Amaliy topshiriq
1. Qalin qog‘oz olib, undan quticha yasang. Uning ichiga
suv to‘ldirib birozdan so‘ng usti berk elektr plitkasiga qo‘ying. Undagi
suv isishi va hatto qaynashi mumkin. Lekin qog‘oz quticha kuymaydi.
Sababini tushuntiring.
2. Massasi va o‘lchamlari kattaroq bo‘lgan temir bo‘lagiga qog‘oz
parchasini yopishtirib olovga tuting. Qog‘oz bilan nima hodisa ro‘y
berishini kuzating va sababini tushuntiring.
110
1.
Avtomobil dvigatelini qizib ketishdan qanday saqlanishini
bilasizmi?
2. Uylarni isitishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg‘ini yoqib isitiladigan
pech lardan, qaynoq suv bilan isitiladigan yoki bug‘ bilan isitila-
digan radiator
lardan foydalaniladi. Ularning qanday afzalliklari
va kam chiliklari mavjud?
3. Nima uchun sovuq binoda eng avval oyoq sovqotadi?
4. Qanday holatlarda jismlardan bir vaqtda ham issiqlik o‘tkazuv-
chanlik, ham nurlanish orqali issiqlik uzatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |