me’morchilik akustikasi deb ataladi.
Yaxshi loyihalan
gan teatr zallarida, sahnada pichirlab aytilgan tovush
zalning istalgan joyida eshitiladi. Bu binoning shipiga qaralsa, uning
shakli ichi bo‘sh tuxum po‘chog‘iga o‘xshab qurilgan bo‘ladi. Shunda
sahnadan chiqqan tovush unga urilib, zalning istalgan joyiga bir xil
masofani o‘tib boradi. Bunday zallarning tomoshabin o‘tiradigan,
yuradigan hamma joylariga ular tomonidan chiqadigan shovqinlarni
yutuvchi materiallar qoplanadi.
Amaliy topshiriq
58-mavzuda keltirilgan «telefon»ni gugurt qutisi va cho‘p-
laridan foydalanib yasang. Ipning qanday uzunligida aloqa
yetarli bo‘lishini aniqlang. Ovoz sifatining ip tarangligiga
bog‘liqligiga e’tibor bering.
167
1.
Ko‘pgina eshiklarni ochganimizda skripka ovoziga o‘xshash
tovush eshiti la di. Buni qanday tushuntirish mumkin?
2. Ko‘p qavatli uyda yashaganda gilamni qaysi tomondagi devorga
osish foydali?
3. Ishlab turgan mashina dvigatelining ovozini eshitib, uning mexa-
nizmlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish mumkinmi?
11-mashq.
1. Qoya ro‘parasida turgan bola ovozining aks sadosini 2 s dan
so‘ng eshitdi. Boladan qoyagacha bo‘lgan masofa qanchaga teng?
(Javobi: 340 m).
2. 54-mavzudagi jadvaldan foydalanib, teplovoz tovushining temir
yo‘l rels
lari bo‘ylab tarqalish tezligi havoda tarqalish tezligidan necha
marta katta bo‘lishini aniqlang.
3. Yugurish yo‘lkasining finishida turgan hakam qaysi paytda
sekun domerni ishga tushirishi kerak: start to‘pponchasining ovozini
eshitgandami yoki og‘zidan chiqqan uchqunni ko‘rgandami?
4. Dengizning ~1,5 km chuqurligiga yuborilgan ultratovush 2 s dan
so‘ng qabul qilindi. Ultratovushning dengiz suvidagi tarqalish tezligi
nechaga teng? (Javobi: 1500 m/s.)
5*. Ovoz yozish studiyasida tashqi shovqindan himoyalanish
maqsadida devorga ikki qavat qilib gilam qoqishdi. Bunda shovqin
necha marta kamayadi?
6. Aks sadoning necha marta eshitilishi nimalarga bog‘liq?
7. Eshiklar o‘chilganda g‘ijirlash ovozini kamaytirish uchun uning
oshiq-moshiqlari yog‘lanadi. Bunda nima sababdan shovqin kamayadi?
8. Kamerton shoxchasining uzunligi orttirilsa, undan chiqadigan
tovushning qanday parametri o‘zgaradi?
9. Avtomobil haydovchilari ba’zan avtomobil balloniga tepib uning
qanday damlanganligini tekshiradilar. Ballondan chiqqan tovush
undagi havo bosimiga qanday bog‘liq?
10. Cho‘lda aks sadoni eshitish mumkinmi?
168
Do'stlaringiz bilan baham: |