quvvat
tu shunchasini kiritamiz.
Quvvat
deganda,
biror vaqt bo‘lagi ichida (1 sekundda) bajarilgan ish
tushuniladi.
Quvvatni
N
bilan belgilasak, uni topish uchun
bajarilgan ishni, shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga bo‘lish kerak.
N
– quvvat,
A
– ish,
t
– vaqt.
Quvvat birligi sifatida
vatt
(W) qabul qilingan.
.
Bu birlik bug‘ mashinasini birinchi bo‘lib o‘ylab topgan ingliz
ixtirochisi J. Uatt (Watt) sharafiga qo‘yilgan.
Kundalik turmushda avtomobil dvigatellarining quvvatini
ot kuchi
(o. k.)
deb ataladigan birlikda ham o‘lchanadi. Bu bilan mashina
motorining quvvati yuk tortuvchi otning kuchi bilan taqqoslanadi.
1 o.k. = 735,5 W.
75
Odam
quvvati
70–80
W
«Neksiya»
avtomobili
75 kW
TE 10 L
teplovozi
2200 kW
IL–62
samolyoti
30600 kW
Kosmik kemani
uchiruvchi
«Energiya» raketasi
125 000 000 kW
1. Mashina dvigatelining quvvatini bilgan holda, uning berilgan
vaqtda qan cha ish bajara olishini qanday hisoblash mumkin?
2. Quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan qanday qurilma-
larni bilasiz?
3. Kundalik turmushdan quvvatga doir misollar keltiring.
8-mashq
1. Suv tagidan og‘irligi 3000 N bo‘lgan toshni ko‘tarish uchun
qanday kuch kerak? Tosh hajmi 120 dm
3
. (
Javobi:
1800 N.)
2. Kemaning suvga botadigan qismining yuzasi 2000 m
2
. Unga
qanday qo‘shimcha yuk ortilsa, kema suv ichiga yana 1 m botadi.
Dengiz suvi zichligi 1,03 g/sm
3
. (
Javobi:
2060 tonna.)
3. Jismning havodagi o‘g‘irligi 196 N, kerosindagi og‘irligi 180 N.
Jismning hajmini toping. (
Javobi:
2000 sm
3
.)
4. Alyuminiydan yasaldan jism kerosinga botirilganda unga 136 N
itaruvchi kuch ta’sir ko‘rsatadi. Jismning havodagi og‘irligini toping.
(
Javobi:
459 N.)
5
*
. Metall bo‘lagining suvdagi og‘irligi 850 N, kerosindagi og‘irligi
950 N. Jismning zichligini toping. (
Javobi:
2700 kg/m
3
.)
6
*
. Bitta sharni vodorod gazi bilan, ikkinchisini geliy gazi bilan
to‘ldirildi. Agar ularning gaz bilan to‘ldirilishidan oldingi og‘irliklari
va hajmi bir xil bo‘lsa, qaysi birining ko‘tarish kuchi katta bo‘ladi?
Vodorod gazi zichligini 0,00009 g/sm
3
, geliynikini 0,00018 g/sm
3
va havonikini 0,00129 g/sm
3
deb olinsin. (
Javobi:
Vodorod gazi
to‘ldirilganda 1,08 marta katta.)
7. Hajmi 20 m
3
bo‘lgan shar vodorod gazi bilan to‘ldirilgan. Shar
qanday yukni ko‘tara oladi? (
Javobi:
24 kg.)
76
8
*
. Ko‘ndalang kesim yuzasi 1 m
2
, qalinligi 0,4 m bo‘lgan muz
bo‘lagi suvda suzib yuribdi. Muzni to‘la suvga botirish uchun kamida
qancha ish bajarish kerak? Muz zichligi 900 kg/m
3
. (
Javobi:
80 J.)
9. Isigan havo tepaga ko‘tariladi, sovugani pastga tushadi. Sababini
tushuntiring.
10. Uyingizdagi changyutkich, sovutkich, televizor va shunga
o‘xshash asboblarning pasportini qarab, iste’mol quvvatini aniqlang.
Ularning bir kunda ishlatiladigan vaqtiga ko‘ra bajargan ishini
hisoblang.
11. Xonadagi ventilyatorning quvvati 35 W. Uning 10 min. da
bajargan ishi nimaga teng? (
Javobi:
21 kJ.)
12. Yugurish musobaqasida qatnashgan o‘quvchining quvvati 700 W
ga teng bo‘ldi. 100 m masofani 15 sekundda bosib o‘tsa, bajargan ishi
nimaga teng bo‘ladi? (
Javobi:
10500 J.)
13. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan «Epika» avtomobili
dvigatelining quvvati 156 o.k. ga teng. Avtomobil bir soat harakatlansa
qancha ish bajaradi?
14
*
.10 km balandlikda 360 km/soat tezlik bilan uchayotgan
samolyotning potensial energiyasi, uning kinetik energiyasidan necha
marta ko‘p (
Javobi:
20.)
15. Uzunligi 20 sm, massasi 30 g bo‘lgan qalam stol ustida yotibdi.
Uni vertikal holatga keltirilsa, potensial energiyasi qanday o‘zgaradi?
16. Agar jismning tezligini 4 marta oshirilsa, uning kinetik
energiyasi qanday o‘zgaradi?
17. Gidroelektrostansiya qurish uchun daryo suvi to‘g‘on bilan
to‘siladi. To‘g‘on nima vazifani bajaradi?
18. Suv tubidan ko‘tarilayotgan pufakchaning potensial energiyasi
qanday o‘zgaradi? Kinetik energiyasi-chi?
19. Avtomobilning dvigateli 86 o. k. ga teng. Uni W larda
ifodalang.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |