Keksa inson shaxsining xususiyatlari



Download 36,58 Kb.
bet2/8
Sana28.01.2023
Hajmi36,58 Kb.
#904345
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KEKSA INSON SHAXSINING XUSUSIYATLARI

Mavzuning dolzarbligi: Keksa yoshdagi insonlarning emotsional xususiyatlarini o‘rganish.Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini bildiradi. Biologik jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining ortishi bn boĝliq. Ijtimoiy hodisa sifatida esa keksalik nafaqaga chiqish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollarning yo‘qolishi bilan boĝliq hisoblanadi.Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi: Keksa inson organizmida kechadigan fiziologik jarayonlar va ularning inson qarishiga bo‘lgan ta'sirini o‘rganish.Keksa insonlarga psixologik yondashuvlar.Organizmning psixologik va ijtimoy qarish jihatlarini o‘rganish.Keksa insonda shaxsiy xususiyatlarning rivojlanishini aniqlash hamda o‘rganish
Kurs ishining vazifasi: Keksa inson shaxsining xulq atvorini jamiyatdagi insonlar munosabatiga ta’sirining psixologik jihatlarini o‘rganish va tadqiq etish.
Kurs ishing predmeti: Keksa inson shaxsning o‘z -o‘zini anglashi (keksayganini) o‘rganish
Kurs ishining metodologik asosi: "Kuzatish" metodi," Suhbat" metodi.
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Keksa inson shaxsning xususiyatlarini o‘rganish.


I.BOB Keksalik-inson ontogenezida o’ziga xos davr sifatida
Keksalarning yolg‘izlik muammolari alohida ahamiyatga ega. Yolg‘izlik ommaviy hodisaga aylanib bormoqda. Yolg‘iz yashovchi keksa odamlar, ayniqsa, farzandlari bo‘lmaganlar, ma'lum bir xavf guruhini ifodalaydi. Ushbu kontingentning aksariyati o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotmoqda va tashqi yordamga muhtoj. Keksalik davri inson 60-65 yoshdagi shartli chegarani kesib o‘tgandan boshlanadi, ammo tibbiyotning umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy taraqqiyot tufayli dunyoda o‘zini qari deb hisoblamaydigan bu yoshdagi odamlarning foizi yil sayin ortib bormoqda.
1.1 Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida
Qarilikning birinchi davri gerontogenez, yoki keksayish davri deb ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 dan keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu davmi ayollarda 55 yoshdan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan. Bu yoshdagi insonlami uch guruhga bo‘lish mumkin: qariyalar. keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar. Xorij olimi Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60-69 yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70-79 yoshgacha qarilik, 80-89 yoshgacha keksalik, 90-99 yoshgacha munkillagan qarilik. Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining ortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chiqish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollarning yo‘qolishi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat. Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli savol tug‘iladi?
Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlaming jismoniy kuchi, energiyaning umumiy zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham susayadi. Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi.
Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Qarilik davrida ko‘pchilik insonlar u yoki bu ma’lumotni olish uchun ko‘proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi. Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining susayishida kuzatiladi. Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qariyalarning uchdan bir qismida, ko‘proq erkaklarda kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning ko‘pchiligida ko‘rishning turlicha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘z gavhari elastikligining yo‘qotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyatining susayishini payqash mumkin. Ko‘z gavhari strukturasining o‘zgarishi aniq ko‘rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib kelishi mumkin. Qariyalardagi o‘zgarishlardan biri sifatida ko‘rish o‘tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyinchiligida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar bifokal va trifokal ko‘zoynaklar bilan to‘ldirilishi mumkin. Qariyalarda ko‘rish sezgirligining o‘zgarishi ko‘p jihatdan psixofizik funksiyalar dinamikasi bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Qariyalarda ranglarni ajratish ham bir muncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan keyin ham o‘zgarmaydi.
Ta’m bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o‘zgarmaydi. Bartoshukning (1990) tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, shirinni sezish qobiliyati o‘zgarmaydi. M. Spitzer (1988)ning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, achchiqni sezish bir oz kamayadi. Ta’m bilish sezgilaridagi qator o‘zgarishlar ba’zan insonning individual xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Qariyalar ovqatdagi ba’zi komponentlaming ta’mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechiradi, bu esa ta’m bilish analizatori emas, balki hid bilish sezgirligining susayishi evaziga sodir bo‘ladi. Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir. Shunday qilib, keksayish davrida ko‘pchilik sensor funksiyalar susayadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan sensor sezgirlik tiplarining ko‘pchilikda susayishi kuzatilsa-da, bu hammada bir xil emas. Sensor funksiyalaming susayishi, shaxs shug‘ullangan faoliyat turiga bog‘liq ravishda o‘zgarish kuzatiladi. Masalan, butun hayoti davomida musiqa bilan shug‘ullangan insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o‘zgarmaganligini kuzatish mumkin.

Download 36,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish