirlanish darajasi ortishini ta’kidlab 0‘tadi1. Bu qonuniyat emotsional nazorat
hissiy o’z-o’zini boshqarishning obyektiv indikatori ekanidan dalolat beradi. A.B.Sabirova o’z tadqiqoti natijasida qarilik va keksalik davrida shaxsiy xavotirlanish o’rtasida ahamiyatli darajadagi farq namoyon bolganini ko'rsatib, bu holatni quyidagicha izohlaydi: qarilik davrida insonlar kuchli emotsional zo’riqishni boshdan kechiradilar va bu holat ulardagi normal hayotiy tuzilmalarning buzilishiga olib keladi. Keksalik davrida esa shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning susayishi qarilik davriga nisbatan xulq-atvor strategiyasining ishlab chiqilganligiga asoslanadi va bu holat ulardagi emotsional hayajon reaksiyasini susaytiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Gerontopsixologiya nimani o’rganadi?
2. Keksalik haqida qanday nazariyalarni bilasiz?
3. Keksalik davrida shaxsiy inqiroz nimalarda namoyon boladi?
4. Keksalik davrida yetakchi faoliyat.
5. Keksalikning qanday tiplarini bilasiz?
6. Keksalik davrida bilish jarayonlaridagi o’zgarishi?
Download 66,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish