63
Ikkita shisha nay olib, ularni rezina shlang yordamida ulaylik (33-
rasm). Rezina shlang o‘rtasini qisqich bilan mahkam siqib,
bir tomoniga
suv quyaylik. So‘ngra qisqichni olib qo‘ysak, suv bir tomondan ikkinchi
tomonga oqib, ikkala tomonda bir xil sathda qolganligini ko‘ramiz.
Naylardan birini o‘z holida qoldirib, ikkinchi tomonini pastga yoki
yuqoriga siljitsak, suyuqliklar sathi bir xilligicha qoladi.
Bundan
tutash idishlar qonuni
kelib chiqadi:
Har qanday shakldagi
tutash idishlarning tirsaklaridagi bir jinsli suyuqlik ustunlarining
baland liklari bir xil bo
‘
ladi.
Agar tutash idishlarga turli xil suyuqliklar quyilsa nima bo‘ladi?
Masalan, naylardan biriga yog‘, ikkinchisiga suv quyilsa,
suyuqliklar
sathi har xil bo‘ladi. Bunda suyuqliklar balandliklari nisbati,
suyuqliklar zichliklari nisbati bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi:
.
Shunday qilib, zichligi katta bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligi,
zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligidan kichik bo‘ladi.
Demak, yog‘ quyilgan nayda suyuqlik ustuni
suv quyilgan tomoniga
nisbatan katta bo‘ladi.
O‘zingiz bajarib ko‘ring
Salqin ichimlikdan bo‘shagan idishni (baklajka) olib, turli
balandlikda bigiz yoki ingichka mix yordamida tirqishlar
oching. Tirqishlarni gugurt cho‘pi
bilan berkitib, suv to‘ldiring. Gugurt
cho‘plarini navbat bilan olib, suvning otilish uzoqligini aniqlang.
Sababini tushun tiring.
1. Gidrostatik bosim nimalarga bog‘liq?
2. Tutash idishlarga misollar keltiring.
3.
Nima sababdan tutash idishlarga quyilgan turli suyuqliklar
balandligi turlicha bo‘ladi?
6-mashq
1. Gidravlik press kichik porsheniga 10 N kuch ta’sir
ettirilganda,
katta porshendan 180 N kuch olindi. Agar katta porshen yuzasi 90 sm
2
bo‘lsa, kichik porshen yuzasi nimaga teng? (
Javobi:
5 sm
2
.)
2. 33-rasmdagi shisha naylarning bir tomoniga suv, ikkinchi
tomoniga o‘simlik yog‘i quyiladi. Suv balandligi 30 sm bo‘lsa, yog‘
balandligi qancha bo‘ladi? (
Javobi:
33,3 sm.)
64
3
*
. Eni 50 sm, bo‘yi 40 sm va balandligi 50 sm bo‘lgan akvarium-
dagi suvning idish tubiga bergan bosimini hisoblang. (
Javobi:
4900 Pa.)
4. Nima sababdan futbol to‘pini og‘iz bilan puflab shishirish
mumkin emas?
5. Kichik yuzali menzurkadagi suv keng yuzali bankaga quyildi.
Suvning idish tubiga bergan bosimi qanday o‘zgardi?
Do'stlaringiz bilan baham: