111
qamalib qolib, muzni suv tubiga cho‘kishdan saqlab qoladi»,
–
deb
javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning javoblariga e’tiroz bildirib:
«Agar ko‘za ichki
tomoniga qarab singanda edi, u holda aytilganlar
to‘g‘ri bo‘lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman»
deydi. Ibn Sino o‘z javoblaridagi noaniq
liklarni keyinchalik «Qurozai
tabbiyot» nomli asarida to‘ldirib tuzatadi.
Oldingi mavzuda biz issiqlikning nurlanish tufayli ham uzatilishini,
uni qabul qilish yuzaga va uning rangiga bog‘liqligini aytib o‘tdik.
Nurlanish
tufayli olinadigan energiya, yuzaga nur tik yoki qiya holda
tushganligiga bog‘liq. Shunga ko‘ra Beruniy va Ibn Sino Yerda iqlimlar
o‘zgarishi Quyosh nurining Yerga tushish qiyaligi o‘zgarishidandir, deb
to‘g‘ri tushuntiradilar.
Ibn Sinoning fikricha tabiatda issiqlik hamda sovuqlikning tabiiy va
sun’iy manbalari bor. «Issiqlikning tashqi sababi uchtadir. Birinchisi,
issiq jismning sovuq jismga yaqinligi. Masalan, o‘t-olov suvni isitadi.
Ikkinchisi, harakat va ishqalanish. Masalan,
suvni chayqasang isiydi,
toshni toshga ish
qalasang isiydi, olov chiqadi. Uchinchisi, yoritilgan
har qanday jism yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir», deydi. Bunda
issiqlikning nurlanish yo‘li bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi.
Allomalarimiz,
shuningdek, issiqlik tufayli suv bug‘lari yuqoriga
ko‘tarilishi, bulutlarga aylanib, ulardan past temperaturalarda qor,
yomg‘ir, do‘l paydo bo‘lishi haqida yozib qoldirganlar.
1. Siz Beruniyning savoliga qanday javob bergan bo‘lar edingiz?
2. Qaysi holda yoyilgan kir tez quriydi: oftob nuri tik tushgandami
yoki qiya tushgandami?
3.
Suvni idishida uzoq vaqt aylantirib, qanchagacha qizdirsa
bo‘ladi? Urinib ko‘ring!
Bolalar o‘yinchoq metall tarelkasini olib past olovga qo‘ying.
Yetarli darajada qiziganda unga yarim choy qoshiq suv quying.
Suv shu zahoti bug‘
lanib ketishi o‘rniga, yumaloq shaklda
dumalab ketadi va tarelka
ning chuqurroq qismida turib qoladi. Sababi
nimada? Sababi shun
daki, tushgan suv va qizigan tarelka orasida bug‘
hosil bo‘lib, shu bug‘ning o‘zi issiqlikni o‘tkazmaydigan qatlamni hosil
qiladi. Bu hodisani qizigan dazmolni to‘nkarib,
unga suv sachratib
kuzatish ham mumkin.
Qishda sovuq qotmaslik uchun palto va telpak kiyamiz. Ular
odamni isitadimi? Ikki bo‘lak muzni sellofan xaltachalarga solib, birini
112
ochiq holda, ikkinchisini paltoga o‘rab qo‘yaylik. Ma’lum muddatdan
so‘ng qaralsa, ochiq holdagi muzning anchasi eribdi, paltoga o‘ralgani
erimabdi hisob. Demak, palto, telpak hech narsani isitmaydi. Ular
faqat issiqlikni (sovuqni) yomon o‘tkazadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: